Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


-jadval. Investitsiya oldi fazasi



Download 3,3 Mb.
bet27/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

3.1-jadval. Investitsiya oldi fazasi

Investitsiya oldi fazasi

1

2

3

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarining tahlili

Loyihani asoslashning
tayyorgarlik bosqichi

Loyihani baholash va investitsiya qilish to’g’risida qaror qabul qilish

Investitsiyalash uchun kerak bo’ladigan mablag’lar hajmi va salohiyatli (potensial) investorlar

Loyihani mavjud muqobillar bilan solishtirgandagi dastlabki asoslash.

Yakuniy qaror sifatida loyihani ijtimoiy-iqtisodiy baholash.

Loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi shart-sharoitlarini baholash

Qo’shimcha (funksional) izlanishlar.

Investitsiyalashning salohiyatli manbalarini aniqlash.

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini makro va mikroiqtisodiy darajada
tahlil qilish

Loyihani texnik iqtisodiy asoslash (TIA).

Investitsiyalashning tadbirlarining ishlab chiqish.


Loyihani amalga oshirishga kelishish va tasdiqlash
(ishchi hujjatlar)


TIA tushunchasi iqtisodchi-olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.


Fikrimizcha, eng avvalo, «loyihani asoslash» tushunchasini anglab olish lozim.
Keng ma’noda loyihani asoslash besh asosiy jihatni tahlil qilish va baholash bilan tavsiflanadi: texnik; institutsional; moliyaviy; iqtisodiy va ijtimoiy.
Loyihani texnik asoslash texnik nuqtai nazardan qabul qilingan maqbul qaror iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lmasligi mumkin. Bu shu bilan bog’liqki, turli texnik qarorlar o’zi bilan birga turli xarajatlar va samaralarga ega bo’ladi va ular taqqoslangandan keyingina qaysi qaror maqbul ekanligini aytish mumkin.
Loyihani ishlab chiqish jarayonida hisobga olish lozim bo’lgan texnik qarorlarning bir qancha jihatlarini ko’rib chiqamiz:

  • texnologiya – texnologiya ilmiy jihatdan asoslanganmi va amaliyotga joriy etilganmi? Texnika mazkur texnologiyani qo’llashga tayyormi?

  • vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi xarajatlar – loyiha bo’yicha vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi xarajatlar hisobga olinganmi, masalan, texnika va uning ishlash holati;

  • atrof muhitga ta’siri – loyihada qo’llanilayotgan texnikaning atrof-muhitga yetkazadigan zarari darajasi qanday.

Loyihaning iqtisodiy asoslanishi esa uning cheklangan resurslarni ishlatish nuqtai nazaridan butunligicha milliy iqtisodiyotga qanday sof foyda berishi bilan aniqlanadi. Barcha resurslar u yoki bu darajada cheklangan va ularning barchasini bir emas, bir qancha usullar bilan ishlatish mumkin. Masala shundaki, mazkur loyiha mavjud resurslarni samarali ishlatishni ta’minlaydimi? Loyihani iqtisodiy asoslashda undagi xarajatlar va daromadlar hisob-kitob qilinadi, ya’ni baholanadi.
Taniqli xorijlik iqtisodchi-olimlardan V.Berens, P.M.Xavraneklar fikricha: «texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo’yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlovchi vositadir»6. Rossiyalik olim V.G.Zolotogorov esa: «texnik-iqtisodiy asoslash - bu investitsion loyihaning samaradorligi va maqsadliligini ko’rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi hisobanalitik hujjatlar to’plamidir»7, deya tavsiflaydi.
Prof. D.G’ozibekov ta’kidlaydiki: «texnik-iqtisodiy asoslash o’z mazmuniga ko’ra loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy tadqiq etish atamasi bilan aynan bir xil»8. Texnik-iqtisodiy asoslash potensial investorlar hamda boshqa barcha ishtirokchilarni investitsiyalashning ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va ekologik jihatlarini oydinlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, loyihaning muqobil strategiyasi va doirasiga baho beruvchi vosita, resurslar marketingi, joylashgan o’rni, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalar haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisoblanadi9.
Iqtisod fanlari doktori N. Karimov bu to’g’rida fikr bildirib, «loyihani texnikiqtisodiy asoslanishi loyihaviy tahlilning ob’ekti bo’lib hisoblanadi va u loyihaning iqtisodiy, moliyaviy samaradorligini va loyiha bo’yicha xarajatlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalari va xatarlarni baholashdek o’z maqsadiga ega bo’ladi»9, deb ta’kidlab o’tadi.
TIAning mohiyati va mazmuni bo’yicha yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: loyihani amalga oshirishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish asosida loyihaning maqsadiga erishishning samarali yo’llarini aniqlovchi moliyaviy, iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi. TIA loyihani amalga oshirishning imkoniyatlarini asoslaydi va bir muncha optimal bo’lgan qarorni tanlashga imkon beradi. U loyihaning barcha jihatlarini ochib berishini hisobga oladigan bo’lsak, uni ishlab chiqishdan oldin, loyiha tashabbuskori yoki loyihani ishlab chiquvchi u bo’yicha barcha ma’lumotlarni to’plashi lozim. Ma’lumotlar manbai bo’lib, qarz oluvchining faoliyatiga bevosita taaluqli hujjatlar, shuningdek, turli iqtisodiy adabiyotlar hamda shaxsan o’zining tajribasi xizmat qiladi.
TIA – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga imkon beruvchi boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek, asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir. TIAni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin.



Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish