Jingalakning ochiq tomoni. N. P. Chirvinskiy qoplag 'ich jun tolalarining uchlari egilgan tomonni, ya'ni jingalakning kirish tomonini uning ochiq
103
tomoni deb atadi. Qorako'lchilar va tovarshunoslar qorako'l teri naqshida jingalak ochiq tomonining yo'nalishiga juda katta ahamiyat beradilar. Jingalagining ochiq tomoni bosh tomonga yo'nalgan terilar ishlov berish jarayonida yaxshilanadi, jingalagining ochiq tomoni dum tomonga yo'nalgan terilar ishlov berish jarayonida yaxshilanadi, jingalagining ochiq tomoni dum tomonga yo'nalgan teri esa yomonlashadi, chunki qorako'l teri sag'risidan yag'riniga va chetlaridan dorzal chiziqqa tomon yo'nalishda kirishadi.
Jingalaklarning uzunligi orta borgan sayin jingalagining ochiq tomoni boshga tomon yo'nalgan terilar miqdori deyarli barcha qorako'l guruhlarida, ayniqsa, jaket guruhida ko'paya boradi.
Jingalaklar ochiq tomonning ko'pchiligi muayyan qorako'l teri guruhlariga xosdir, bu belgi bo'yicha tafovutlar ham ahamiyatga ega.
3.4.3. Qorako'l jingalaklaridagi jun tolalarining asosiy xossalari
Jun tolasining xossalariga baho berishda ularning uzunligi, ingichkaligi, ipaksimonligi, yaltiroqligi, qalinligi, pigmentatsiyasi hisobga olnadi. Jun tolalarining sifat xarakteristikasi morfologik tuzilishidagi tafovutlardan tashkil topadi. Jun tolasining sifati ushlab ko'rilish yo'li bilan yoki yaltiroqligiga qarab belgilanadi.
Jun tolalari uzunligi. Qorako'l xossalarini va qorako'l xomashyosining tovar qimmatini belgilashda tola uzunligi muhim o'rin tutadi.
Jun tolasining uzunligini odatda santimetrli lineyka bilan jingalakning ochiq yoki yopiq tomonidan o'lchash qabul qilingan. Buning uchun lineykanijingalak choklari orasiga qo'yib, tolalarni yoziltirib to'g'rilashga harakat qilinadi. Ikkala holatda ham tolaning katta qismi to'g'rilangan yoy shaklida qolishi va tola tutamining uchida bamisoli ikkita yarus hosil boiishi sababli, uning haqiqiy uzunligini to'liq o'lchab bo'lmaydi.
Qoplag'ich tolalar uzunligini o'lchash oson va qulay bo'lganligi uchun, amalda ularning uzunligi qorako'l jingalaklarining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bo'lib qoldi, ammo u jingalak uzunligini xarakterlovchi o'rtacha kattalik bo'lolmaydi.
104
Tolalarni tagidan tarashlab olish yo'li bilan ular uzunligini eng aniq tarzda o'lchash mumkin. Bunday hollarda jingalakdagi barcha qoplag'ich va kiruvchi tolalar strakturasini saqlab qolish uchun avval jingalakning biror qismiga bir tomchi kollodiy tomiziladi, u tola ichiga singib o'tib, jingalak skeletini saqlab qoladi. Kollodiy qotgandan keyin mazkur kichkina jun tola tutamini yupqa epidermis qavati bilan birga ustarada qirib olinadi.
Jun tolalarining uzunligi qorako'l terining xomashyo turiga, homilaning embrional rivojlanish davriga va boshqa omillarga bog'liqdir. Embrional rivojlanishning erta muddatlaridagi homilalardan shilib olingan terilarda jun tolalari ancha kalta, kechroq muddatlarda shilib olingan terilarda uzunroq bo'ladi (6-jadval).
Qorako'lcha guruhiga kiruvchi terilarning jun tolalari eng qisqa bo'ladi. Ulardagi bunday kalta tolalar rang-barang tovlanish, jimdimador naqshlar va bo'lajak jingalaklarning shaklini hosil qiladi. Qorako'l guruhiga kiruvchi terilarda tolalar optimal uzunlikda bo'lib, ulardan turli shakl va tipdagi jingalaklar shakllanadi. Yaxobob tipdagi terilarning tolasi hammadan uzun bo'lgani uchun ulardan yechilib ketgan shakldagi va deformatsiyalangan jingalaklar vujudga keladi.
Turli navlarga mansub terilardagi bir xil shakl va tipdagi jingalaklarda tola uzunligi turlicha ekani ko'rinib turibdi. Qalamgulsimon tipdagi jingalaklar orasida yassilari eng kalta qiltiq va tivit jun tolali, qovurg'asimonlar - o'rtacha, doiralilar esa uzun tolali bo'lgan.
Ma'lumki, qimmatbaho qorako'l jingalaklari, asosan, bir xil sifatli qattiq tolalardan hosil bo'ladi. Tivit tolalarining uzunligi qiltiq tolalar uzunligining 1/6-Л/5 qismiga teng keladi, shu sababli ular qorako'l jingalaklarini hosil qilishda ishtirok etmaydi.
105
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |