Sana: 9-sinf: Fan: Algebra 27-dars mavzusi: Butun ko’rsatkichli daraja



Download 0,55 Mb.
bet5/13
Sana11.02.2020
Hajmi0,55 Mb.
#39431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
9 sinf algebra

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________


Sana:____________ Sinf: __________
48-dars mavzusi: Burchakning radian o’lchovi.


Darsning maqsadi:

a) ta’limiy:

O’quvchilarda burchakning gradus o’lchovini bilgan holda, uning radian o’lchovi haqida tushuncha berish;

b) tarbiyaviy:

O’quvchilarni mavzuni diqqat qilib eshitishga o’rgatish;

d) rivojlantiruvchi:

1 radian burchak, α radian burchak, yoy uzunligi formulasi, sektor yuzi formulasi haqida ma’lumot berish va masalalarda tadbiq qilishga o’rgatish;

Dars jihozi:

Sinf taxtasi, bo’r, formulalar aks ettirilgan A4 formatdagi qog’ozlar, jadval aks ettirilgan plakat.

Dars turi:

Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Didaktik adabiyotlar:

Sh.A.Alimov, O.R.Xolmuhamedov, M.A.Mirzaahmedov “Algebra”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. ”O’QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. –T.2014-yil.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish; b) davomatni aniqlash va darsda qatnashmagan o’quvchilarni jurnalda qayd etish;

d) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash; e) uy ishlarini tekshirish; h) psixologik iqlim yaratish;



II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Savol-javob. O’tilgan mavzular bo’yicha savollar beriladi va yangi mavzuga zamin yaratiladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu tushuntiriladi. Kerakli qoida va formulalar yozdiriladi. Uzunligi aylana radiusiga teng bo’lgan yoyga tiralgan markaziy burchak 1 radian burchak deyiladi.



1 rad = (180/π)0 ; (1)

α rad = (180* α /π)0, (2)

10 = π /180 rad, (3)

α 0 = π *α /180 rad. (4)


Gradus

0

30

45

60

90

180

Radian

0

π /6

π /4

π /3

π /2

π

Burchakning radian o’lchovi aylana yoylarining uzunliklarini hisoblash uchun qulay. 1 radian burchak uzunligi R radiusga teng yoyni tortib turgani uchun α radian burchak l=α*R (5)uzunlikdagi yoyni tortib turadi. Radiusi R gat eng bo’lgan doiraviy sektor α radian burchakka ega. Shu sektorning yuzi S=R2*α /2 (6) ga teng (bunda 0< α < ∏).




IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.


A. Sinf taxtasi bilan ishlash.

258-misol. Graduslarda ifodalangan burchakning radian o’lchovini toping.

1) 400;



Yechish: (4) formuladan foydalanib 400= π *40/180 = 2π/9 ekanini topamiz. Javob: 2π/9.

3) 1050; 5) 750; 7) 1000;



259-misol. Radianlarda ifodalangan burchakning gradus o’lchovini toping.

1) π/6


Yechish: (2) formuladan foydalanamiz. α rad = (180* α / π)0. Demak, π /6=((180* π/6)/π)0 =300.

Javob: 300

3) 2π/3;

Yechish: (2) formuladan foydalanamiz. α rad = (180* α / π)0. Demak, 2π /3=((180* 2π/3)/π)0 =1200.

Javob: 1200

5) 2;

Yechish: (2) formuladan foydalanamiz.

1-usul:α rad = (180*α /π)0 va Demak, 2=((180*2)/π)0 ≈ (360/3,14)0 ≈ 114,60

2-usul: (1) formuladan foydalanib 1 rad ≈ 57,30 ekanligini inobatga olib, 2 rad ≈ 2*57,30 ≈ 114,60.

Javob: ≈ 114,60






B.Mustaqil ish. O’quvchilarga 258-259 misollarning 5,7,9 lari mustaqil yechish topshiriq qilib beriladi.

V. O’quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan va mustaqil bajargan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

Darslikdagi №258-259 misollarning juftlari. 108-bet.

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________

Sana:____________ Sinf: __________
49-dars mavzusi: Masalalar yechish (“Burchakning radian o’lchovi” mavzusi asosida).


Darsning maqsadi:

a) ta’limiy:

Burchakning radian o’lchovi mavzusiga doir o’quvchilarda malaka hosil qilish;

b) tarbiyaviy:

O’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish;

d) rivojlantiruvchi:

Yaxlitlash, sonlarni taqqoslash, geometrik figuralarning burchak kattaliklarini radian o’lchovlarga o’tkazishni o’rgatish va uni amalda qo’llashga o’rgatish;

Dars jihozi:

Sinf taxtasi, bo’r, matematik diktant kartochkalari.

Dars turi:

O’quvchilar bilimini rivojlantiruvchi, BKMlarni shakllantiruvchi.

Didaktik adabiyotlar:

Sh.A.Alimov, O.R.Xolmuhamedov, M.A.Mirzaahmedov “Algebra”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. ”O’QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. –T.2014-yil.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish; b) davomatni aniqlash va darsda qatnashmagan o’quvchilarni jurnalda qayd etish;

d) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash; e) uy ishlarini tekshirish; h) psixologik iqlim yaratish;




II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

A. Savol-javob. O’tilgan mavzu bo’yicha savollar beriladi.

  1. Burchakning radian o’lchovi nima?

  2. 1 radian necha gradusga teng?

  3. α radian necha gradusga teng?

  4. 1 gradus necha radianga teng?

  5. α gradus necha radianga teng?

  6. 1 radian burchak uzunligi R radiusga teng yoyni tortib turuvchi yoy uzunligi nimaga teng?

  7. Radiusi R bo’lgan doiraviy sektorning yuzi nimaga teng?

B. Matematik diktant. Uy ishi yuzasidan diktant olinadi.

1) 1200 necha radianga teng?

2) π/9 radian necha gradusga teng?

3) 00 dan 1800 gacha bo’lgan burchaklarning radian o’lchovlarini tartib bilan yozing.

4) S=R2*α/2 formulaga mos chizma chizing.

5) l=α*R formulaga mos chizma chizing.







III-IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.


A. Sinf taxtasi bilan ishlash.

260-misol. Sonni 0,01 aniqlikda yozing:

1) π /2



Yechish: π ning qiymatini taxminan 3,142 deb olib, 3,142/2=1,571 ni topamiz va bu qiymatni yaxlitlaymiz: ≈1,57.

Javob: π /2≈1,570.

2)-5)-ham shu tarzda yechiladi.

261-misol. Sonlarni taqqoslang:

1) π /2 va 2



Yechish: π/2 ning qiymatini 1,571 deb olib, bu qiymatni 2 bilan taqqoslaymiz.

Javob: π /2 < 2.

2)-5)-ham shu tarzda yechiladi.





B.Og’zaki masala. 262-masala og’zaki yechiladi.

V. O’quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan va mustaqil bajargan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

Darslikdagi №260-261-misollarning juftlari. 108-bet.

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________



Sana:____________ 9-sinf: ____

Fan: Algebra

50-dars mavzusi: Nuqtani koordinata atrofida burish.


Darsning maqsadi:

a) ta’limiy:

Nuqtani koordinata atrofida burish mavzusi bo’yicha o’quvchilarda ko’nikma va malaka hosil qilish;

b) tarbiyaviy:

Ularni diqqat qilib kuzatish va amalda qo’llashni o’rgatish;

d) rivojlantiruvchi:

P nuqtani α burchakka burishdan hosil bo’lgan nuqtaning koordinatasini topishni, berilgan nuqtani hosil qilish uchun P nuqtani burish kerak bo’lgan barcha burchaklarni topishni o’rgatish va rivojlantirish;

Dars jihozi:

Sinf taxtasi, bo’r, darslikdagi 53-rasm (111-bet),

Dars turi:

Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Didaktik adabiyotlar:

Sh.A.Alimov, O.R.Xolmuhamedov, M.A.Mirzaahmedov “Algebra”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. ”O’QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. –T.2014-yil.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish; b) davomatni aniqlash va darsda qatnashmagan o’quvchilarni jurnalda qayd etish;

d) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash; e) uy ishlarini tekshirish; h) psixologik iqlim yaratish;






A. Savol-javob. O’tilgan mavzu asosida savol-javob o’tkaziladi.



II. O’tilgan mavzuni takrorlash.



B. Test. O’tilgan mavzu asosida test olinadi.

1-test savoli: 1200 gradusga teng burchakning radian o’lchovini toping.

A. π /2 B. 3π /2 C. 2π /3 D. π /3

2-test savoli: π /6 radianga teng burchakning gradus o’lchovini toping.

A. 450 B. 300 C. 600 D. 900

3-test savoli: 2π sonni 0,01 aniqlikda yozilgan javobni toping.

A. 3,14 B. 3,1 C. 6,28 D. 6,3

4-test savoli: π va 3 butun 1/5 ni taqqoslang.

A. π > 3 butun 1/5 B. π < 3 butun 1/5 C. π = 3 butun 1/5

5-test savoli: Muntazam oltiburchak burchagining gradus va radian o’lchovini aniqlang.



A. 1200 va 3π/2 B. 1500 va 2π/3 C. 1200 va π/3 D. 1200 va 2π/3

III. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu tushuntiriladi. P nuqtaning soat strelkasiga qarama-qarshi harakatida musbat yo’nalish, soat strelkasi bo’ylab manfiy yo’nalishda ekanligi uqtiriladi. Mavzu ostidagi 2 ta masala yechib ko’rsatiladi.





IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Sinf taxtasi bilan ishlash.

267-misol. Birlik aylananing P(1;0) nuqtasini:

1) 900 burchakka burish natijasida hosil bo’lgan nuqtalarning koordinatalarini toping.



Javob: M(0;1).

3); 5) lari ham Sinf taxtasida yechiladi.



268-misol. Birlik aylanada P(1;0) nuqtani: 1) π /4 burchakka burish natijasida hosil bo’lgan nuqtani belgilang.

Mos chizma chizib yechiladi. 3); 5) lari ham Sinf taxtasida yechiladi.



269-misol. P(1;0) nuqtani: 1) 2,1π burchakka burish natijasida hosil bo’lgan nuqta joylashgan koordinatalar choragini aniqlang.

3); 5) lari ham Sinf taxtasida yechiladi.



V. O’quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

Darslikdagi №267-269-misollarning juftlari. 113-144-betlar.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish