Mavzuga doir test savollari
Monoxromatik yorug’lik deb nimaga aytiladi?
Quyoshdan tarqalayotgan oq yorug’likka;
Tabiiy yorug’lik manbaidagi bir xil atomlar chiqaradigan bir xil chastotali yorug’likka
Chastotalar intervali Δν nihoyatda kichik bo'lgan yorug’likka;
Bir jismli muhitda tarqalayotgan yorug’likka
Kogerent yorug’lik manbalari qanday bo'ladi?
Yorug’lik to'lqinlarining chastotalari va fazalar farqining vaqt bo'yicha o'zgarib turishi
Yorug’lik to'lqinlarining bir xil chastotaga va fazalar farqi esa vaqt bo'yicha o'zgarmay qolishi
Turli atomlar tomonidan chiqarilgan to'lqinlarning amplitudalari va fazalarining turlicha bo'lishi
Turli atomlar tomonidan chiqarilgan to'lqinlarning amplitudalari
vaqt davomida o'zgarmasdan qolishi
Yorug’lik interferensiyasi hodisasini birinchi bo’lib kim tajribada kuzatgan?
Frenel
Nyuton
Yung
Eynshteyn
Kogerent yorug’lik ustma - ust tushganda qanday hodisa kuzatiladi?
qutblanish
spektr
interferensiya
dispersiya
Ekranda interferensiya manzarasibi hosil qilish uchun maksimum va minimum shartlaridan qaysilari bo’la oladi?
max 2
d 3k
dmin 2k 1
d 2k
max 2
dmin 3k 1
2
dmax 2k
dmin 2k 1
2
dmax 2(k 1)
dmin 4k 1
Nyuton halqalarini qanday optik hodisalarda kuzatish mumkin?
yorug‘lik dispersiyasi hodisasida
yorug‘lik difraksiyasi hodisasida
yorug‘lik qutblanishi hodisasida
yorug‘lik interferensiyasi hodisasida
4-§. INTERFEROMETRLAR
4.1. Teng qiyalikdagi interferensiya
Teng qiyalikdagi interferensiyada tekis plastinka ustiga qo’yilgan tekis qavariq linza ko’rinishidagi qurilma misol bo’la oladi. Bunday qurilmaga tushuvchi va qaytgan yorug’lik nurlari yo’nalishi 4.1-rasmda keltirilgan. Bu vaqtda linzaning BC egrilik sirtidan va shisha plastinkadan qaytgan nurlarning o’zaro ustma-ust tushishi natijasida, bir-birini almashtiruvchi oq va qora halqalar ko’rinishidagi interferension manzara kuzatiladi. Agar qurilmaga oq yorug’lik tushsa, halqalar binafshadan qizil ranggacha bo’lgan ko’rinishida bo’ladi. Bunday tajribani birinchi marotaba I.Nyuton kuzatganligi uchun halqalar ko’rinishidagi interferension manzaraga Nyuton halqalari deyiladi. Bu vaqtda yorug’lik halqalarning radiuslari
rk maks (2k 1) R
ifoda orqali, qorong’i halqalarning radiuslari esa
rk min
(4.1)
(4.2)
i
aniqlanishini topamiz.
foda orqali
4.1-rasm. “Teng qiyalikdagi interferensiya” animatsiyasidan fragment
Qorong’i halqalar interferension manzaraning markazidan boshlanadi. Shuning uchun qorong’i halqalarning hisobi k=0 dan, yorug’ halqalarning hisobi esa k = 1 dan boshlanadi.
4.2. Teng qalinlikdagi interferensiya
Agar parallel 1 va 2 nurlar (4.2-rasm) qalinligi pona ko’rinishidadi tiniq plastinkaga tushsa, bu plastinka sirtlaridan qaytgan 1 va 1 hamda 2 va 2 nurlarning o’zaro ustma-ust tushishi natijasida bir-birini almashtiruvchi oq va qora tasmalar ko’rinishidagi interferension manzara kuzatiladi. Bu interferension manzara plastinka yaqinidagi tekislikda hosil bo’lganligi uchun teng qalinlikdagi tasmalar deyiladi.
4. 2 – rasm. “Teng qiyalikdagi interferensiya” animatsiyasidan fragment
Do'stlaringiz bilan baham: |