Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Ofislarni dastur ta’minotidagi evolyutsion jarayonlar



Download 4,75 Mb.
bet15/338
Sana25.01.2022
Hajmi4,75 Mb.
#410381
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   338
Bog'liq
ЗОБ 2021 УМК ОК

Ofislarni dastur ta’minotidagi evolyutsion jarayonlar

Hozirgi ofis dasturlariga, o’tgan asrning 70-yillarida asos solingan. Avvalo, bu davrlarda matn redaktorlarini ishlab chiqish faol olib borilgan. Bunday dasturlar paydo bo’lganga qadar, matn bir necha joylarga bosib chiqarilgan va ular yopishtirilib, ma’lum shaklga keltirilganidan keyin, yana qaytadan yozilgan. O’sha davrdan boshlab matnlar qayta yozilmay qo’yilgan. 1979 yilda Micropro International Wordstar matn protsessorini ishlab chiqardi va bu soxadagi ixtirolarga katta ta’sir ko’rsatdi.

1983 yilda Microsoft kompaniyasi o’zining birinchi matn redaktorini – Multi-Tool Word dasturining taqdimotini o’tkazdi. SHu yilda DOS, 1984 yilda Apple Macintosh uchun va 1989 yilda Microsoft Windows uchun dastur variantlari yaratildi.

Matn redaktorlari bilan bir vaqtning o’zida elektron jadvallar vujudga keldi. 1978 yilda Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan yaratilgan Visical nomi bilan birinchi elektron jadval ishlab chikildi va bu dastur ta’minotida (DT) katta bir yo’nalishni paydo bo’lishiga olib keldi. Bu dastur jadval ko’rinishidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirish imkonini beradi. Ofisdaga adreslar kitobini, kartotekalarni, xizmati safari xarajatlarini boshqa jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni misol qilib keltirish mumkin.

Hozirda dunyoda keng tarqalgan Excel elektron jadval sistemasi XX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. 1984 yilda Microsoft elektron jadvallarni shaxsiy kompyuter va Macintoshlar uchun dastur varianti ishlab chiqishga kirishda va 1985 yilda yakuniy variantini yaratdilar. 1984 yilda Berkli Bob Gaskins tomonidan slaydlar tuzish va taqdimotlar o’tkazish dasturi PowerPoint dasturi ishlab chiqildi. 1987 yilda bu dastur Apple Macintosh va Microsoft kompaniyalarining kompyuterlari uchun sotib olindi.

1988 yilda matnli va jadvalli dasturlarning birlashga varianti Microsoft Office ning dastlabki varianti taqdim etildi. Bu variantdagi dasturlarga talab juda katta edi, chunki u turli ko’rinishdagi hujjatlarni tuzish, moliyaviy hisob-kitoblarni tuzish va elektron pochtalarni olish imkonini berar edi.

«Microsoft Office»ning birinchi paketlari Macintosh kompyuterlari uchun chiqarildi. Faqat “Windows 3.x” operatsion sistema chiqarilib ommaviylashtirilganidan keyingina Microsoft kompaniyasi uchun shaxsiy kompyuterlarga ofislarni dastur bilan ta’minlash ustivor yo’nalishga ega bo’ldi.

Microsoft Office kompaniyasi paketlarining rivojlanish tarixini quyidagicha rivojlangan:



  • Windows uchun dastlabki ofis ilovalari – 1990 yil.

  • Ofis ilovalarining oilasi(versiyalari) – 1993 yil.

  • 32 bitlilik Ruscha versiyasi – 1995 yil.

  • Ofis ilovalarining Internet bilan integratsiyalashuvi – 1997 yil.

  • XML( Extensible Markur Language-“kengaytirilgan til belgilari”) texnologiyalarining taqdimoti – 1999 yil.

  • Share Point va Teame Service versiyalari – 2001 yil.

  • Microsoft Office System (yangi tarkibiy qismda – OneNote va FrontPage -2003) – 2003 yil.

1995 yilda Microsoft kompaniyasi ofis dasturlari ta’minotchisining eng yirik ishlab chiqaruvchisi sifatida o’zining barcha mahsulotlariga Internetdan foydalanish imkonlarini qo’shganligi to’g’risida e’lon qildi. 2003 yilning oktyabr oyida Microsoft kompaniyasi yangi mahsulotini - Office System paketini yaratdi. Bu dasturga Microsoft Office 2003 mashxur bo’lgan Word, Excel, Power Point, Access kiritilgan, bo’lardan tashqari, yangi ilovalar OneNote 2003 va FrontPage -2003 dasturlari ham kiritildi. SHuningdek Office Systemga, professional dizaynerlarga murojat qilmasdan o’zining marketing materiallarini chop etishni xoxlagan shaxslarga nashriyot sistemasi bo’lgan Microsoft Publisher 2003 dasturi ham o’rin olgan.

Office Systemga bundan tashqari ko’plab ilovalar ham kiritilgan bo’lib tor doira mutaxassislariga yaxshi ma’lum.




Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish