Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet49/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga mо‘l-jallanganligi bо‘yicha xarajat qilinadi, ya’ni kо‘pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag‘larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bо‘ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet mablag‘larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa - sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag‘lar bо‘lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mо‘ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi – davlat va pul mablag‘larini oluvchilar - sub’ektlar о‘rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bо‘ladi.
Bu bosqichda (birinchisidan farqli о‘laroq) davlat va aholi о‘rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari paydo bо‘lmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha byudjet resurslari tegishli sub’ektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakllantirishga yо‘naltiriladi.
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’ektiv iqtisodiy (byudjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi.
Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag‘larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha bо‘linmalariga xos bо‘lgan taqsimlash jarayoni - pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu erda jarayon teskari tartibda sodir bо‘ladi: pul fondlarini shakllantirish ulardan foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, byudjet mablag‘laridan foydalanuv-chilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi.
Byudjet mablag‘larini ish bilan sub’ektlar о‘zlarining pul fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, о‘z navbatida, ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan kichik fondlarga bо‘linadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit xarakterga ega bо‘lib, ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb bо‘lmaydi.
Byudjet bu xarajatlarning о‘lchamini limitlashtiradi (biroq tо‘liq darajada emas), xarajatlar esa sub’ektlarning о‘zi tomonidan amalga oshiriladiki, bunda byudjetdan moliyalashtirish tartibida pul mablag‘lari yо‘naltiriladi va shu erning о‘zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas, balki amalda (haqiqatda) byudjet assignovaniyalari tushuniladigan davlat byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan byudjet xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Huddi shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli kuchlar moliyasi deb bо‘lmaydi.
Byudjet kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari о‘zining turli kо‘rinishdagi shakllariga ega. Ularning shakllari quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:
-smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot о‘z daromadlariga ega bо‘lmasdan davlat byudjetining mablag‘lari hisobidan tо‘liq saqlanadi);
-davlatning korxona va tashkilotlariga mablag‘ berish (bunda moliyalashtirish ob’ektlari sifatida faqat kapital qо‘yilmalar, aylanma mablag‘lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
-dotatsiyalar (bunda byudjet rejali-zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar.
Byudjet xarajatlari byudjet daromadlarining ayrim shakllariga о‘xshash baholarni shakllantirish bilan bog‘liq bо‘lishi ham mumkin. Bunda byudjet xarajatlari tovarlarning bahosi uning haqiqiy qiymatidan past darajada о‘rnatilib, sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi.
Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan moliyalashtirish” tushunchalari bir - biriga yaqin, lekin aynan bir - biriga teng bо‘lgan tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari byudjet kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan moliyalashtirish esa bu kategoriyaning amalda sub’ektlarga barcha aloqador tadbirlar bilan mablag‘larni berish shaklidagi ifodalanishidir.
Pul fondlarini shakllantirish jarayoni byudjetdan tegishli sub’ektlarga mablag‘lar berilganidan sо‘ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib, sub’ektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va boshqalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq byudjetdan sub’ektlarga mablag‘ berish, yuqorida sanalgan usullarning istalgan birini mustaqil byudjet kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning har biri byudjet kategoriyasi hisoblangan davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bо‘lish shaklidir.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag‘larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, о‘zaro bog‘langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyumlashgan qatlami yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlarning ta’siri ostida bо‘lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir.
Davlat byudjeti kо‘p sonli va bо‘lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki (milliy) mahsulot harakatining asosiy yо‘nalishlarida namoyon bо‘ladi. Aynan byudjet iste’mol va jamg‘arish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va sub’ektlar о‘rtasida bо‘linishiga hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi kо‘rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash instrumentlari va moliya tizimining bо‘linmalari bilan о‘zaro aloqalari muhim rolь о‘ynaydi. Shu bois ta’kidlash joizki, davlat byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va boshqalar) va moliya tizimining bо‘linmalari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday о‘zaro bog‘liqlik davlat byudjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimidagi roli va о‘rnidan kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taqsimlash mexanizmi sifatida foydalanadi, u ijtimoiy - iqtisodiy hayotdagi proporsiya (nisbat)larni tartibga solishga yordam beradi.
Davlat byudjetining baho bilan о‘zaro bog‘liqligi ikki yoqlamalik xarakterga ega. Bir tomondan, byudjet baho mexanizmidan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun foydalanadi.
Masalan, davlat byudjeti daromadlarning bir qismi qо‘shilgan qiymat solig‘i shaklida bо‘lib, bu soliq bahoning, aniqrog‘i, sof daromadning elementlari tarkibiga kiradi. Bu baho holda davlat byudjeti tomonidan sof daromadning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida mexanizm rolini о‘ynamoqda. Boshqa tomondan esa, davlat byudjeti mol etkazib beruvchilarning yо‘qotganlarini kompensatsiya qilish yо‘li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi.
Masalan, mamlakat agrar sektori uchun qishloq xо‘jaligi texnikalari va mineral о‘g‘itlar etkazib berish bu sohada faoliyat kо‘rsatuvchi sub’ektlarga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshirilib, baholar о‘rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi (qoplanadi). Bunday hollarda davlat byudjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda agrar sektorni bilvosita qо‘shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham xuddi shu mexanizmga asoslangan.
Davlat byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan о‘zaro bog‘liqligi ham uncha oson emas. Eng avvalo, amaliyotda byudjet va kredit resurslarining о‘zaro almashuvchanligi tarkib topganligini e’tirof etish kerak. Mablag‘larning kredit va byudjet manbalari bir-birini tо‘ldirib turishi mumkin. Albatta, bunday о‘zaro ta’sirchanlik (bog‘liqlik) ob’ektiv ravishda о‘zining chegara-siga ega bо‘lib, undan chetga chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Masalan, shunday faoliyat sohalari va moliyalashtirish ob’ektlari mavjudki, unda faqat davlat byudjeti va aksincha, faoliyatning tijoriy turlarida, asosan, kredit hal qiluvchi rol о‘ynashi kerak.
Davlat byudjeti va kreditning о‘zaro ta’sirchanligi banklarning kredit resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bо‘lishi mumkin. Davlat byudjeti, avvalo, zarur hollarda banklarning qat’iy passivlarini shakllantirishning muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular, о‘z navbatida, uzoq muddatli kreditlashtirish (ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini tо‘ldirish uchun maxsus byudjet assignovaniyalari va boshqa-lar) uchun zarur.
Bundan tashqari, byudjet hisobvaraqlarida va byudjet tashkilotlarining hisobvaraqlarida bо‘lgan davlat byudjetining vaqtincha bо‘sh mablag‘lari qisqa muddatli kreditlashtirish yо‘li bilan banklarning kredit resurslarini tо‘ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni shakllantirib, bu ularning daromadining bir qismini byudjetga olishda manba bо‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan uzviy bog‘langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining mablag‘lari hal qiluvchi rol о‘ynaydi.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy о‘rin egallab, uning barcha bо‘linmalari bilan bog‘langan. Bunday bog‘lanish ikki yо‘nalish - byudjetga tо‘lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish