8 – Mavzu. Korxona ishlab chiqarish sarflari
Ushbu amaliy mashg’ulotda BBB, grafik organayzer, klaster, mashq va masalalardan foydalanish mumkin. Tayanch iboralar
Moddiy xarajatlar, asosiy fondlar amortizatsiyasi, mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xarajatlar, moddiy xarajatlar, xorijiy valyutadagi xarajatlar, foyda, foyda olishning asosiy manbalari, foydani taqsimlash tamoyillari, korxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari, rentabellik, aktivlar rentabelligi, sotish rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi, bitta aksiya daromadi.
Reja:
1. Xarajatlar tushunchasi va uning tasniflanishi
Harajatlar deganda, zamonaviy iqtisodiyot fanida ishlab chiqarish - savdo faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf-harajatlar yig‘indisi tushiniladi. Korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi harajatlari mahsulot tayyorlash uchun qilingan sarf-xarajatlar (tannarx)dan iborat. Savdo, ta’minot, vositachilik harajatlari esa muomala xarajatlari deb yuritiladi. Harajat qancha kam bo‘lsa, daromad shuncha ko‘proq, ishlab chiqarish rentabelligi esa shuncha ortiqroq bo‘ladi. Ishlab chiqarish harajatlari davlatning samarali baho siyosati bilan munosib bo‘lishi kerak.
Mustaqil echish uchun masalalar:
1-masala. Korxona 880 mln. so‘m hajmda mahsulot ishlab chiqardi, bunda xom ashyo va materiallarga ketgan harajatlar 560 mln. so‘m, oylik maoshga 152 mln. so‘mni tashkil etdi. Sex harajatlari 90 mln. so‘m. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi.
Mahsulot 1 so‘miga harajatlar qancha bo‘ladi?
2-masala. Rejalashtirilayotgan davrda zavodda avtomobillar uchun mo‘lajallangan akkumulyatorlardan 17 ming dona, tormoz kolodkomaridan 600 ming dona ishlab chiqariladi. Rejalashtirilayotgan yilda bir akkumulyatorning tannarxi joriy yildagi 17,2 ming so‘mga nisbatan 15,8 ming so‘mni, tormoz kolodkalarining tannarxi esa tegishli ravishda 8,8 va 10,2 ming so‘mni tashkil etadi. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Rejadagi tejamkorlik qanday bo‘lgan?
Rejalashtirilayotgan yilda mahsulot tannarxi necha foizga pasayadi?
3-masala. Korxona bo‘yicha quyidai ma’lumotlar mavjud: rejalashtirilayotgan yil boshiga sotilmagan mahsulot qoldig‘i (ming so‘mda):
korxonaning ulgurji narxlarida - 500; ishlab chiqarish tannarxida - 450.
Yillik rejadagi tovar mahsulot ishlab chiqarish:
korxonaning ulgurji narxlarida - 6700; to‘liq tannarx bo‘yicha - 5800,
Rejalashtirilayotgan yil oxirida kutilayotgan sotilmagan mahsulot qoldig‘i (bashorat):
korxonaning ulgurji narxlari bo‘yicha - 480; ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha - 460.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: rejalashtirilayotgan yilda tovar
mahsulotini sotishdan olinadigan foyda qancha bo‘ladi?
4-masala. Korxonaning umumiy foydasi 1 yilda 5400 ming so‘mni tashkil etdi. SHu jumladan, yordamchi xo‘jaligidan olingan foyda 130 ming so‘mni, xalq iste’mol mollarini sotishdan olingan foyda 40 ming so‘m. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati 9800 ming so‘m, me’yorlangan aylanma mablag‘ qiymati esa 4700 ming so‘m. Bank krediti uchun foiz 50 ming so‘m. quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Balans va hisobiy foyda qancha?
Umumiy va hisobiy rentabellik darajasi.
5-masala. Mashinasozlik zavodining o‘tgan yilda yalpi mahsulot ishlab chiqarishga harajatlari quyidagicha bo‘ldi (ming so‘mda):
Xom ashyo, asosiy materiallar, sotib olinadigan mahsulotlar va yarimfabrikatlar - 2480
YOrdamchi materiallar - 412
CHetdan keltirilgan yoqilg‘i - 110
Energiya - 320
Ish haqi - 1815
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari - 142
Amortizatsiya - 565
Boshqa harajatlar - 211
Yil davomida tugallanmagan ishlab chiqarishning ortishi 412 ming so‘mni tashkil etdi. Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar zavod tannarxidan 3%ni, korxonaning balans foydasi tovar mahsulotining to‘liq tannarxidan 5% ni tashkil etgan. Ishlab chiqarish fondlari (asosiy va me’yorlangan aylanma mablag‘lar)ning o‘rtacha yillik qiymati 500 ming so‘m. quyidagi shaklda ishlab chiqarish harajatlari smetasini to’zish talab etiladi: ________yilga ishlab chiqarish harajatlari smetasi
Harajat elementlari
|
Ming so‘m
|
Xom ashyo, asosiy materiallar, sotib olinadigan mahsulot va yarimfabrikatlar
|
|
YOrdamchi materiallar
|
|
CHetdan keltirilgan yoqilg‘i
|
|
Energiya
|
|
Ish haqi
|
|
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari
|
|
Amortizatsiya
|
|
Boshqa harajatlar
|
|
YAkuniy yalpi mahsulot tannarxi bo‘yicha
|
|
Yil davomida yakunlanmagan ishlab chiqarishning ortishi (ayirma)
|
|
Tannarx bo‘yicha tovar mahsuloti
|
|
Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar
|
|
To‘liq tannarx bo‘yicha tovar mahsuloti
|
|
Ulgurji narxlar bo‘yicha tovar mahsuloti
|
|
Balans foydasi
|
|
Ishlab chiqarish rentabelligi, %
|
|
6-masala. Korxonaning ulgurji narxlarida mahsulot sotishning yillik hajmi 12100 ming so‘m, sotilayotgan mahsulotning to‘liq tannarxi 7000 ming so‘m. Asosiy fondlar va me’yorlangan aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati 12000 ming so‘m. Bank krediti uchun to‘lov 50 ming so‘m.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: umumiy va hisoblagan rentabellik
qanday bo‘ladi?
51-masala. Korxona bo‘yicha mavjud ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Mahsulot nomi
|
Mahsulot sotish rejasi, dona
|
Bir dona uchun ulgurji narx, so‘m
|
Daromad
solig‘i %
|
Mahsulot
to‘liq tannarxi, so‘m
|
A
|
1800
|
40
|
20
|
27,5
|
B
|
2100
|
50
|
22
|
33,4
|
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi: rejalashtirilayotgan yilda korxona
foydasi qanday bo‘ladi, A va B turdagi mahsulotlar rentabelligi (alohida-alohida).
Do'stlaringiz bilan baham: |