Mehnatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual ishbay haq to‘lash paytida ishlovchining hisob-kitob davri uchun maoshi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va qiymati, ya’ni mahsulot (ish) birligiga to‘g‘ri keladigan haqdan kelib chiqib, belgilanadi.
Mustaqil echish uchun masalalar: 1-masala. Korxonanipng o‘tgan yil va rejalashtirilayotgan yilga ishchilarning o‘rtacha ro‘yhat bo‘yicha soni quyidagicha:
Asosiy va yordamchi ishchilar –310 kishi.
Muhandis texnik Xodimlar (MTX) – 30 kishi.
Xizmatchilar – 20 kishi.
Kichik xizmat ko‘rsatuvchi Xodimlar (KXX) – 6 kishi.
O‘t o‘chirish-qorovullash xizmati – 4 kishi.
Nosaonoat Xodimlari – 10 kishi.
O‘tgan yilda mehnat unumdorligi korxona sanoat ishlab chiqarish Xodimlaridan (SIX) har kishiga 121000 so‘mdan to‘g‘ri keladi.
Rejalashtirilayotgan yil boshida eskilaridan 50% ga ko‘proq unumli bo‘lgan asosiy fondlr ishga tushiriladi. YAngi fodlarda ishchilarning 30% (shartli ravishda) ishlaydilar. Natijada, rejalashtirilayotgan yilda, mehnat sharoitlari yaxshilanishi samarasida eski asosiy fondlarda mehnat unumdorligi 10% ga ortdi. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Korxonaning barcha ishchi-Xodimlari, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarish Xodimlarining o‘rtacha ro‘yhat sonini aniqlash.
Hisobot va reja yilida mahsulot hajmi qancha bo‘ladi.
Rejalashtirilayotgan yilda mahsulot o‘sishi absolyut kattalikda va foizlarda qanday bo‘ladi.
2-masala. Neftni qayta ishlash zavodi hisobot yilini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan yakunlanadi.
Korxona ishchilarining o‘rtacha ro‘yhat soni reja bo‘yicha 2760 kishi, amalda 2710 kishini tashkil qiladi. Kelasi yilga (bashorat) benzin ishlab chiqarish hajmini 15% ga, kerosinni 10% ga, dizel yoqilg‘isini 6% ga, mazutni 8% ga ko‘paytirish rejalashtirilayapti.
Bunda ko‘rsatilgan mahsulot narxi quyidagicha ortish lozim:
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Hisobot yilida mehnat unumdorligining o‘zgarishi.
Rejalashtirilayotgan davrda ishlab chiqarish hajmi ortishi va mahsulot narxi o‘zgarishini hisobga olgan holda mehnat unumdorligining o‘zgarishi qanday bo‘ladi?
3-masala. Ishlab chiqarishga yangi asbob-uskunalar joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligi 3% ga ortdi. Ishni ilmiy tashkil etish choralari tufayli ish vaqtidan foydalanish 2% ga yaxshilandi. Bunda ish hajmi va ishchilar sonining ortgani bois ularning mehnat jamoasidagi umumiy ulushi 1,2% ga ortgan.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: mehnat unumdorligining umumiy
o‘sishi qancha bo‘ladi?
4-masala. Mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan choratadbirlar natijasida mashinasozlik zavodining yig‘ish sexida 23 kishi ozod bo‘ldi. Ushbu choralar ko‘rilmaganda rejadagi ish hajmini bajarish uchun 350 kishi kerak bo‘ladi.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: mehnat unumdorligining o‘sishi
qancha bo‘lgan?
5-masala. Korxonaning shtat ro‘yhati bo‘yicha ishchilar soni 1950 kishini tashkil etgan. Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar dasturida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
Ishlab chiqarishda to’zilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish.
Ishlab chiqarishning texnik darajasini yuksaltirish.
Boshqaruvni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish.
Ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish.
YAngi quvvatlarni ishga tushirish va o‘zlashtirish.
Tarmoqlarga oid boshqa omillar.
YUqoridagi omillar natijasida mehnatdan ozod bo‘lgan ishchilar soni 75 kishini tashkil etadi, jumladan, yuqoridagi bandlar bo‘yicha tegishli ravishda 26, 44, 12, 7, 9, 5 kishi ozod bo‘lgan. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Har bir omil bo‘yicha mehnat unumdorligining o‘sishi (o‘zgarishi).
Umuman korxona bo‘yicha mehnat unumdorligi qanday o‘zgargan