Davr xarajatlari hisobi
Davr xarajatlari — xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan joriy etilgan korxonaning xarajatlar xisobi tizimida nisbatan yang‘i ko‘rsatkich. Bevosita ishlab chiqarish- jarayoni bilan bogliq bo‘lmagan xarajatlar davr xarajatlari toifasiga kiritiladi. Ushbu xarajatlarga bo-shqaruv, tijorat xarajatlari, umumxo‘jalik maqsadidagi boshqa xarajatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajri-ba-konstrukgorlik ishlanmalari xarajatlari kiradi. Ushbu xarajatlar korxonaning mahsulot ishlab chiqarish faoliya-ti bilan bog‘lanmagani, leqin mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish bo‘yicha asosiy faoliyati bilan bovingani uchun ular operatsion xarajatlar, shuningdek umumiy va ma’muriy xa-rajatlar deb xam ataladi. Ular ishlab chiqarilgan va sotil-gan mahsulot yoki tovarlar hajmiga bog‘liq emas, aksincha, vaqg, xo‘jalik faoliyatining qancha davom etishi bilan ko‘proq bogliq. Ushbu xarajatlar ular paydo bo‘lgan xisobot davrida yig‘iladi va hisobdan chiqariladi.
Davr xarajatlariga quyidagi xarajatlar kiritiladi: mahsulotni sotish xarajatlari;
boshqaruv xarajatlari;
boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajat-
lari, ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini rivojlantirish xarajatlari; kelgusida soliq solish bazasiga kiritiladigan hisob davri xarajatlari. Sotish xarajatlariga quyidagilar kiritshshdi:
tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo orqali va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari, shuningdek transport vositalarining to‘xtab qolishi uchun to‘langan jarimalar kiradi;
savdo va umumiy ovqetlanish korxonalarining muomala chiqimlari, shu jumladan: mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi bilan bog‘liq mehnatga xaq to‘lash xarajatlari,
bunga ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlariga haq to‘lash kirmaydi; ish haqiga taalluqli ijtimoiy sug‘urta xarajatlari;
savdo extiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, n shootlar va xonalarni ijaraga berish, saqlash va ta’mirl; xarajatlari;
asosiy vositalar va nomodsiy aktivlar amortizatsiyas
sanitariya kiyimlari, sochiq va dasturxonalar, arzon tez eskiruvchan buyumlar, oshxona anjomlari va idish-tovo larni eskirishi;
gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari;
tovarlarni saqlash, ishlov berish va navlarga ajrati xarajatlari; savdo reklamasi xarajatlari;
tashish, saqlash va sotishda me’yorlar doirasida va ula) dan ortiqcha tovarlar talafotlari;
idishlar xarajatlari;
mol-mulkni majburiy sug‘urtalash xarajatlari;
mexnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xg rajatlari;
havo haydagichlarni o‘rnatish va saqlash, mashinalar E ularning harakatlanadigan qismlari, tuynuklar, teshikla va hokazolarni g‘ov bilan o‘rab qo‘yishning joriy (nokapi tal tusdagi) xarajatlari;
maxsus kiyim va maxsus poyabzalning eskirishi;
maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibdagi himo yaning boshqa vositalari, dasturxon va sochiqlar hamda sa nitariya kiyimini yuvish, tuzatish va dezinfeksiyalash uchun korxonalar, ta’mirlovchi va boshqa yuridik shaxslarga haq to‘lash;
maxsus kiyim va poyabzalni tozalash va tuzatish uchun sarflangan materiallar qiymati;
umumiy ovqatlanish va savdo xodimlarini tabbiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tabbiy muassasalarga to‘lanadigan haq kassa xo‘jaligini yuritish va tushumni inkassatsiyalash chiqimlari;
umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, dasturxonlar, stakan va taqsimchalar, bir marotaba foyda-laniladigan anjomlar qiymati;
— belgilangan me’yorlar doirasvda va undan ortiq dara-jada, sotish bozorlarini o‘rganish xarajatlari (marketing, reklama xarajatlari);
—yuqorida qayd etilmagan sotishga doir boshqa xarajatlar.
Ma’muriy xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
boshqaruv apparati xodimlariga taalluqli mehnatga haq to‘lash xarajatlari; boshqaruv apparati xodimlariga taalluqli ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
xizmatga engal avtotransporti va xizmat va boshqa mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va boshqarish xarajatlari;
boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, ogoxlantirish vositalari, hisoblash markazlari va ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan boshqa texnik boshqaruv vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
ijara, xizmatlar ko‘rsatgani uchun aloqa uzellariga haq (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqasi);
belgilangan me’yorlar doirasida va undan ortiqcha xalqaro va shaharlararo telefon so‘zlashuvlariga haq to‘lash;
ma’muriy-boshqaruv extiyojlari uchun bino va xonalar ijarasiga haq to‘lash; ma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni saklash va ta’mirlash xarajatlari,
shuningdek ularning eskirishi (amortizatsiyasi);
yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, vdoralar, uyushmalar, konsernlar va hokazolarni saklashga ajratmalar:
ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘lanmagan xodimlar va mol-mulkning majburiy sug‘urtasi;
belgalangan me’yorlar doirasida va undan ortiqcha boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari;
belgilangan me’yorlar doirasida va undan ortiqcha vakillik xarajatlari;
xonalarni bepul berish xarajatlari, umumiy ovqatlanish korxonalariga kommunal xizmatlar qiymatini to‘lashva hokazo;
bevosita ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi jamg‘armalarni saqlash va foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar,
shu jumladan ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga yo‘l qo‘yiladigan me’yorlar doirasida va undan ortiqcha tash-laganlik (oqizganlik) uchun to‘lovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |