4.4. Interferension plastinkalar
Plastinka yuqoriga yorug’likning ikkita kogerent parallel dastalarini qaytaradi, ulardan biri plastinkaning yuqori siritidan yorug’lik qaytishi hisobiga, ikkinchi esa pastki sirtidan qaytishi vujudga keladi. Ikkinchi dasta plasinkaga kirishda va undan chiqishda sinadi. Plastinka yuqoriga, bu ikki dastadan tashqari, plastinka sirtlaridan uch, besh va hokazo marta qaytish hisobiga vujudga keladigan dastalarni ham yuboradi. Lekin bu dastalarni, ularning intensivligi juda kichik bo’ladi. Bunday plastinkalar misolida Lyummer-Gerke plastinkasi misolida ko’rib chiqish mumkin. Bu plastinkaga nurning normal tushishini ta’minlash uchun aniq ma’lum burchakka plastinkani bir uchi kesiladi yoki bu uchiga kichkina prizma o’rnatiladi. Tushayotgn nurning bu yo’nalishi shuday tablanadiki, shisha havo chegarasida nurning to’la ichki qaytish hodissasi vujudga keladi. Ushbu plastinkalar yordamida yorug’lik interferensiyasi kuzatiladi.
4.5-rasm. “Interferension plastinka” animatsiyasidan fragment
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Teng yiyalikdagi interferensiya qanday hosil bo’ladi?
2. Teng qalinlikdagi interferensiya qanday aniqlanadi?
3. Interferometrlar nima?
4. Interferension plastinkalar nima?
Mavzuga doir asosiy tushunchalar va qonuniyatlar hamda masalalar.
1. Yassi-parallel plastinkalardagi (o’tuvchi yorug’likda) yorug’lik interferensiyasining natijasi quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
yorug’likning kuchayishi
2
2
hn cos r = 2k
yorug’likning susayishi
(k=0,1,2,…..),
2hn cos r =(2k+1) (k=0,1,2,…..),
bunda h-plastinkaning qalinligi, n-sindirish ko’rsatkichi, r-nurning sinish burchagi, λ-yorug’likning to’lqin uzunligi.
Qaytgan yorug’likda yorug’likning kuchayish yoki susayish sharti o’tuvchi yorug’likdagi shartlarga teskari.
1. Yung tajribasida yupqa shisha plastinka interferensiyalanayotgan nurlardan birining yo’liga joylashtirilgan, shu sababli markaziy yorug’ yo’l (markaziy yo’l hisobga olinmagan) dastlabki beshinchi yorug’ yo’l egallagan vaziyatga siljigan. Nur plastinkaga perpendikulyar tushadi. Plastinkaning sindirish ko’rsatkichi 1,5. To’lqin uzunligi 6·10-7 sm. Plastinkaning qalinligi qancha?
2. Yung tajribasida qalinligi 2 sm shisha plastinka interferensiyalanayotgan nurlardan birinchi yo’liga perpendikulyar joylashtirilgan. Bunday turli jinslilik tufayli yurish farqining o’zgarishi
1mkm dan oshib ketmasligi uchun plastinkaning turli joylarida sindirish ko’rsatkichining qiymati bir-birlaridan qanchalik farq qilishi mumkin?
3. Sovun pufagiga (n=1,33) 450 burchak bilan oq yorug’lik tushmoqda. Pufak pardasi qanchalik yupqa bo’lganida qaytgan nurlar sariq rangga (λ=6∙10-5sm) bo’yaladi?
4. Vertikal joylashgan sovun pardasi syuqlikning oqishi tufayli pona hosil qiladi. Simob yonining (λ=5461Ǻ) qaytgan yorug’likdagi interferensiya yo’larini kuzatar ekanmiz, beshta yo’l o`rtasidagi masofa 2 sm ga baravar ekanligini topamiz. Pona burchagi sekund hisobida topilsin. Yorug’lik parda sirtiga perpendikulyar tushadi. Sovunli suvning sindirish ko’rsatkichi 1,33.
5. Vertikal joylashgan sovun pardasi pona hosil qiladi. Interferensiya qaytgan yorug’likda qizil shisha (λ=6,31∙10-5 sm) orqali kuzatilmoqda. Bunda qo’yshni qizil yo’llar o’rtasidagi masofa 3 mm ga teng. So’ngra shu parda ko’k shisha (λ=4∙10-5 ) orqali kuzatiladi. Qo’shni ko’k yo’llar o’rtasidagi masofa topilsin. O’lcham vaqtida pardaning qalinligi o’zgarmaydi va yorug’lik pardaga normal tushadi deb hisoblansin.
6. Shisha ponaga yorug’lik dastasi (λ=5,82∙10-7 m) normal tushadi. Pona burchagi 20˝. Pona uzunlik birligiga nechta qora interferensiya yo’llari to’g’ri keladi? Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,5.
Do'stlaringiz bilan baham: |