Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet99/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Geksaftorsilikat natriy - oq rangli may da kristalli kukun, ba'zan kulrang yoki sariq tusli bo'ladi. Suvda kam eriydi. Natriy xloridning to'yingan eritmasida esa yanada kamroq eriydi. Konservalovchi aralashma tarkibida xomashyo massasiga nisbatan 1 % kiritiladi. Aralashma obdon bilan aralashtirilishi zarur. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, osh tuzi va natriy geksaftorsilikat aralashmasi bilan 30°C harorat va 85 % nisbiy namlikda konservalangan terilar 6 оу mobaynida saqlangandan so'ng ham, yangi tuzlangan ko'rinishga ega bo'lgan. Natriy geksaftorsilikat zaharli, shuning uchun u bilan ishlashda hamma texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur.
Kalsiyli soda - qizdirilgan suvsiz natriy karbonat - yupqa kristalli kukun, juda gigroskopik, suvda oson eriydi. U xomashyoda tuzli dogiar hosil bo'lishidan saqlaydi. Osh tuzi va paradixiorbenzol aralashmasiga qo'shib upuka, buzoq va yarimteriliklarni (osh tuzi massasidan 3 %) konservalashda qoilaniladi.
200
7.4.2. Konservalovchi aralashmani tayyorlash
Konservalovchi aralashmani tayyorlash uchun quyidagi komponentlar, toza shilingan teri massasidan % hisobida olinadi: osh tuzi 40, antiseptiklardan paradixlorbenzol - 0,4 yoki naftalin 0,5 yoki natriy geksaftorsilikat 1-1,2. Upuka, buzoq va yarim terini konservalash uchun aralashmaga 0,8-1,2 % kalsiylangan soda qo'shish tavsiya etiladi. Mayda xomashyoni konservalash uchun №2 maydalangan tuz yoki №2 va №1 maydalangan tuzlarning bir xil miqdordagi aralashmasi, yirik xomashyo uchun №3 maydalangan tuz olinadi. Konservalovchi aralashmaning hamma komponentlari obdon bilan aralashtiriladi, aralashma bir jinsli va bir tekis rangda bo'lishi kerak. Aralashmani tayyorlash uchun maxsus baraban - qorgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Osh tuzi, paradixlorbenzol yoki naftalinli aralashma faqat bir kunlik foydalanish uchun tayyorlanadi, chunki antiseptiklar tezda bug'lanib ketadi.
7.4.3. Konservalovchi eritmani tayyorlash
Xomashyoni tuzliq usulda konservalash uchun ma'lum konsentrat-siyali tuzliq talab etiladi.
Tuzliq oldindan suyuqlik koeffitsiyentini hisobga olib tayyorlanadi. Suyuqlik koeffitsiyenti xomashyo va apparatlar turiga qarab 2,5-4,0 gacha bo'lishi mumkin. Tuzliq 100 1 suvga 30-35 kg natriy xlorid hisobidan tayyorlanadi. Natriy yoki ammoniy geksaftorsilikat 100 1 suvga 70-100 g miqdorida, dastlab eritib, so'ngra qo'shiladi. Upuka, buzoq yoki yarimterini konservalashda tuzliqqa osh tuzi massasidan 2-3 % natriy karbonat qo'shish maqsadga muvofiq. Tuzliqni tayyorlash uchun toza tuz olinadi. Eritmaning harorati 12-20°C. Tuzliqning to'g'ri tayyorlanganligi, uning zichligini aniqlab tekshiriladi. Zichlik 1,19-1,2 g/sm3 bo'lishi lozim. Zichlik areometr yordamida tekshiriladi.
201

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish