Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Investitsiyalashdan oldingi faza



Download 3,3 Mb.
bet26/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

Investitsiyalashdan oldingi faza. Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr.

  • Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishlarini olib borish.

  • Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi.

    Investitsiyalashdan oldingi va investitsiya bosqichi investitsion loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menejment va boshqalar) taalluqlidir.

    1. Likvidatsiya fazasi.

    Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
    Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha siklining bosqichlari muhim ahamiyatga ega. «Loyiha sikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning turli bosqichlari kiradi. Loyiha siklining boshlang’ich va tugallanish davrlari, g’oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar davrlarni o’z ichiga oladi.



    3.1-rasm. Investitsion loyiha uch fazani ichiga olgan loyiha hayotiy sikli
    Har qanday investitsiya loyihasini ishlab chiqishda, ya’ni investitsiya g’oyalarining paydo bo’lishidan, to uni amalga oshirish uch xil fazani o’z ichiga oladi: Investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya (yoki ishlab chiqarish).
    Yuqoridagi 3 ta faza investitsion loyiha – hayotiy siklini tashkil etadi. (project lifetime).
    Investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi bo’lib, investitsiya oldi fazasi hisoblanadi.
    Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, dastlabki texnik-iqtisodiy tadqiqotlar – kuzatishlar o’tkaziladi, potension investor va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan muzokaralar olib boriladi, xom ashyo va uskunalarni yetkazib beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar tuziladi; investitsion loyihani yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va korxonani ro’yxatga olish amalga oshiriladi.
    Loyihaning investitsiya oldi fazasida bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy bosqich siklida, uning hayotga mos qobilligi va jalb etuvchanligiga asos yaratiladi. Investitsiya oldi fazasi loyihaning to’liq xarakteristikasini berishi shart.
    Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy sikl bosqichining davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
    Investitsion loyihalarni TIA g’oyaning paydo bo’lishidan boshlab uning moddiylikka aylanishigacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi va bu jarayon uch bosqichdan iborat bo’lib, investitsiya oldi bosqichi (boshlang’ich bosqich), investitsiya va ekspluatatsiya bosqichlariga bo’linadi.
    Dastlabki bosqichda investitsion loyihaning TIA ishlab chiqiladi, uni moliyaviyiqtisodiy baholash ishlari amalga oshiriladi, invetitsiyani amalga oshirish uchun imkoniyatlar tahlil qilinadi hamda loyihani amalga oshiruvchi korxonaning moliyaviy holati baholanadi. So’ngra kapital qo’yilmalar va investitsiyalash amalga oshiriladi, shartnomalar tuziladi, loyiha bo’yicha qurilish ishlari olib boriladi, uskunalar sotib olinadi va ishlab chiqarishga tayyorlash ishlari o’tkaziladi. Loyihaviy moliyalashtirishning oxirgi bosqichida loyiha quvvati ishga tushiriladi va mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqariladi.
    Investitsiya oldi bosqichida TIA ishlari amalga oshiriladi va u eng asosiy bosqich hisoblanadi. TIA mavjud ishlab chiqarish omillariga, mahalliy bozor va ishlab chiqarish shart-sharoitlariga bog’langan bo’lishi lozim. Tahlil natijalari xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol ko’rsatib berishi lozim. TIAni ishlab chiqish tadqiqot natijasida aniqlangan kerakli moliyaviy mablag’lar yetarli darajadaligi ma’lum bo’lgandagina amalga oshirilishi lozim.


    Download 3,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish