Qora - ko'k rang - shu bilan tavsiflanadiki, bunday terming ko'p qismi qora tola bilan qoplangan; oq tolalar dumg'ozasidan yag'rinigacha tasmasimon tarzda joylashgan.
Pushtirang (guligaz) - ikki yoki uch xil rangdagi; qora, qo'ng'ir tolalar aralashmasidan hosil bo'ladi va har bir tolaning rangi uning bo'yiga qarab zonal tarzda joylashganligi bilan xarakterlanadi.
Oq yoki qo'ng'ir tolalarning nisbatiga va ularning uzunligiga qarab pushtirangning och pushtidan to'q pushtigacha bo'lgan turli tuslari uchratiladi. Brilliantsimon rang ham pushtirang qorako'lning bir turi hisoblanadi, xarakterli tomoni shundaki, undagi jigarrang tola zonal rangga ega, ya'ni tubi to'q va uchi och rangda boiadi. O'rtacha tovlanib turadigan brilliantsimon terilarda tolalar nisbati quyidagicha bo'lib chiqdi: pigmentlangan tolalar 56 %; pigmentlanmagan tolalar 44 %; to'q tusda tovlanuvchi terilarda xuddi shu ko'rsatkichlar 65 va 35 % ni, och tusdagi terilarda esa 24 va 46 % ni tashkil qildi.
Pushtirang terilarning g'oyat xilma-xil tuslari uchrashidan tashqari, ushbu terilarning ayrim qismlari va tolalarning pigmentlanishi bir xilda emasligi kuzatiladi. Bundan tashqari, chetlari oq yoki to'q hoshiyali, loviyasimon shaklda, qoramtir yoki "xaliliy" tipidagi och qismlari bo'lgan pushtirang terilar ham uchrab turadi.
Surrang - jingalakdagi har tolada pigmentlar bo'yiga qarab notekis taqsimlanganligi bilan xarakterlanadi. Sur terilarning qimmati tolalarning tubi va uchlaridagi rangi ravshan ifodalanganligiga, tolaning och tusli qismi qanchalik chuqur va ravshan ekaniga, tolaning qoramtir tubi bilan oqish tusdagi uchlari nisbatiga hamda butun teri sathida rangining bir tekisda ekanligiga, kontrastligiga va qoramtir tubidan oqish tusdagi uchiga qanday (asta-sekin yoki birdan ) o'tilishiga hamda butun teri sathiga rangining bir tekisligiga qarab aniqlanadi.
Tolaning qoramtir tubidan birdaniga uning oqish uchiga o'tilishi rangining kontrastligini keltirib chiqaradi va terilarga ko'rkamlik baxsh etadi, ularni juda qimmatli qiladi. Sur terilar tolasining qoramtir tubidan oqish tusdagi uchiga o'tish kontrastligiga qarab ular rangining ravshanJigi g'oyat xilma-xil (ko'rkamdan tortib o'ta xira boiishgacha) boradi. Sur
118
terilar rangining butun teri yuzasida qanchalik bir tekis bo'lishi, ularning bir tusda ekanligini tavsiflanadi; rangining bir tekis emasligi qorako'l qimmatini pasaytiradi.
Kelib chiqishiga qarab, surning quyidagi tiplari farq qiladi: Buxoro suri; Surxondaryo suri va Qoraqalpoq suri. Buxoro suri qorako'l xossalari va tovar sifatlari jihatidan qora qorako'ldan deyarli farq qilmaydi; faqat tolasining rangi, ko'proq ipaksimon va yaltiroq ekanligi bundan mustasnodir. Buxoro surida kumushrang, tillarang, jezrang, sirenrang, olmosrang va boshqa ranglar mavjuddir.
Kumushrang sur - tolalarning to'q qo'ng'ir tubi bilan kulrangsimon kumush rangidagi uchlarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Tillarang sur tolasining tub qismi to'q qo'ng'ir yoki to'q kashtan rangda bo'lib, birdaniga och tillarang uchi boshlanib ketadi; jez rangda tolalar tubining to'q qo'ng'ir rangi uch tomonida jez rangga aylanadi; sirenrang - tagi qo'ng'ir tusda bo'lib, uchiga qarab asta-sekin och sariq tusga kirib boradi; olmosrang - tagi to'q qoramtir yoki qora rangli bo'lib, uch qismi birdaniga platina rangiga kiradi; qorasur - tubi to'q qoramtir yoki qora rangda va tola uchining juda kalta qismi (1/10) oqish tusda; oqish sur - tubi och qo'ng'ir va tola uchining ancha uzun qismi (5/10-6/10) oqish rangda.
Do'stlaringiz bilan baham: |