Internet ma’lumotlari:
http://www.dit.perm.ru
http://www.refportal.ru
http://www.allbest.ru
2-mavzu. Ish yuritish va ofislar tashkiliy
texnikasining rivojlanish evolyutsiyasining
asosiy tendentsiyalari
Reja:
Ish yuritish (munshoat)ning evolyutsion tarixi.
Korxonalarni kompyuterlashtirish evolyutsiyasi.
Ofislarni dastur ta’minotidagi evolyutsion jarayonlar.
Hujjatlar va hujjatlar sistemasi.
Ish yuritish (munshoat)ning evolyutsion tarixi.
Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil qiladi. Lekin, hujjatilar kechagina paydo bo’lgan narsa emas, bashariyat, ya’ni kishilik jamiyati shakllanishi - bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlardagi muayyan muxim holatlarni muntazam va kat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojlarni qondirish uchun, tabiiyki, ilk-ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Bu hujjatlar avval loy parchalariga, daraxt pustloqlariga, papiruslarga, so’ngra pergamentlarga, qog’ozlarga, magnit lentalariga, magnit disklarga va lazer disklarga yozilgan va saqlangan.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shoxi Hammurapining adolatpesha qonunlar majmui (kodeksi), undan ham kadimroq shox Ur-Nammu(miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlarini va boshqa manbaalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining qanchalik kuxna va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. Albatta kishilik jamiyatining tarakkiyoti, ijtimoiy- iqtisodiy to’zo’zmlarining almashina borishi, aniqrogi, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy,iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugunga kunda fanga kishilik jamiyati tarixining turli davrlarida urxun – yenisey, sugd, eski uyg’ur, arab va boshqa yozuvlardan bitilgan juda ko’plab hujjatlar, umuman yozma manbaalar ma’lum.
SHarkda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznomalar, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yakin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmuni xilma-xil bo’lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va xakazolar. Bu o’rinda To’xtamishxonning 1393 yilda polyak kiroli Yagayloga yo’llagan yorlig’i, Temur Qutlug’ning 1397 yildagi yorlig’i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg’ilonlik Mir Said Axmad ismli shaxsga 1469 yilda berilgan yorlig’i, Toshkent xokimi Yunusxo’janing 1797 yil 2 iyunida Petrburgga Rossiya podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va boshqalarni eslab o’tish mumkin.
Mazkur davr yorliqlarida o’ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jixatdan an’anaviy tarkibiy qismlarga bo’lingan. Masalan, eslab utilgan yorliqlarning birinchisi – «To’xtamish so’zim Yag’aylag’a» deb, ikkinchisi - “Temur Kutlug’ so’zum” deb, uchinchisi esa – “Sulton Umarshayx Bahodur so’zim” deb boshlangan. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko’rsatilgan.
XVII asrning boshlaridan hujjatlar o’rama shakldan varaq shakliga o’tish boshlandi.
O’tgan asrning 20 - yillarida mamlakatimizda ham ushbu soxani yo’lga qo’yish uchun ilk harakatlar qilingan. O’zbekiston jumxuriyatining inqilobiy qo’mitasi 1924 yildaning 31 dekabrida 48-raqamli muxim bir qarorni qabul qilgan. Bu qarorning nominini aynan, hozirgi kundagi ish yuritishga moslashtirmagan holda keltiramiz: “Ishlarni o’zbek tilida yurgizish ham O’zbekiston jumxuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay’ati va mahallalarda mo’zofot yerlashdirish hay’atilari tuzilish(i) to’g’risida”. Ushbu qaror, unda ta’kidlanishicha, sobik sho’rolar idoralarining ishlarini yerli halqqa yaqinlashtirish va ishchi – dehqonlarni sho’ro tuzilish ishiga aralashtirish maqsadida qabul qilingan.
Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin, ish yuritish ishlarini jahon andozlariga moslashtirish ustida katta ishlar olib borildi. Hujjatlarni tuzish va ularni ma’lum sistemaga solish bo’yicha maxsus yo’riqnomalar ishlab chikildi. CHunki, respublikamiz iqtisodiyotini rivoshlantirish maqsadida xorijiy invesstitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etilgan qo’shma korxonalarni boshqarishda Sobik Ittifoqning qoloq ish yuritish usullaridan foydalanish mumkin emas edi. Ushbu korxonalarga dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan eng zamonaviy dastgoxlar va uskunalar o’rnatilgan edi. Bu esa xorijdan keltirilgan zamonaviy “Magnum” va “Keys” yuqori unumli traktorlariga omochni ulab yer haydash bilan teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |