2 -rasm. Shaxslararo idrok etish omillari
Identifikatsiyalash - bir kishini ikkinchi kishi tomonidan uning holatini o’z tasavvurida anglagan yoki anglamagan holda o’xshatish orqali tushinish usulidir. Masalan: talaba institut oldida test sinovlariga kirish uchun turgan abiturentning ruxiy holatini xayolan o’z boshidan kechira boshlaydi.
Sub’ektning u bilan munosabatga kirishgan hamkor tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetish refleksiya deb ataladi. Muomala jarayonida identifikatsiyalash va refleksiya birgalikda yuz beradi. Stereotiplashtirish esa o’zaro bir-birini bilish borasida tomonlarni ayrim masalalar bo’yicha bir xilda fikr yuritishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |