Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet95/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

«Investitsiya muhiti» tushunchasi vaziyatning qulaylik darajasini belgilab beradi, u yoki bu mamlakatda, xususan, mintaqa, tarmoq va har bir korxonada vujudga kelib, investitsiyalarga nisbatan qo‘llanadi hamda ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga jalb qilinishi mumkin bo‘ladi. Bunda korxona, tarmoq yoki mintaqa miqyosidagi investitsiya muhiti shunga o‘xshash boshqa tuzilmalardagi investitsiya muhiti bilan bir xil yoki unga o‘xshash bo‘lishi shart emas. Biroq, mamlakatdagi umumiy investitsiya muhiti mintaqa, tarmoq va korxonalardagi investitsiya vaziyati va faollikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi investitsiya muhitini tahlil qilish va baholashda asosiy omillar sifatida quyidagilar hisobga olinishi lozim:

  • tabiiy resurslar va ekologik ahvol;

  • ishchi kuchining sifati;

  • infratuzilma ob’ektlarining rivojlanish darajasi va ochiqligi;

  • siyosiy barqarorlik, fors-major holatlarning yuzaga kelish va ularni oldindan aytib berish imkoniyatlari;

  • qonunchilikning, xususan, iqtisodiyotning erkinlashuv darajasi to‘liqligi, sifatliligi va amaliyligi;

  • huquq-tartibot va qonunchilikka rioya qilish, xususan, mulk huquqini himoya qilish;

  • soliq tizimi sifati va soliq yuklamasi darajasi;

  • moliya-kredit institutlarining faoliyati sifati, xususan, kredit olishning osonlik darajasi;

  • iqtisodiyotning ochiqligi, shuningdek, chet el mamlakatlari bilan savdo qilish qoidalari;

  • iqtisodiyotdagi monopoliya darajasi, bozorga kirib borish va investitsiyalash oldida turgan risk va to‘siqlar.

Xozirda aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiyani jadallashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Bunda esa dividendlarni reinvestitsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bir qator mutahassislar aksiyalarni sotib olishni moliyaviy qaror sifatida emas, investitsion qaror sifatida deb uqtiradilar. Hokimiyatdan ham korxona tomonidan sotib olingan va saqlanayotgan aksiyalar boshqa daromad kutilayotgan investitsiya kishi hisobiga o‘z faoliyatini taminlaydigan korxonalar yo‘q. Agar korxona investitsion imkoniyatlar etarli darajada yaxshi bo‘lmasa, va pul mablag‘larini ko‘p qismi dividend to‘lovlariga sarflanayotgan bo‘sa, u holda kerakli bo‘lgan pul mablag‘lari bilan o‘zini taminlash maqsadida hoh xozir ishlatsin, hoh keyin aksiyalarni sotib olish qarorlarini ko‘rib chiqadi. Korxona dividend siyosati yoki kapital tarkibiy o‘zgarishiga oid motivatsiyaga olib keluvchi moliyaviy qarorlarning turli ko‘rinishi sifatidagi aksiyalar haridini yaxshi turtib turishi kerak. masalan, gohi aksiyalar haridini maqsadi korxona kapital tarkibini o‘zgartirib, turishdir. Obligatsiyalar emissiya qilish va aksiyalarni sotib olish orqali korxonalar majburiyatlar va hususiy kapital o‘rnatish munosabatlarini o‘zgartirib turadi. boshqa hollarda korxona ortiqcha pul mablag‘lari vujudga kelsa va u aksiyalar sotib olsa oxir oqibatda buni korxona dividend siyosatini bir qismi sifatida ko‘rish mumkin.
Masalan agar korxona o‘z aksiyalarini narxini past deb hisoblasa va korxona o‘z hususiy aksiyalarini tendr savdo orqali sotib olishga imkoniyati bo‘sa bunday holda aksiyalarni tendr taklif qilib sotib olganga “mukofot” va’da qilish aksiya bahosini ko‘tarish maqsadida boshqaruvni o‘z aksiyalari haqida qayg‘urayotganligini ko‘rsatadi.
Dividendni reinvestitsiya qilish dasturi - bu ixtiyoriy dastur bo‘lib, aksiyalarga korxona dividend to‘lovlarini ko‘shimcha aksiya sifatida korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reinvestitsiya qilishga imkon yaratish bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘p yillik korxonalarda dividendni reinvestitsiya qilish dasturlari (drip) ishlab chiqilgan. Bu korxonalarni o‘zi olayotgan reinvestitsiya turlari ko‘rinishlari investitsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘shimcha aksiyalar manbai sifatida aniqlangan dividendni reinvestitsiya qilish dasturlarini 2 ta ko‘rinishi mavjud.

  • muomaladagi aksiyalar;

  • yangi aksiyalar emissiyasi.

Birinchi yo‘nalishda muomaladagi aksiyalar uchun qo‘llanma korxonalar o‘z kattaligini reinvestitsiya qilishni hohlagan ixtiyoriy aksiyalarni dividendni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonchli shaxs vazifasini bajarayotgan bankka o‘tkazib yuboradi. SHundan so‘ng bank ochiq bozordani korxonani aksiyalarini sotib oladi. Hatto bazi korxonalar reinvestitsiya uchun zarur bo‘lgan oddiy aksiyalarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha brokerlik va boshka harajatlarni o‘z bo‘ynilariga oladilar. Aslida dividendni reinvestitsiya qilish dasturi yuz berganlik broker harakatlarini aksiyador o‘z bo‘yniga olishi kerak, bu harakatlar ishonchli shaxs tomonidan aksiyani ko‘p qismi sotib olinayotganligi tufayli anchalik darajada oz bo‘ladi. Korxonani reinvestitsiya – yakishi bilan bog‘lik bo‘lgan keyingi tadbir yangi aksiyalar emissiya kishidir. Ko‘proq korxonalar faqat shu ishni shu usul bilan yangi investorlarni xal qilish imkoniyatini vujudga keladi. Reinvestitsiya qilish dasturining bu turi korxonalarini orasida juda ham mashhur hisoblanadi. Ayrim korxonalar ko‘rinishiga yoki ichki rivojiga investitsiyaga ehtiyoj tug‘ilgan shu usuldan foydalaniladi. Mazmun - mohiyati kelib chiqib bunday dastur korxonadagi dividend to‘lovlarini qisqartirishga olib keladi. Dividendni reinvestitsiya qilish dasturlari qo‘llanilgan davrda yangi aksiyalarni emissiya qilishda asosiy emitent korxona bo‘lganligi sababli, hech qanday brokerlik xarajatlari haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bunday dasturlarni ko‘pchiligida yangi aksiyalar tarqatilayotgan davrda aksiyadorda aksiyani bozor bahosidan arzonroqqa olish imkoniyati tug‘iladi. Odatda bunday chegirmalar 3-5foizni tashkil qiladi va reinvestitsiya uchun qo‘shimcha tayanch xizmatini bajaradi.
O‘zbekistonda investitsiya muhiti avvalo jamiyatdagi siyosiy vaziyatning barqarorligi, sog‘lom iqtisodiy rivojlanish, davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlari va nodavlat sektorining o‘sishi, o‘tkazilayotgan islohotlarning bosqichma-bosqichligi, tabiiy resurslar va respublika aholisining mehnatsevarligi bilan to‘ldiriluvchi bozor infratuzilmasining shakllanishini tavsiflaydi. Investitsiya muhiti, shuningdek, investitsiyalarning davlat tomonidan kafolatlanishidan tashqari investorlarning, ayniqsa chet el investorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini belgilab beruvchi qonunchilik hujjatlari hisobiga ham ta’minlanadi. SHu jihatdan «Xususiy mulk to‘g‘risida»gi, «Investitsion faoliyat to‘g‘risida»gi, «CHet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi, «CHet el investorlarini himoya qilish va ularga kafolat berish to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Xususiy korxonalar to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarni esga olib o‘tish joiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi «To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni investitsion faollikning o‘sishiga yangi kuch baxshida qildi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida yaratilgan investitsiya muhiti iqtisodiyotning yanada rivojlanishi va barqaror turmush darajasini ta’minlashdan tashqari respublikaning chet el kapitallarini jalb qilish uchun raqobat qilishiga ham imkon beradi. Matbuotda e’lon qilingan fikrlarga ko‘ra, «yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilot va institutlarning ishtirok etishi respublikadagi investitsiya muhitining jalb etuvchanligidan yana bir bor dalolat beradi».
Korxonalarda investitsion muhitni yaratish uchun avvlambor davlatning bu boradagi xuquqiy xujjatlariga e’tibor qaratish lozim. O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilikka asosan respublika hududida chet ellik investorlar o‘zlarining investitsiya faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi huquqiy va (yoki) jismoniy shaxslar bilan birgalikda tuzilgan xo‘jalik ob’ektlari va o‘rtoqliklar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning nizom jamg‘armasi va boshqa mulklarida o‘z ulushi bilan ishtirok etish;

  • to‘laligicha chet ellik investorlarga tegishli bo‘lgan xo‘jalik ob’ektlari va o‘rtoqliklar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalar tuzish va ularni rivojlantirish;

  • mulk, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish;

  • korxonalardagi dividendlarni ma’lum bir qismini korxona faoliyatini rivojlantirishga jalb qilish;

  • savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari mulkiga, turar-joy binolari va ular joylashgan er maydonlariga, shuningdek, tabiiy resurslar va er maydonlariga (jumladan, ijara asosida) egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini sotib olish;

  • intellektual mulk, xususan, mualliflik huquqi, patent va hokazolarni himoya qilishga mablag‘ kiritish.

Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni to‘lanmasligi natijasida juda ko‘plab salbiy oqibatlar kelib chqishi mumkinki ular kelajakda xo‘jalik jamiyatlarini investitsion faoliyatiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. YA’ni u quyidagilargi olib kelishi mumkin:

  • Qimmatli qog‘ozlar bozori sustlashadi;

  • Aksiyalarni sotib oluvchi investorlarni aksiyalarga bo‘lgan qiziqishi kamayadi;

  • Aksiyadorlarni faolligi pasayadi;

  • Va nihoyat, korxona imidji tushib ketadi.

Bunday salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida aksiyadorlik jamiyatlaridan samarali dividend siyosatini yo‘lga qo‘yishda quyidagilar talab qilinadi:

  • Ichki boshqaruv siyosatini samaradorligini ta’minlash;

  • Dividend siyosatini xorijiy tajribalarini o‘rganish;

  • Korxonada etakchi kadrlar siyosatini olib borish;

  • Aksiyador va jamiyat o‘rtasidagi xuquqiy munosabatlarni erkinlashtirish;

  • Marketing siyosatini samarali tashkil etish;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorida yuqori mavqeyni egallash uchun uni muntazam ravishda faoliyatini kuzatib borish va h.k.

Samarali dividend siyosatini yo‘lga qo‘yish aksiyadorlik jamiyatini har tomondan qo‘llab - quvvatlaydi. YA’ni:

  • Investorlarni korxonaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorida korxona imidjini oshiradi;

  • To‘g‘ri dividend siyosati marketing siyosati vazifasini ham bajaradi;

  • Korxonaga investitsiya kiritgani uchun aksiyadorlarni rag‘batlantiradi va h.k.

SHu sababli viloyatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini yo‘lga qo‘yish korxonani istiqboldagi strategiyasini belgilab beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki investitsion muhitni shakllantirish – bu albatta uni kelajagini va samarali faoliyatini ko‘rsatadi. Korxonalardagi ichki investitsion muhit deganda ko‘z oldimizga birinchi navbatda, investitsiya kiritish uchun korxonada mavjud bo‘lgan etarli shart - sharoitlar shuningdek, ularga ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi omillar tushuniladi. Farg‘ona viloyatidagi aksiyadorlik jamiyatlari tahlil qilinganda ichki investitsion muhitni shakllantirishda dividend siyosatini faolligini etishmasligi ko‘zga tashlanadi.
Xorij amaliyotida yirik aksiyadlorlik kompaniyalari agarda o‘z faoliyatlarini zarar bilan tugatsalar aksiyadorlarni va investorlarni jalb qilish orqali iqtisodiy nochorlikdan chiqish uchun o‘ziga xos dividend siyosatini amalga oshiradilar. Bunday dividend siyosati korxonalarni inqirozdan chiqarish uchun eng samarali yo‘l hisoblanadi. Unga asosan aksiyadorlik jamiyati birorta tijorat bankini ishonchiga kiradi va aksiyadorlarga dividend to‘lash maqsadida belgilangan tartibda kredit oladi. Korporatsiya bank kreditini aksiyadorlarga dividend ko‘rinishda tarqatadi. Bunday moliyaviy operatsiya korxonadagi investitsion muhitni yaratilishini rag‘batlantiradi. Hamda yirik investorlarni investitsiya kiritishga jalb qiladi. Bu esa bevosita korxonani ichki investitsion muhitini yaratadi va inqirozdan chiqishi uchun sharoit yaratib beradi.
Demak, bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, samarali dividend siyosati korxonani ichki investitsion muhitini yaratilishiga va investorlarni jalb qilishga keng imkoniyat yaratadi. SHularni e’tiborga olgan holda korxonalari quyidagilarni amalga oshirishlari ichki investitsion muhini yaratishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:

  • Aksiyador va korxona o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash;

  • Aksiyadorlar bilan kelishilgan ravishda korxona sof foydasini reinvestitsiyaga va dividendga ajratishda eng optimal variantini tanlash;

  • Reinvestitsiya qilingan korxona sof foydasini bir qismini maqsadli ravishda to‘g‘ri taqsimlash;

  • Korxona sof foydasidan dividendlarga ajratilgan qismini aytilgan kundan kechga qoldirmasdan to‘lash;

  • Dividend to‘lovlarini barqarorligini taqsimlash maqsadida oraliq dividendlarni joriy etish va shu yo‘l bilan aksiyadorlarni rag‘batlantirish. Bu taklifni joriy etishning maqsadi yangi investorlarni jalb qilish va aksiyalarni bozordagi bahosini oshirishdir;

  • Dividend ko‘rinishidagi aksiyalarni emissiya qilish va shu yo‘l bilan moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talabni qondirish – bu usul viloyatdagi to‘qimachilik korxonalarni hozirgi sharoitida eng optimal usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. CHunki, korxonalarda fan-texnika taraqqiyotini qo‘llash uchun ayni damda yangi moliyaviy manbalar zarur bo‘lib, uni qondirish uchun ushbu usul samarador hisoblanadi.




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish