Boshchaga qayta hisoblash va partiyamng hisob qiymatini aniqlash.
Boshchaga qayta hisoblash deganda, sifat bo'yicha (har xil nav, o'lcham, nuqsonlar guruhi) har xil tenlardan tashkil topgan bir turdagi xomashvo partiyasiga muvofiq keluvchi boshchalar sonini o'rnatish tushuniladi.
Boshchaga qayta hisoblash partiyaning qiymatini aniqlash, shunindek, xomashyo sifatini hisoblash va tahlil etish uchun amalga oshiriladi.
Bir dona terini boshchaga qayta hisoblashda ushbu terining hisob qiymati 100 ga bo'linadi. Shu yo'l bilan ushbu terining qiymati boshchaning qanday qismiga muvofiq kelishi o'rnatiladi. Masalan, 100% li teri (100:100) bitta boshchaga teng, hisob qiymati 67,5 % ga teng teri boshchaning 0,675 qismi (67,5:100)ni tashkil qiladi.
Misol: II navli, o'rta nuqsonli 8 dona olmaxon terisini boshchaga qayta hisoblang.
Bunday terining hisob qiymati 60 %. Bir dona teri o'zinmg qiymati bo'yicha 0,6 boshchaga (60:100), 8 dona teri 4,8 boshcha (0,6 x 8)ga muvofiq keladi.
Sifati har xil va o'z navbatida har xil hisob qiymatiga ega bo'lgan terilardan tashkil topgan partiyani boshchaga qayta hisoblashda, har bir sifat guruhi bo'yicha boshchalar soni aniqlanadi, so'ngra butun partiya bo'yicha boshchalar soni qo'shib aniqlanadi.
Bilimingizui tekshirib ko'ring
Mo'yna xomashyosi qanday sinflarga bo'linadi?
Momiq mo'ynali terichaning topografik qismlarini ayting.
3. Momiq mo'ynali xomashyoga qaysi hayvonlarning terilari
kiritiladi?
Po'stinbop qo'y terilarining charm to'qimasini tavsiflang.
Po'stinbop qo'y terilarini navlarga ajratish qanday amalga oshiriladi.
123
Mo'ynabop qo'y terilarining jun qoplamini tavsiflang.
Qorako'l terilarining xususiyatlarini aytib bering?
Qorako'l terilari jingalagining forma va tiplarini izohlang.
Qorako'l terilari jun qoplamida qanday rang va tuslar uchraydi?
124
10. Qorako'l jmgalaklaridagi jun tolalarining asosiy xossalari
nimalarga bog'liq?
IV BOB. TERININGFIZIKAVIYXOSSALARI 4.1. MASS A
Teri xomashyosining ko'pgina turlari mol yetkazib beruvchilardan massasi bo'yicha qabul qilinib, teri ishlab chiqaruvchi korxonalarga topshiriladi. Har xil turdagi yangi shilib olingan terilarning massasi GOST 1134-73 "Teri xomashyosi" Davtat standartida belgilangan. Yangi shilingan teri massasi deb, hayvon tanasidan shilinib, toiiq sovutilgan teri massasiga aytiladi. Bu massa teri xomashyosi va teri ishlab ishlab chiqarishning barcha texnik-iqtisodiy hisoblashlarida dastlabki massa bo'lib hisoblanadi. Teri massasi hayvonning turi, zoti, jinsi, yoshi, shuningdek, qalinligi, zichligi va jundorligi, konserva-langan terilarda namlik, tuz miqdori va turli og'irlashtiruvchilar mav-judligiga bog'liq.
Odatda semiz hayvonlardan shilingan teri oriq hayvonlar terisiga nisbatan ancha katta massaga ega. Ba'zi hollarda turli zotdagi hayvonlar terisining massasi orasidagi farq nafaqat ularning maydoniga, balki qalinligi va zichligiga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, qalinligi bilan ajralib turuvchi go'shtdor mollarning yangi shilingan terisi hayvon massasining taxminan 8 % ini, terisi nisbatan yupqaroq bo'lgan sutdor hayvonlaming massasi esa 6,5-7 % ni tashkil etadi. Teri massasiga jun qoplamining uzunligi va qalinligi katta ta'sir ko'rsatadi. Bir xil zotdagi hayvonlardan, lekin yilning turli mavsumlarida shilingan terilar massasi bir xil bo'lmaydi. Qishda so'yilgan hayvonlar terisining jun qopiami qalinroq va uzunroq boiib, o'z navbatida katta massaga ega. Shuningdek, terida yog' to'planishi ham so'yish vaqtiga bog'liq bo'lib, teri massasiga ta'sir etadi. Boshqa teng shartlar vaqtida erkak hayvonlar terisi odatda urg'ochilari terisiga nisbatan katta massaga ega. Yoshning oshib borishi bilan terming maydoni va qalinligi ortib boradi, bu esa massaning ortishiga olib keladi. Terilar massasi konservalash usuli va darajasiga ham bog'liq bo'ladi. Har qanday konservalash usuli avvalambor teridagi namlik miqdorining kamayishi bilan bog'liq. Shuning uchun konservalangan terilar massasi doimo yangi shilingan teri massasidan kam bo'ladi. Teri xomashyosi standartida massa bo'yicha qabul qilinadigan, har xil usullar bilan konservalangan yirik shoxli mollar va ot terilari massasining nisbati belgilangan.
125
Наг xil usular bilan konservalangan terilar massasining nisbati, %
Yangi shilingan teri 100
Muzlatilgan teri 95
Yoyib tuzlangan teri 87
Tuzliqda tuzlangan teri 83
Tuzlab quritilgan teri 50
Tuzlamasdan quritilgan teri 40
Ammo bu nisbatlar konservalash yoki quritish darajasiga qarab o'zgarishi mumkin. Quyuq tuz eritmasida konservalangan teri xomashyosini uzoq muddat saqlashda teri tarkibidagi namlik asta-sekin bug'lanadi, buning oqibatida teri massasi kamayadi. Ayniqsa, taxlovlarning chekkasi va yuzida joylashgan terilar tez quriydi. Tuzlab quritilgan va tuzlamasdan quritilgan terilar tarkibidagi namlik miqdori darajasiga atrof-muhitning harorati va nisbiy namligi ta'sir ko'rsatadi.
Yuqorida keltirilgan nisbatlardan foydalanib, har qanday usulda konservalangan teri massasini doim aniqlash mumkin. Masalan, agar yirik shoxli molning yangi shilingan terisi 20 kg bo'lsa, tuzliqda tuzlangandan keyingi massasi:
20 kg - 100 % X - 83 % , x = (20 • 83) / 100 = 16,6 kg
Tuzliqda konservalangan teri massasi bo'yicha, boshqa usullar bilan konservalangan teri massasini ham aniqlash mumkin. Masalan, agar tuzliqda konservalangan teri massasi 16,6 kg bo'lsa, tuzlamasdan quritilgan teri massasi:
X = (16,6-40)/83 = 8 kg
Terida og'irlashtiruvchilar va me'yoridan ortiq namlikning mavjudligi teri massasining ortishiga olib keladi. Teri massasini aniqlash og'irlashtiruvchilarga 0,1 kg mutlaq xatolikkacha chegirma hisobidan amalga oshiriladi.
Usol - yangi shilingan terini nam holida tuzlash teri massasining kamayishi hisoblanib, bunda namlik bilan bir qatorda teri to'qimasiga singishga ulgurmagan bir qism natriy xlor eritmasi ham yuqotiladi.
Davlat standartiga muvofiq nam holida tuzlab konservalangan terilar uchun usol organoleptik va analitik usullarda aniqlanadi.
126
9-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |