Saodat sadirova


Parallel-konsentrik joylanish



Download 1,79 Mb.
bet53/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Parallel-konsentrik joylanish - jingalaklar ayniqsa, sag'ri va bel sohasida konsentrik yarim doira, yarim oy yoki lira shaklida joylashadi;

3) O'zaro noto'g'ri, noaniq joylanish -jingalaklar bir-biriga nisbatan
turlicha burchak hosil qilib yotadi (21-rasm).
Dastlabki ikki tipdagi naqshlarning vujudga kelishida qalam gul jingalaklar bilan kambar yol guUar, uchinchi tipni hosil qilishda esa kalta qalam guUar, loviya, o'rtacha va kalta yol gullar hamda boshqa xil jingalaklar ishtirok etadi.
Boshqa tadqiqotchilar ushbu ta'rifni yana bir archasimon tip bilan to'ldirganlar. Bunday tipda terining dorzal chizig'i bo'ylab uncha sezilmaydigan o'q o'tgan bo'lib, ana shu o'qdan jingalaklar ikki yonga arena tarzida yoyilib tushadi. Bunday tipdagi naqsh qorako'lcha, qorako'l - qorako'lcha, qovurg'asimon qorako'l navlariga xos, lekin ularning mavjud boimaganimaqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jingalaklarning parallel-to'g'ri joylanishi asosan qovurg'asimon yassi gulli qorako'l guruhiga, parallel-konsentrik joylanish jaket guruhiga, noaniq joylanish esa Kavkaz qorako'l guruhlariga xosdir.
Yuqorida bayon qilingan tiplardan tashqari V.M.Yudin jingalaklar naqshida asimmetriya hodisasini aniqladi. Ma'lumki, qorako'l teriiarining deyarli ko'pchiligida jingalaklar terining dorzal chizig'iga nisbatan simmetrik holatda joylashgan bo'ladi va bunday terilar yuqori baholanadi. Ammo ba'zi bir terilarda, ayniqsa, qorako'lcha navli terilarda jingalaklarning joylanishida aniq asimmetriyalik kuzatiladi: terining o'ng yarmi chap yarmiga mutlaqo o'xshamaydi. Qorakoichaning turli navlari orasida 47 % ana shunday terilar aniqlangan. Asimmetriyalik hodisasi homila rivojlanadigan bachadon shoxiga oshqozonning mexanik ta'siri oqibati deb izohlanadi. Bundan tashqari, homilaning ona qornida rivojlanish davrida doimo bir tomonlama holatda bo'lishi ham ko'p jihatdan asimmetriyaga olib kelishi mumkin.
101
Oshlangan va rang berilgan sof zotli qora qorako'l hamda qorako'l-chani navlashda naqshlari asimmetrik joylashgan terilar quyidagicha nisbatda bo'lishi aniqlandi:
qorako'lcha guruhidagi, xususan, go'lak va qorako'l -qorako'lcha guruhidagi terilarning ко'pi ochiq va qisman asimmetrik naqshli bo'lib chiqdi. Qorako'l - qorako'lchaga va qorako'l guruhiga o'tgan sayin naqshlarning simmetrikligi ancha kamaya boradi: jingalagi ko'proq rivojlangan terilarda esa asimmetriya mutlaqo kuzatilmaydi.
Qorako'l terilarda naqsh asimmetriyasi kamdan-kam uchraydi, shunga qaramay Moskva jaketi va qovurg'asimon yupqa I navlariga mansub terilarda bu hodisa anchagina (5-15 foiz) uchrab turadi. Jingalaklarning asimmetrik naqshi, ayrriqsa, kichik sathli terilarda ko'p uchratiladi, buni ko'p bolalash (serpushtlik) ta'siri (ona qornidagi homilalarning bir-biriga mexanik ta'sir etishi) natijasi deb izohlashga urinmoqdalar.
Jingalaklar joylanishining dastlabki uch xil naqshini o'zida mujassamlashtirgan a+b, a+v yoki v + b, v + a tarzdagi terilar uchraydi.
Qovurg'asimon va jaket qorako'l guruhiga kiruvchi terilar orasida noaniq naqshli terilar uchrab turadi: ularning sag'risi sohasida jingalaklar parallel-konsentrik tarzda, orqasidan yag'rinigacha va yonboshlari bo'ylab esa parallel - to'g'ri holatda joylashgan bo'ladi. Sag'ri qismidagi jingalaklar naqshi parallel-konsentrik holatda, orqasidan boshlab yag'riniga qadar esa aralash tarzda joylashgan terilar bundan ham ko'proq uchraydi. Jaket va Kavkaz tipidagi qorako'l guruhlarida ana shunday terilar topiladi.
Jingalaklar uzunligi bilan ularning terida joylanish naqshi o'rtasida bog'lanish borligi aniqlandi. Jingalaklari teri bo'ylab parallel-to'g'ri yoki parallel-konsentrik naqsh hosil qilib yoki shu xil naqshlarning aralashmasi tarzida joylashgan terilarda jingalaklar eng uzun va bir tekisda bo'ladi.
Tirik qo'zining terisida jingalaklarning joylanish naqshiga orqa tomondan qarab baho beriladi, buning uchun qo'zini bamisoli o'tkazib qo'yganday holatda tutib turiladi. So'yilgan qo'zining terisiga esa istalgan holatda baho berilaveradi.
102







a h cl a+b


a+d d+b e d+a

21-rasm. Qorakoi terilarda jingalaklaming joylanish naqshi.
Jingalaklari lirasimon yoki parallel konsentrik tarzda joylashgan terilar eng qimmatli hisoblanadi, bunday naqshlarni hosil qilishda, odatda, ko'pincha yarim doirali qalam gul jingalaklar ishtirok etadi. Jingalaklari parallel to'g'ri naqsh hosil qilib joylashgan terilar ham ko'rkamlikda ulardan qolishmaydi, bunda ham uzun va o'rtacha uzunlikdagi qalam gul jingaklar hamda yol gullar ishtirok etadi.
Jingalaklari aralash tarzda joylashgan terilar kamroq qimmatli hisoblanadi, bunday terilarning naqshi o'rtacha va qisman uzun qalam gul jingalaklardan hamda o'rtacha yol gullardan tashkil topadi. Kalta va o'rtacha uzunlikdagi qalam gul; loviya va kalta yol gullaming o'zaro noto'g'ri joylashuvidan tashkil topgan bog'lama terilar ham kam qimmat qorako'l hisoblanadi.
Qorako'lga ishlov berish jarayonida jingalaklaming joylanish naqshi doimiy bo'lib qoladi va faqat uning ravshan ifodalanganlik darajasi o'zgaradi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish