Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet48/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:

  1. byudjetga tо‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);

  2. davlat byudjetining daromadlari.

Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ik-kalasi ham davlat va mablag‘ tо‘lovchilar о‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu erda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoq-lamalik xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga tо‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, tо‘lovchilarning xarajatlaridan iborat bо‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning о‘zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) о‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bо‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada tо‘lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga tо‘lovlar” va “davlat byudjetining daromadlari” tushunchalari yuqorida kо‘rsatilgan umumiylikka ega bо‘lsalar-da, bir vaqtning о‘zida, ular о‘rtasida ob’ektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga tо‘lovlar xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki tо‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan о‘zaro organik bog‘liqlikda kо‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va byudjetning sub’ektlar (xо‘jaliklar) bilan byudjet munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan о‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bо‘linmalarida turlicha kо‘rinishga ega bо‘ladi.
Davlat byudjetining daromadlari о‘zining yaxlitligi (yagona-ligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga - ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metodlari, tо‘lovchilarning tarkibi, tо‘lash muddatlari va hokazolarda katta farqlanishlar bо‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi davlat pul fondini shakllantirish bо‘yicha davlat va tо‘lovchilar о‘rtasida vujudga kel-gan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir.
Bu о‘z navbatida, mablag‘larni tо‘lovchilar bilan davlat о‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir kо‘rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bо‘lsa, byudjet bu kategoriyaning tarkibiy qismi, kо‘rinishlaridan biridir. О‘z navbatida, byudjet о‘ziga tegishli bо‘lgan (byudjetli) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bо‘ysunuvchanlik xarakteriga ega bо‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday byudjet kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir.
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet kategoriyalarining kо‘rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xо‘jaliklar va aholi) bilan о‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi.
Bu munosabatlar xilma-xil bо‘lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari о‘zlarining iqtisodiy tabiatiga kо‘ra ob’ektiv bо‘lib, ular davlatning sub’ektlar (xо‘jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning о‘ziga xos funksiyalarga ega bо‘lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’ekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bо‘lishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga tо‘lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi bо‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli kо‘rinishlarini (qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) byudjet kategoriyalarining navbatdagi kо‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun asoslar etarli emas. Chunki mazmuniga kо‘ra iqtisodiy kategoriyalar ob’ektiv bо‘lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bо‘lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’ektiv bо‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham daromadlarning har bir kо‘rinishiga tegishli bо‘lgan xususiyatlar ob’ektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning - davlat byudjeti daromadlarining namoyon bо‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning tо‘g‘riligini kо‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga tо‘lovlar ham mavjud bо‘ladi. Lekin byudjetga tо‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qо‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda о‘zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga tо‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol о‘ynashi, vaqt о‘tishi bilan esa ular о‘z ahamiyatini yо‘qotib, boshqa tо‘lovlar bilan almashtirilishi mumkin. Bu esa, о‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon bо‘lish shakllarining о‘zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini anglatadi
Demak, byudjetga tо‘lovlar kо‘rinishining о‘zgarishi, bir tо‘lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyusiyasidir. Biroq bundan moliyaviy va byudjet kategoriyalari qat’iyan ob’ektiv, ularning namoyon bо‘lish shakllari esa sub’ektivdir, degan xulosa chiqarmaslik kerak.
Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining etukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, davlat byudjeti daromadlarining shakllarini ham belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti (yoki unga о‘tish) sharoitida eng asosiy vazifa iqtisodiy taraqqiyotga erishish, uning samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshligiga erishish hisoblansa, bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga tо‘lovlarning shakllari ham о‘zining sezilarli hissasini qо‘shishi kerak.
Ular byudjet daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlabgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. SHunday qilib, davlat tomonidan о‘rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan byudjetga tо‘lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida о‘z ifodasini topgan ob’ektiv omillarga ma’lum darajada bog‘liq bо‘ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan kо‘p sonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bо‘lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bо‘linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek kо‘rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’ektlarning manfaatlari о‘zaro tо‘qnash keladi.
Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik о‘z byudjetiga ega bо‘lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mо‘l-jallangan fondlarning) umumiy hajmini tо‘g‘ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qо‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati paydo bо‘ladi.
Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bо‘ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bо‘linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari о‘z mablag‘larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag‘larni oladi. Sirtdan qaralganda, hududlararo byudjetli taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bо‘g‘inlari о‘rtasidagi munosabatlardek kо‘rinadi. Chunki byudjetli tartibga solish yuqori byudjetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq о‘z daromadlari hisobidan quyi bо‘g‘inlarning byudjet munosabatlarini tartibga soluvchi har bir byudjet bо‘linmasi amalda bu munosabatlarning tarkibiga yuqorida kо‘rsatilgan balanslashtirish sodir bо‘layotgan kо‘plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi.
Ular esa, о‘z navbatida, byudjetli tartibga solishda xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli sub’ektlar о‘rtasida murakkab va kо‘p tomonlama taqsimlash munosabatlari vujudga keladi.
Bir vaqtning о‘zida, byudjet va uning barcha bо‘linmalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondirishga yо‘naltirilgan maqsadli fondlar shakllantiriladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bо‘linmalari va hokazolar о‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlash sodir bо‘ladi.
Byudjet fondlari о‘zining miqdoriga kо‘ra kо‘p sonlidir. Ular davlat byudjetining barcha bо‘g‘inlarida va bо‘linmalarida yaratiladi. SHu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik byudjet fondlari nisbatan tor doiralarga mо‘ljallangan boshqa fondlarga bо‘linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida tarmoqlar fondi, ular esa, о‘z navbatida, yana bir necha fondlarga bо‘linishi mumkin.
Bularning hammasi davlat byudjetining asosi sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mо‘ljallanganligi, ma’muriy hududlarga tegishliligi va о‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan kо‘p sonli fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bо‘la oladi. Bu fond kо‘p sonli taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi tomondan esa, tо‘ldirilib boriladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish