Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.
Mehnatga akkord haq to‘lash tizimi mehnatga ishbay haq to‘lashning bir turi bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.
Mustaqil echish uchun masalalar:
1-masala. Non mahsuloti ishlab chiqarish zavodida mehnat samaradorligi va unga haq to‘lash bo‘yicha quyidagicha ko‘rsatkichlar yuzaga kelgan:
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis yilning IV choragida
|
Hisobot yilidagi
choraklar natijalari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Bir ishchiga o‘rtacha oylik ish haqi, ming so‘m
|
30
-
|
33
33
|
34
38
|
37
39
|
36
37
|
Bir ishchining o‘rtacha oylik unumdorligi
|
3000
-
|
3210 3150
|
3335 3380
|
3486 3300
|
3420 3480
|
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi va o‘rtacha maosh ortishi o‘rtasidagi me’yoriy nisbat qanday?
Mehnat unumdorligi va ish haqining reja bo‘yicha va amaldagi o‘sish sur’atlari qanday?
Hisob-kitoblar natijalarini jadvalga to‘plang.
2-masala. Mexanik sexda 100 ta yarimavtomat agregatlar ishlayapti. Sex 3 smenada, umumiy dam olish va bayram kunlariga rioya qilgan holda ishlaydi. Bir ishchi 4 ta agregatga xizmat ko‘rsatadi. Ish vaqtining nominal fondi (Fivn) – 263 soat, amaldagisi (Fiva) – 230 soat. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Agregatlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish uchun qancha ishchi kerak bo‘ladi?
3-masala. Korxona murakkab mahsulot ishlab chiqaradi. Uni tayyorlashda mehnat sig‘imi va ishchilarning tegishli toifalar (razryadlar) bo‘yicha soatlik stavkalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ish haqining soat fondigacha bo‘lgan tarif fondiga qo‘shimcha to‘lovlar –
20%, Ish haqining kundalik oylik fondigacha soat fondiga qo‘shimcha to‘lovlar – 3%, oylik (yillik) maosh fondigacha kundalik fondga qo‘shimcha to‘lovlar – 7%. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Korxonaning asosiy ishchilariga soatlik, kundalik va oylik maosh
fondlarini hisoblab chiqaring.
4-masala. Asosiy davrda korxonaning maosh fondi 2700 ming so‘mni, tovar mahsulotining hajmi – 15800 ming so‘mni tashkil etdi. YAngi (rejadagi) yilda tovar mahsulot hajmi 17000 so‘mga etkazildi, bunda mehnat unumdorligi 5% ga, o‘rtacha maosh esa 2,5% ga ortadi.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Korxonada rejadagi maosh fondini hisoblab chiqaring
Nazorat uchun savollar;
Kadrlar salohiyatidan foydalanish sohasidagi korxona strategiyasi.
Mehnat unumdorligi, uning ko‘rsatkichlari, o‘sish o‘lchovlari va resurslari.
Korxonada mehnatga haq to‘lash tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |