5.2. Frenel difraksiyasi
Frenel difraksiyasi - bu tarqaluvchi yorug’liklar difraksiyasi hodisasidir. Frenel difraksiyasini aylana shaklidagi tirqishdan bo’ladigan difraksiya misolida ko’rib chiqamiz (5.5-rasm). Agar AB aylana shaklidagi tirqish to’lqin uzunligi darajasidan katta bo’lsa, bu vaqtda tirqishning tasviri
ekranda hosil bo’ladi.
5.5 – rasm. Frenel difraksiyasi
Agar tirqishni kichraytirsak, tirqish tasviri o’rniga o’zaro bir-birini almashtiruvchi qora va oq halqalar hosil bo’ladi. Agar aylana shaklidagi tirqishda toq Frenel zonalari sig’adigan bo’lsa, birinchi halqa oq bo’ladi, agar tirqishga juft Frenel zonalari sig’adigan bo’lsa, birinchi halqa qora bo’ladi (5.6-rasm).
5.6-rasm. “Frenel difraksiyasi” animatsiyasidan fragment
5.3. Birta tirqishdan Fraungoffer difraksiyasi
2
2
FRAUNGOFFER YOZEF
(1787-1826). Nemis fizigi. Asosiy ishlari fizik va amaliy optikaga bag’ishlangan. Yo- rug’lik dispersiyasini o’rgan- gan va axromatik linzalar tayyorlash uslubiyatini ishlab chiqqan. Linza formulasini aniqlash uslubiyatini yaratdi. Axromatik linzalarni silliq- lash mashinasini yaratdi. Spektrometr asbobini yasadi. Axromatik mikroskop yarat- di. Quyosh spektrida qora tasmalar mavjudligini aniq- ladi. Difraksiya yo’li bilan to’lqin uzunligini aniqladi. Moddalar spektrini aniqlash uchun difraksion panjaralarni yasadi. Bitta tirqishdan va ko’p tirqishlardan vujudga keladigan difraksiyasini
Difraksiya hodisalari ikki sinfga bo'linadi. To'siqqa tushayotgan nurlarning parallel dasta hosil qilishi va difraksion manzara manbadan cheksizlikda mujassamlashishi hodisalarni Fraungoffer tekshirgan va uning nomi bilan atalgan. Agar parallel yorug’liklar dastasi kengligi b bo’lgan tog’ri burchakli tirqishga tushsa, undan o’tgan nurlar difraksiyalanib, tushayotgan yo’nalishga nisbatan φ burchakka buriladi. Difraksiyalangan barcha nurlarni linzaga tushirilganda, uning fokal tekisligida difraksion manzara o’zaro bir- birini almashtiruvchi oq va qora tasmalar ko’rinishida vujudga keladi (5.7-rasm). Bu vaqtda Frenel zonalarining soni juft bo’lsa:
asin 2 k , (k = 1, 2, 3, ….), (5.3)
B nuqtada difraksion minimum (to’la qorong’ilik), agar Frenel zonalari soni toq bo’lsa:
asin (2 k 1) , (k = 1, 2, 3, ….), (5.4)
o’rgandi.
bitta kompensatsiyalanmagan zonaga mos keluvchi difraksion maksimum kuzatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, to’g’ri yo’nalishda (φ=0) tirqish o’zini go’yoki bitta Frenel zonasidek tutadi va yorug’lik shu yo’nalishda eng katta intensivlik bilan tarqalib, B nuqtada markaziy difraksion maksimum kuzatiladi.
5.7 – rasm. “Bir tirqishdan
difraksiya” animatsiyasidan
fragment
Do'stlaringiz bilan baham: |