Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini shakllantirish



Download 3,3 Mb.
bet28/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini shakllantirish
Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy sikl bosqichining davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasini quyidagi bosqichlari mavjud:

  1. Investitsiya g’oyalarining shakllanishi, ya’ni g’oyani tanlash va dastlabki asoslash yoki dastlabki investitsion konsensiyani shakllantirish (opportunity studies);

  2. Investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga talabni o’rganish, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash (pre – feasibility studies);

  3. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi yoki uning texnik - iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studies);

  4. Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish (final evaluation).

Investitsiya g’oyalarining shakllanishi bosqichida, bu g’oyani tanlash, uni dastlabki asoslash, loyihada ko’rsatilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etish, texnik, innovatsion va ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani amalga oshirish davomida qo’yiladigan boshqa talablarga javob berish, investitsiya g’oyasining ustunligini tarmoq, xududiy va davlat idoralari bilan dastlabki kelishuv, loyihani amalga oshira oladigan korxonani dastlabki tanlash va ma’lumotlar memorandumini tayyorlash ishlari ko’rib chiqiladi.
Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni hisobga olgan xolda mahsulot va hizmatlarga bo’lgan talabni dastlabki o’rganish, mahsulot va hizmatlar bazaviy, joriy va prognozlashtirilayotgan narhlari darajasini baholash, loyihani amalga oshirish bo’yicha huquqiy-tashkiliy takliflar va loyiha ishtirokchilari tarkibi, tahmin qilinayotgan investitsiya xajmlarini baholash, loyihaning texnikiqtisodiy asoslari bo’limlari bo’yicha dastlabki baholashni tayyorlash, shu jumladan loyihaning samaradorligini baholash, potensial investorlar uchun investitsion takliflar tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Mablag’larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan biri bu loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir. Salohiyatli investorlar, ular qanday bo’lishidan qat’iy nazar rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot olishga qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish va tahlil etish ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi:

  1. Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha yondashish (makro).

  2. Korxona darajasi bo’yicha yondashish (mikro).

Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha izlanishlarni olib borish o’sha davlatning butun investitsiya salohiyatini (potensialini) hamda bu davlatga boshqa davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hajmini o’rganish va taxlil qilishni o’z ichiga oladi.
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi bo’yicha qo’yilayotgan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi:

  • umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar;

  • qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari;

  • ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab (aholini o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa omillar);

  • loyihaning atrof-muhitga ta’siri;

  • boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari;

  • diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan

formatsevtik ishlab chiqarishga o’tish;

  • ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;

  • eksport imkoniyatlari;

  • import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish.

Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo’yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi.
Loyiha g’oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan ma’lumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi:

  • qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar;

  • qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan amaldagi qishloq xo’jaligi tarkibi;

  • muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib boruvchi talab;

  • atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish;

  • qayta ishlovchi sanoat sektori;

  • mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan

aloqalar;

  • umumiy investitsiya muhiti;

  • ishlab chiqarish siyosati;

  • ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati; - eksport salohiyati va boshqalar.

Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish mumkin:

  1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.

  2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni - aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.

Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft, ximiya, metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.



Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish