Tayanch so‘z va iboralar
Moliya – pul resurslari bilan bog‘langan bo‘lib, bunday resurslarni xosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlari xamda shakllanish tushunchalarini bildiradi.
Moliya munosabatlari – pul rezervlari moliya munosabatlarining ob’ekti xisoblanadi. Bo’lar ma’lum miqdordagi maulotlarni o‘zida ifoda etishi zarur. Moliya munosabatlarining sub’ekti bo‘lib, bo’larga moliyaviy resurslarni tashkil etishda, taqsimlashda va ishlatishda ishtirq etuvchi korxona, davlat, tashkilot, muassasa, fuqaro kabilar kiradi. xar bir sub’ekt o‘ziga qaratilgan maxsulotlarga teng bo‘lgan pul fondlarini tashkil, etadi. Bu fondlar turlicha bo‘lib, xar biri ma’lum maqsadni ko‘zlaydi.
Moliya resurslari – pul shaklidagi moliyaviy vositalari fondlari. Bo’lar qatoriga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya, foyda, aksiya kursi, dividend, soliqlar, sug‘urta xaki, bank xaki, dotatsiya, subsidiya, kmopensatsiya kabilardir. Moliya resurslari mikro va makro resurslarga bo‘linadi.
Moliya tizimi – jamiyatdagi moliya munosabatlari yig‘indisi, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari xamda moliya siyosati tushuniladi.
Ustav kapitali – korxona ta’sischilar ulushi evaziga tashkil etilgan korxona mulqi, korxona faoliyatini boshlash uchun zarur kapital miqdori, asosiy va aylanma fondlar qiymatidan iborat bo‘lgan va korxona balansida dastlabki baxosi bo‘yicha aks ettiriladi (aksiya, obligatsiya, davlat va xsusiy investitsiyalar asosida xosil bo‘ladi).
Foyda – korxonaning daromadi va umumiy xarajatlari orasidagi musbat ayirma, ya’ni F=sotish-sarf xarajatlar.
Sof foyda soliq va barcha to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan yalpi foyda miqdori.
Maxsulotni sotishdan tushgan tushum – bu tovar maxsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’matlarni xaqiqiy sotilgan narxlari bo‘yicha realizatsiyasidan (sotishidan) kelib tushgan mablag‘larning to‘la yig‘indisi.
YAlpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiniyakunlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi tushum va maulotni ishlab chiqarish xamda sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish xakidan tashkari) ayirmasi.
Balansdagi foyda – korxona xo‘jalik faoliyatining yakunlovchi moliyaviy ko‘rsatkich va buxgalterlik balansida aks ettirilgan bo‘lib, uch elementdan tashkil topadi: a) maxsulotni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatishdan qolgan foyda; b)asosiy fondlar yoki boshqa tur mulqni realizatsiyasidan tushgan foyda (zarar); v) realizatsiyadan tashkari operatsiyalarning moliyaviy natijalari.
Soliq – davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar (axoli, korxona va tashkilotlar) ning daromadi yoki mulqidan majburiy undiriladigan to‘lovlar.
Aksiz – tamaki, spirtli ichimliklar, benzin, zeb-zeynat buyumlari narxi ustiga qo‘yiladi va uni iste’molchialr to‘laydi, chunki u narxga kiradi.
Qo‘shimcha qiymat solig‘i – ulgurji baxoga nisbatan % stavkasi bo‘yicha xisoblanib, maxsulotning sotish narxiga kiritiladigan soliq.
Ishlab chiqarish va maxsulot rentabelligi – tarmoq yoki korxonalarning foyda olib ishlashi, foyda olish darajasini ko‘rsatadi va % xisobida ifodalanadi. Ishlab chiqarish rentabelligi ma’lum davr (oy, kvartal, yil) da qulga kiritilgan foyda miqdorini shu vaqtda foydalanilgan yillik asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma (oborot) vositalari qiymati yig‘indisiga yoki maxsulotni ishlab chiqarish, chotish xarajatlarining tannarxiga nisbati sifatida xisoblanadi: Ri/ch=(F/(Af-Om.))*100%, yoki Rm=(F/t/n)*100%.
Do'stlaringiz bilan baham: |