Наг xil tur va rangdagi terilarda qoplag'ich tolalar uzunligi
Xom-ashyo
|
Qora
|
|
Ko'k (havo rang)
|
|
Sur (kumush ra
|
ng)
|
|
|
turi
|
|
|
Qora
tola
|
Oq tola
|
|
|
|
|
mm
|
Qora-
|
mm
|
Qora-
|
mm
|
Qora-
|
mm
|
Qora-
|
|
|
ko'lga
|
|
ko'lga
|
|
koiga
|
|
koiga
|
|
|
nisba-
|
|
nisba-
|
|
nisba-
|
|
nisba-
|
|
|
tan, %
|
|
tan, %
|
|
tan, %
|
|
tan, %
|
Go'lak
|
1,89
|
15,8
|
2,58
|
18,4
|
2,37
|
15,0
|
1,91
|
14,0
|
Qora-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ko'lcha
|
2,43
|
20,3
|
4,26
|
30,4
|
5,62
|
2,21
|
2,21
|
16,2
|
Qorako'l-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
qorako'l-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
cha
|
3,28
|
27,3
|
6,71
|
47,9
|
8,89
|
56,3
|
3,32
|
24,7
|
Qorako'l
|
12,26
|
100,0
|
14,0
|
100,0
|
15,81
|
100,0
|
13,63
|
100,0
|
Yaxobob
|
22,31
|
186,0
|
22,69
|
169,0
|
27,62
|
175,0
|
24,17
|
177,0
|
Tivit pay do bo'lishi hamisha qimmatbaho jingalak shakllari va tiplarining buzilishiga olib keladi. Tivit, asosan, salbiy formadagi jingalaklar hosil bo'lishida ishtirok etadi va qisman kam qimmat jingalaklarda uchraydi.
Shunday qilib, turli shakl va tiplardagi jingalaklardan tola uzunligi qorako'l terilarining tovar xossalari bilan ularning navi bilan bog'liq ekan.
Shuni aytish kerakki, tovar sathining turli topografik qismlarida joylashgan aynan bir xil jingalaklarda jun tolalarining uzunligi bir xil emas. Bir terining o'zida uchraydigan bir xil forma va tipdagi jingalaklaming teri sag'risida jovlashganlarida tolalar eng kalta, orqasi va yonboshida - o'rtamiyona va yag'rinida eng uzun bo'lib chiqdi. Yassi va qovurg'asimon qalam gulli jingalaklar guruhida jun tolalari uzunligidagi mazkur tafovut yarim doira jingalakli qalam gullarga qaraganda kam darajada ekanligi sezilib turibdi.
106
Ko'k va sur qorako'l terilarining bir nomdagi navlarida ham shunga o'xshash, lekin ancha katta ko'lamdagi tafovutlar kuzatiladi. Ularning tolasi ancha uzun. Bu esa oq va rangdor tolalarning ancha tez o'sishi bilan bog'liq.
Har bir navdagi terilarda jun tolalarining muayyan uzunlikda bo'lishi xosdir. Kavkaz guruhiga kiruvchi terilaming qalam gul jingalaklaridagi tolalar eng uzun, qovurg'asimon va yassi jingalaklar uzunligi - eng kalta va jaket guruhidagi jingalaklaming tolasi mo'tadil uzunlikda bo'ladi. Kavkaz qalin I, Kavkaz yupqa I va Qalin jaket navlarida uchraydigan yarim doirali qalam gul jingalaklaming tola uzunligi katta, kirpuk naviniki eng kam, jaket I naviniki esa o'rtacha bo'lib chiqdi. Qovurg'asimon qalin I va yassi qalin I navlarida uchraydigan qovurg'asimon va yassi qalam gul jingalaklaridagi tolalar uzunligi qovurg'asimon yupqa I va yassi yupqa I navlaridagiga nisbatan ancha ortiq ekani ma'lum boidi. Ko'k va sur terilar o'rtasida ham taxminan shunday tafovut qayd qilindi.
Binobarin, tolalar uzunligi bilan jingalaklar shakli va tipi o'rtasida muayyan bog'lanish bor, bu esa o'z navbatida qorako'lning tovar sifati va navi bilan bog'liqdir.
Turli xil qorako'l guruhlariga va turli ranglarga mansub terilarda jun tolasining uzunligi turlicha bo'lib chiqdi.
