Darsning maqsadi:
|
a) ta’limiy:
|
O’quvchilarda arifmetik ildizning xossalarini amalda qo’llashga o’rgatish va malaka hosil qilish;
|
b) tarbiyaviy:
|
Tartiblilikka o’rgatish;
|
d) rivojlantiruvchi:
|
O’quvchilarda erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
|
Dars jihozi:
|
Sinf taxtasi, bo’r.
|
Dars turi:
|
O’quvchilar bilimini rivojlantiruvchi, BKMlarni shakllantiruvchi.
|
Didaktik adabiyotlar:
|
Sh.A.Alimov, O.R.Xolmuhamedov, M.A.Mirzaahmedov “Algebra”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. ”O’QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. –T.2014-yil.
|
Darsning borishi:
|
I. Tashkiliy qism.
|
a) salomlashish; b) davomatni aniqlash va darsda qatnashmagan o’quvchilarni jurnalda qayd etish;
d) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash; e) uy ishlarini tekshirish; h) psixologik iqlim yaratish;
|
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
|
A. Savol-javob. O’tilgan mavzu bo’yicha savol beriladi.
1) Arifmetik ildizning 4 ta xossasini kim doskada yozib beradi?
2) a0 nimaga teng? a1 - chi? a-n – chi?
|
B. Uy ishini tekshirish. O’quvchilarga uyga topshirilgan misollardan bir nechtasi doskaga yozib beriladi, o’quvchilar birma-bir doskaga chiqib yechib ko’rsatadilar.
|
|
III-IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
A. Sinf taxtasi bilan ishlash.
146-misol. Ifodani soddalashtiring.
Yechish: 1) 2)
3)
147-misol. Hisoblang.
1) 2)
3)
148-misol. Hisoblang.
1)
2)
3)
|
B. Mustaqil ish. 146-148-misollarning qolgalari mustaqil qilib beriladi.
|
V. O’quvchilarni baholash.
|
Darsda faol qatnashgan va mustaqil bajargan o’quvchilar baholanadi.
|
VI. Uyga vazifa berish.
|
Darslikdagi №146-152 misollarning qolganlari. 57-58-betlar.
|
Darsning maqsadi:
|
a) ta’limiy:
|
O’quvchilarda IV bobda o’tilgan mavzular bo’yicha malaka hosil qilish;
|
b) tarbiyaviy:
|
Tartib bilan bajarish, sistemalilikni o’rgatish;
|
d) rivojlantiruvchi:
|
Mustaqil fikrlashga o’rgatish, mas’uliyat hissini uyg’otish va uni o’quvchilar ongiga singdirish;
|
Dars jihozi:
|
Sinf taxtasi, bo’r, qorparchalar (orqasidagi savollar bilan).
|
Dars turi:
|
O’quvchilar bilimini rivojlantiruvchi, BKMlarni shakllantiruvchi.
|
Didaktik adabiyotlar:
|
Sh.A.Alimov, O.R.Xolmuhamedov, M.A.Mirzaahmedov “Algebra”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. ”O’QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. –T.2014-yil.
|
Darsning borishi:
|
I. Tashkiliy qism.
|
a) salomlashish; b) davomatni aniqlash va darsda qatnashmagan o’quvchilarni jurnalda qayd etish;
d) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash; e) uy ishlarini tekshirish; h) psixologik iqlim yaratish;
|
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
|
A. Savol-javob. O’tilgan mavzular bo’yicha savollar beriladi.
1) Funksiyaning aniqlanish sohasi nima?
2) Funksiyaning o’sishi va kamayishi qanday topiladi?
3) Qanday funksiyalarning grafiklari bilan tanishdik va ularning shakli nimadan iborat?
4) Daraja qatnashgan tenglamalar qanday bajariladi?
5) Daraja qatnashgan tengsizlikka misol keltiring va uni Sinf taxtasida yechib ko’rsating.
6) 2 ta funksiyaning kesishsish nuqtalari qanday topiladi?
|
B. Amaliy mashg’ulot. O’quvchilarga o’tilgan mavzular asosida tarqatma materiallar tarqatiladi. Ular berilgan savollarga Sinf taxtasida javob berishlari shart. Masalan (qorparcha orqasida):
1) Funksiyaning aniqlanish sohasini toping: y=2/5x+3 (yoki y=SQR(x-1))
2) x-1/3=3 tenglamaning musbat ildizini toping.
3) y=2x2 funksiyaning grafigi eskizini chizing va xossalarini ayting.
4) y=x va y=x3 funksiyalarning kesishish nuqtalarini toping.
5) x3 ≤ 64 tengsizlikni yeching.
6) SQR(3x+1)=2 tenglamani yeching.
|
|
III-IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
A. Sinf taxtasi bilan ishlash.
243-misol. Funksiyaning aniqlanish sohasini toping.
1) y=1/(2x+1)
Yechish: 1/(2x+1) ifoda 2x+1≠0 bo’lganda ma’noga ega, ya’ni 2x ≠ -1, x ≠ -1/2. Javob: x ≠ -1/2.
3) y= SQR(-5-3x)
Yechish: SQR(-5-3x) ifoda -5-3x ≥ 0 bo’lganda ma’noga ega, ya’ni -5 ≥ 3x, x≤ -5/3. Javob: x≤ -5/3.
244-misol. Funksiyaning xossalalrini aniqlang va grafigini eskizini chizing:
1) y=-2x4 3) y=2·x1/4
245-misol. Bitta chizmada y=x va y=x3 funksiyalarning grafiklarini yasang. Shu grafiklar kesishish nuqtasining koordinatalarini toping.
246-misol. Funksiyalar grafiklari kesishish nuqtasining koordinatalarini toping.
1) y=x2 , y=x3 3) y=3x, y=3/x
247-misol. Funksiyalar grafiklari kesishish nuqtasining koordinatalarini toping.
1) y=√x , y=|x| 3) y=√x, y=x.
|
B. Mustaqil ish. 248-249-misollar mustaqil qilib beriladi.
248-misol. Tengsizlikni yeching.
1) x4 ≤ 84 3) x6 > 64
249-misol. Tenglamani yeching.
1) √3-x=2 3) √3-11x=2x
|
V. O’quvchilarni baholash.
|
Darsda faol qatnashgan va mustaqil bajargan o’quvchilar baholanadi.
|
VI. Uyga vazifa berish.
|
Darslikdagi №243-249 misollarning juftlari va IV bobga doir test (20 ta). 99-bet, 101-103-betlar.
|