Nazorat va muhokama uchun savollar
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning mohiyati.
Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash.
Boshqa xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi?
Foydani shakllantirish manbalari.
Foydani taqsimlash va uni ko‘paytirish yo‘llari.
9 – Mavzu. Korxona moliyaviy ko’rsatkichlari
Ushbu amaliy mashg’ulotda BBB, grafik organayzer, klaster, mashq va masalalardan foydalanish mumkin.
Reja:
Foydani shakllantirish manbalari.
Foydani taqsimlash va uni ko‘paytirish yo‘llari.
Rentabellikning iqtisodiy mohiyati.
Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash uslubiyati.
Tayanch iboralar
Foyda, foyda olishning asosiy manbalari, foydani taqsimlash tamoyillari, korxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari, rentabellik, aktivlar rentabelligi, sotish rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi, bitta aksiya daromadi.
Mustaqil echish uchun masalalar:
48-masala. Korxonaning umumiy foydasi 1 yilda 5400 ming so‘mni tashkil etdi. SHu jumladan, yordamchi xo‘jaligidan olingan foyda 130 ming so‘mni, xalq iste’mol mollarini sotishdan olingan foyda 40 ming so‘m. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati 9800 ming so‘m, me’yorlangan aylanma mablag‘ qiymati esa 4700 ming so‘m. Bank krediti uchun foiz 50 ming so‘m. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Balans va hisobiy foyda qancha?
Umumiy va hisobiy rentabellik darajasi.
49-masala. Mashinasozlik zavodining o‘tgan yilda yalpi mahsulot ishlab chiqarishga harajatlari quyidagicha bo‘ldi (ming so‘mda):
Xom ashyo, asosiy materiallar, sotib olinadigan mahsulotlar va yarimfabrikatlar - 2480
YOrdamchi materiallar - 412
CHetdan keltirilgan yoqilg‘i - 110
Energiya - 320
Ish haqi - 1815
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari - 142
Amortizatsiya - 565
Boshqa harajatlar - 211
Yil davomida tugallanmagan ishlab chiqarishning ortishi 412 ming so‘mni tashkil etdi. Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar zavod tannarxidan 3%ni, korxonaning balans foydasi tovar mahsulotining to‘liq tannarxidan 5% ni tashkil etgan. Ishlab chiqarish fondlari (asosiy va me’yorlangan aylanma mablag‘lar)ning o‘rtacha yillik qiymati 500 ming so‘m. quyidagi shaklda ishlab chiqarish harajatlari smetasini to’zish talab etiladi: ________yilga ishlab chiqarish harajatlari smetasi
Harajat elementlari
|
Ming so‘m
|
Xom ashyo, asosiy materiallar, sotib olinadigan mahsulot va yarimfabrikatlar
|
|
YOrdamchi materiallar
|
|
CHetdan keltirilgan yoqilg‘i
|
|
Energiya
|
|
Ish haqi
|
|
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari
|
|
Amortizatsiya
|
|
Boshqa harajatlar
|
|
YAkuniy yalpi mahsulot tannarxi bo‘yicha
|
|
Yil davomida yakunlanmagan ishlab chiqarishning ortishi (ayirma)
|
|
Tannarx bo‘yicha tovar mahsuloti
|
|
Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar
|
|
To‘liq tannarx bo‘yicha tovar mahsuloti
|
|
Ulgurji narxlar bo‘yicha tovar mahsuloti
|
|
Balans foydasi
|
|
Ishlab chiqarish rentabelligi, %
|
|
50-masala. Korxonaning ulgurji narxlarida mahsulot sotishning yillik hajmi 12100 ming so‘m, sotilayotgan mahsulotning to‘liq tannarxi 7000 ming so‘m. Asosiy fondlar va me’yorlangan aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati 12000 ming so‘m. Bank krediti uchun to‘lov 50 ming so‘m.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: umumiy va hisoblagan rentabellik
qanday bo‘ladi?
51-masala. Korxona bo‘yicha mavjud ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Mahsulot nomi
|
Mahsulot sotish rejasi, dona
|
Bir dona uchun ulgurji narx, so‘m
|
Daromad
solig‘i %
|
Mahsulot
to‘liq tannarxi, so‘m
|
A
|
1800
|
40
|
20
|
27,5
|
B
|
2100
|
50
|
22
|
33,4
|
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: rejalashtirilayotgan yilda korxona
foydasi qanday bo‘ladi, A va B turdagi mahsulotlar rentabelligi (alohida-alohida).
52-masala. Korxona ulgurji narxlarda 6620 ming so‘m hajmida mahsulot ishlab chiqardi. Ishlab chiqarish tannarxi 6040 ming so‘m bo‘ldi. Korxonaning tovar mahsulotining 1 so‘miga harajati bashorat bo‘yicha 92,3 tiyinni tashkil etadi.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Korxonaning tovar mahsulotining 1 so‘miga qilingan amaldagi harajatlari qancha?
Tovar ishlab chiqarishda tejamkorlik qanday?
Nazorat saollari
Mahsulot qiymati, tannarxi va harajatlar.
Korxonada mahsulot tannarxini rejalashtirish va kalkulyasiya qilish (hisoblash).
Daromad, uning mohiyati, shakllanishi va taqsimlanishi. Daromadni oshirish korxonaning muhim vazifasi.
Ishlab chiqarishning rentabelligi, uni hisoblash usullari va oshirish yo‘llari
Do'stlaringiz bilan baham: |