Yassi va qovurg'asimon qorako'l guruhlariga kiruvchi terilaming tola uzunligi eng kalta va Kavkaz guruhlaridagi terilaming tolalari eng uzundir. Jaket guruhiga kiruvchi terilar o'rtacha uzunlikdagi tolalarga ega. Bunday tafovut ko'k va sur terilarga ham to'la taalluqlidir. Qora qorako'l terilarining jun tolasi nisbatan kaltaligi bilan, sur terilarining tolalari o'rtacha va ko'k terilaming tolalari eng uzunligi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, har bir qorako'l teri guruhining optimal tola uzunligi uning o'ziga xosdir.
Ko'k qorako'lda jun tolalari uzunligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Qora va oq tolalar nisbati hamda ularning uzunligidagi tafovut ko'k qorako'lning muayyan tusi va rang-barangligiga sabab bo'ladi.
Qora tolalar nisbati kamaysa, och tuslar paydo bo'ladi, ularning nisbati oshganda esa to'q tusdagi jingalaklar vujudga keladi. Qora tolalar bilan oq tolalar o'rtasidagi tafovutning juda kamayib ketishi uncha qimmatli bo'lmagan qoramtir-kulrang va po'latsimon tusdagi naqshlar hosil
107
bo'lishiga, ushbu tafovutning ko'payishi esa, juda qimmatli havorang, kumushrang va dursimon rang paydo bo'lishiga olib keladi. Bu tafovut va xususiyatlardan muayyan tus va rang-barang qorako'l yetishtirish sohasidagi seleksiya - naslchilik ishlarida muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
Sur qorako'l terilarning jingalaklari uzunligi vujudga keltirilgan zotdor va zavod tiplariga kiruvchi qorako'l mahsuloti navlari doirasida o'rganib chiqilganda mazkur tiplar orasida va bir xil tiplar ichida rang-barangligi jihatidan muhim tafovutlar borligi aniqlangan. Buxoro suridagi oltinsimon rangli qoplovchi tolalar uzunligi 12,0 mm; kumush rang tolalar 11,0 mm keldi; Qoraqalpoq suridagi shamchiroq gul rangli tolaning uzunligi 15,4 mm; po'lati sur tolalari 16,4 mm; o'rikgul tolalari uzunligi 14,0 mm va shabdor tolalari 15,1 mm; chaqirgul 16,8 mm va kamargul tolalari 15,7 mm boiib chiqdi.
Ko'rinib turibdiki, sur terilarning bir xil nom bilan ataluvchi navlari tola uzunligidagi har xil tip va rangga doir mazkur tafovutlar har bir xo'jalikda seleksiya - naslchilik ishlari yo'nalishini tanlash bilan bog'liq xususiyatlar jumlasiga kiritilishi kerak.
Demak, sur terilarda jingalakdagi tola uzunligi tola tubi yoki uchining rangi bilan yoki tolaning qoramtir tubidan uning oqish uchiga o'tish kontrastligi bilan, shuningdek, sur terining rang-barangligi va uning tovar yuzasi bo'ylab bir tekis yoyilganligi bilan mutlaqo aloqador emas.
Jim tolalarining ingichkali - jingalak sifatining, binobarin, butun qorako'l teri sifatining ham eng muhim belgilaridan biridir. Qoplag'ich tolalarning ingichkaligi nechog'li bir xil bo'lsa, jingalak shuncha ko'rkam va aniq bo'ladi. Qorako'l jingalaklari tolasining ingichkaligi deganda, uning ko'ndalang kesilgan diametrining mikron bilan o'lchangan kattaligi tushuniladi. Turli shakl va tipdagi jingalaklardan olingan tolalarning ko'ndalang kesimini tekshirish ularning turlicha tuzilishga ega ekanligini ko'rsatadi.
Yarim doirali qalam gul jingalaklar tolasining ko'ndalang kesimi asosan bir xil, ravshan ko'rinib turadigan loviyasimon yoki oval loviyasimon shaklda bo'ladi.
Turli navlarga mansub terilarda uchraydigan yarim doirali qalam gul jingalak tolalari ko'ndalang kesimining eni va yo'g'onligiga oid quyidagi
108
o'lchamlar bilan xarakterlanadi. Jaket I navida tola ko'ndalang kesimining eni - 53,1 mk, yo'g'onligi - 34,6 mk; qalin jaket navida tola ko'rsatkichlar - 69,4 va 40,5 mk; jaket II da - 58,7 va 37,3 mk; qalin Kavkaz I da - 72,3 va 45,2 mk; yupqa Kavkaz I da - 59,3 va 39,1 mk.
Kavkaz guruhiga kiruvchi terilardan olingan tolalarning ko'ndalang kesimi o'lchamlarining yirikligi bilan, loviyasimon - oval shakli va o'zagining kattaligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Qovurg'asimon qalam gulli jingalaklarning jun tolalari asosan bir xil, yirik o'lchamli, loviyasimon - oval va yumaloq - kvadrat shaklda bo'lib, o'zagi yaqqol ko'rinib turadi.
Qovurg'asimon nav terilarda uchraydigan qalam gul jingalaklarining jun tolalari ko'ndalang kesimining parametrlari quyidagicha bo'lib chiqdi: qovurg'asimon yupqa I navida tolalar ko'ndalang kesimining eni 51,7 mk va yo'g'onligi - 35,5 mk ni tashkil qiladi; qovurg'asimon qalin I navida shu ko'rsatkichlar - 70,4 va 42,3 mk; qovurg'asimon yupqa II navida - 60,3 va 40,5 mk; qovurg'asimon qalin II navida - 68,7 va
50.4 mk; yirik jingalakli navda - 75,7 va 58,4 mk ga teng bo'lib chikdi.
Yassi qalam gul jingalaklarning tolalari ko'proq bir xil bo'lib,
ko'ndalang kesimi ezilgan - loviyasimon va oval - loviyasimon shaklga ega.
Yassi qorako'l navlarida uchraydigan yassi qalam gul jingalaklar tolalarining ko'ndalang kesimi quyidagi o'lchamga ega bo'lib chiqdi: yassi yupqa I navida - tolalar ko'ndalang kesimining eni - 41,5 mk va yo'g'onligi - 23,7 mk ni tashkil qildi; yassi qalin I navida xuddi shu ko'rsatkichlar - 64,3 va 32,2 mk ga; yassi yupqa II navida - 49,3 va
27.6 mk ga; yassi qalin II navida - 72,4 va 34,8 mk ga teng bo'ldi.
Donagul jingalaklar tolasining ko'ndalang kesimi loviyasimon va
yumaloq - oval shakldan boshqacharoq bo'lib, kattagina o'zagi yaqqol ko'rinib turadi. Turli navlarda uchraydigan donagul jingalaklar ko'ndalang kesimining eni va yo'g'onligi quyidagi o'lchamga ega bo'ldi: qalin jaket navida tola ko'ndalang kesimining eni - 70,4 mk ni va yo'g'onligi - 48,9 mk ni tashkil qildi; Moskva jaketi navida xuddi shu ko'rsatkichlar - 50,9 va 39,2 mk ga; Kavkaz qalin I navida - 86,3 va
48.7 mk ga; Kavkaz yupqa navida - 83,6 va 46,4 mk ga; flera naviga -
42.5 va 38,1 mk ga teng bo'ldi.
109
Salbiy shakldagi jingalaklarda dag'al junli dumbali qo'y zotlariga mansub qo'zilarga xos xilma-xil tipdagi jun tolalari qayd qilindi. Bunday xilma-xillik shakllarning har xilligi (yumaloq, oval vacho'zinchoq) hamda tola o'zagi va ko'ndalang kesimi diametri o'lchamlarining bir xil emasligi bilan xarakterlanadi.
Jun tolalarining yassilashganligi loviyasimon jingalakdagi tolalarning buralganlik darajasi bilan bog'liq bo'lsa kerak va bu hoi ijobiy faktor deb hisoblanmog'i lozim, chunki qorako'lga ishlov berish jarayonida tola bog'lamlarining yozilib ketishiga to'sqinlik qiladi.
Qorako'l jingalaklarning tola ingichkaligini bo'laklab o'lchash tolalarning haqiqiy ingichkaligini aniqlashga imkon bermaydi, chunki bunday holda okulyar - mikrometr tagidagi ko'zga ko'rinadigan qismda jun tolasi bo'laklari yassi yoki qirra tomoni bilan yotgan bo'lishi mumkin, shu tufayli ma'lumotlar har xil bo'lib chiqadi. Qorako'l jingalaklari tolalarining ingichkaligini, ularning ko'ndalang kesimi asosida o'lchash ancha ishonchli ma'lumotlar olinishini ta'minlaydi. Yuqorida aytib o'tilganidek, qorako'l terilarining qalam gul jingalaklaridagi jun tolalarining ko'ndalang kesimi loviyasimon shaklga ega. Shu sababli jun tolasi ingichkaligini eni ("a") hamda yo'g'onlik ("b") konturiga qarab o'lchash tavsiya etiladi. Bu yerda eni deganda, tola ko'ndalang kesimining eng katta diametri, yo'g'onligi deganda esa eng kichik diametri tushuniladi. Mazkur o'lchash usuli yordamida tolaning o'rtacha ingichkaligini aniq hisoblab chiqarish mumkin. Agar enining yo'g'onligiga nisbati (a: b) 1 : 2 dan ortib ketmasa, demak, raqam eng aniq hisoblangan deb topiladi. O'rtacha mayinlikni hisoblab chiqarish uchun v = 2:-fa^6 formulasidan foydalanish lozim.
Tola tutamlari ingichkaligini yoppasiga tekshirish uchun tutam uzunligining o'rta qismidan o'lchash tavsiya etiladi, chunki tutamning shu qismida tola o'rtacha ingichkalikka ega bo'ladi va unda uchratiladigan tolalarning hammasi jingalak hosil qilishda qatnashadi. Qorako'l jingalaklaridagi tolalarning ko'ndalang kesimi maxsus sistema asosda tayyorlangan mikrotom yordamida hosil qilinadi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, jingalakda tolalarning ikki guruhi: qoplag'ich va jingalak ichiga kiruvchi tolalar farq qilinadi. Ushbu tola guruhlari ingichkalik jihatidan nechog'li bir xil bo'lsa, jingalak shuncha
110
sifatli bo'ladi. Jingalaklarni hosil qilishda ishtirok etuvchi tolalar mayinligi eng chetki qoplag'ich qismidan eng chetki kiruvchi qismga qarab asta-sekin ingichkalashib boradi. Masalan, jingalakning eng chetki qoplag'ich tolalari boshqa tolalarga nisbatan eng katta diametrga ega bo'lsa, eng chetki kiruvchi tolalar eng kichik diametrga ega bo'ladi. Jingalak o'rtasidagi jun tolalari odatda, o'rtacha diametrli, ya'ni tekislashgan bo'ladi.
Qalam gul jingalaklar tolasining uchi eng ingichka, o'rta qismi o'rtacha va tubi esa yo'g'on bo'ladi. Ammo mazkur yo'g'onlashish tabiati turii tipdagi jingalaklarda bir xil bo'lib chiqdi.
Shunday qilib, turli tipdagi qalam gul jingalaklar tolalarining ingichkaligi o'ziga xos xarakterli xossalari va xususiyatlariga ega.
Har xil va turli rangdagi terilar tolalarining ingichkaligi o'rganilganda ham shunga o'xshash manzara kuzatiladi (5).
Embrional rivojlanishning turli bosqichlaridagi qo'zilar terisida jun tolalarining mayinli bir xil bo'lmaydi. Qorako'lcha terilarning tolalari eng qisqa, qorako'l - qorako'lchaniki bir oz uzunroq, qorako'l terilariniki o'rtacha va yaxobob terilarining tolalari eng uzundir.
Bu tafovutlar ko'k va sur terilarda birday bo'lib chiqdi. Ko'k qorako'l xomashyoning har bir turi doirasi ichida qora tolalar qora qorako'l terilardagi qora tolalarga nisbatan yo'g'onroq, oq tolalar esa ingichkaroqdir. Sur terilarning tolalari boshqalarga nisbatan eng ingichka bo'lib chiqdi.
Demak, har xil turdagi terilar rivojlanishning turli bosqichlariga mansub va shuning uchun ulardagi tolalaming ingichkalik o'Ichamlari bir xil emas (7-jadval). Tolalar ingichkaligini qalam gul jingalaklar uzunligiga bog'liq holda o'rganish shuni ko'rsatadiki, qalam gul jingalak nechog'li uzun bo'lsa, shu jingalaklarni hosil qiluvchi tolalar shunchalik bir xil va ularning ingichkaligi mo'tadilroq bo'ladi. Aksincha, qalam gul jingalaklarning uzunligi qanchalik kalta bo'lsa, tolalaming sifati shunchalik notekis va ularning umumiy ingichkaligi birmuncha yo'g'onlashgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |