Sanoat xavfsizligi


II. PUTUR YETKAZMAYDIGAN NAZORAT



Download 3,72 Mb.
bet11/51
Sana01.07.2022
Hajmi3,72 Mb.
#725391
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
СХ

II. PUTUR YETKAZMAYDIGAN NAZORAT
TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINING
ASOSIY VAZIFALARI
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga yо‘naltirilgan:
putur yetkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik ta’minlashni takomillashtirish;
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari malakasini, laboratoriyalarining vakolatliligini, metodik hujjatlari va vositalarining texnik darajasini oshirish;
putur yetkazmaydigan nazorat tizimining qoidalari va tartib-qoidalarini putur yetkazmaydigan nazorat bо‘yicha xalqaro standartlar talablari va mezonlariga uyg‘unlashtirish;
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari, laboratoriyalari, metodik hujjatlari va vositalarini baholash va ularning muvofiqligini tasdiqlash;
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari, laboratoriyalari, metodik hujjatlari, vositalari ma’lumotlar bankini shakllantirish va putur yetkazmaydigan nazorat tizimini axborot bilan ta’minlash;
muvofiqlikka baho berish va tasdiqlash bо‘yicha tashkiliy tuzilmalarni maqbullashtirish;
muvofiqlikka baho berish va tasdiqlash bо‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
putur yetkazmaydigan nazorat natijalari xalqaro e’tirof etilishi uchun shart-sharoitlar yaratish.


III. MAHSULOT SIFATINI TA’MINLASHDA
PUTUR YETKAZMAYDIGAN
NAZORATNING ROLI
Putur yetkazmaydigan nazorat mahsulotning ishonchliligi va sifatini oshirish imkonini beradi, yangi, murakkabroq ishlab chiqarishni о‘zlashtirishga, shuningdek yangi progressiv texnologik jarayonlarni joriy etishga kо‘maklashadi. Putur yetkazmaydigan nazorat nazoratning boshqa usullaridan farq qilgan holda nazorat qilinadigan turkumda buyumlarning 100 foizini qamrab olishi mumkin, shu sababli ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini tekshirish imkonini beradi, keyinchalik qayta ishlash uchun mahsulotning yaroqli qismini tanlab olish imkonini beradi va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning sifatini kafolatlaydi.
Texnologik jarayonning har xil bosqichlarida putur yetkazmaydigan sinovlarni muntazam о‘tkazish va ushbu sinovlar natijalarini statistik qayta ishlash nuqsonlar paydo bо‘ladigan texnologik jarayonlar bosqichini aniqlash va tegishlicha, nuqsonning sabablarini aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
Murakkab texnologik jarayon sharoitlarida tayyor detallar sifatini qayd etadigan putur yetkazmaydigan nazorat jarayoniga tuzatish kiritishning faol usuliga aylanadi. Ishlab chiqarish avtomatlashtirilishi sharoitlarida nazoratning tuzatuvchi roli ayniqsa oshadi.
Shunday qilib putur yetkazmaydigan nazorat usullaridan oqilona foydalanilgan taqdirda ular texnologik jarayonni takomillashtirishning samarali vositasiga aylanishi mumkin.
Putur yetkazmaydigan nazorat operatsiyalari о‘zida texnologik jarayonning ajralmas va teng huquqli bо‘g‘inini ifodalaydi. Ushbu operatsiyalar:
buyum sifatini aniqlashga;
buyumlarning mustahkamligini aniqlashga;
eng yaxshi konstruktiv va texnologik yechimga yо‘naltirishga;
tayyorlovchining markasini qо‘llab-quvvatlashga;
baxtsiz hodisalarning oldini olish va xavfsizlikni oshirishga;
ishlab chiqarish qiymatini pasaytirishga qodir.



Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish