Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11



Download 1,77 Mb.
bet5/17
Sana23.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#402695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-sinf Din tarixi

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.

Sana ___ ______”_________-yil DUNYO DINLARI TARIXI fani Sinf: 11_______
Mavzu: §-5-6 MARKAZIY OSIYO DINLARI

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;



I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘p millatli va konfessiyali bo‘lishining sabablaridan biri, uning qadimda «Buyuk ipak yo‘li» ustida joylashganida edi. Mintaqadagi Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar orqali «Buyuk ipak yo‘li» o‘tgan. Bu shaharlarda yirik karvonsaroylar, savdo rastalari va bozorlarning rivojlanishi bilan birga turli madaniyat, til va din vakillari ham bu markazlarda jamlandi, o‘z urf-odat va

an’analarini rivojlantirdi.

Markaziy Osiyo mintaqasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri zardushtiylikdir. Bugungi kunda bu dinga e’tiqod qiluvchilarning soni juda ko‘p emas. Jahon miqyosida zardushtiylikning diniy manbasi Avestoni o‘rganish «avestoshunoslik» nomini olgan. Hozirda AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston davlatlarida yirik avestoshunoslik markazlari mavjud. Ularda olib borilayotgan tadqiqotlar ulkan tajriba va an’analarga ega.

Bugungi kundagi eng yirik zardushtiy jamoalari bo‘lgan Eron jebrlari va Hindiston parslari o‘rtasida faqatgina til, ibodatlarni o‘tkazish shakli va yil hisobi borasida ba’zi ixtiloflar mavjud. Ayni damda, Hindistonda ruhiy jihatga e’tibor beruvchi qator guruhlar yuzaga kelgan. Globallashuv ta’sirida, so‘nggi vaqtlarda zardushtiylikni isloh qilish, ko‘pgina marosimlarni bekor qilib, faqat «Goat»larni muqaddas kitob deb tan olish fikrini olg‘a surmoqdalar.

Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelgan dinlardan biri, bu tangrichilikdir. Xalqlarimiz tarixida maz kur e’tiqodning o‘ziga xos o‘rini bo‘lgan. Tangrichilik tarixi mamlakatimiz xalqlarining o‘tmish madaniyati, ijtimoiy hayoti va turmush tarzi haqida ma’lumot beruvchi tarixi manbalardan biridir.

Bugungi kunda tangrichilikni Markaziy Osiyo xalqlari orasida «qadimiy diniy an’ana» sifatida tiklashga urinishlar bor. Bunday harakatlar ortida ayrim g‘arazli maq sadlar yotganini sezish mumkin.

1990-yillardan boshlab tangrichilikka e’tiqod qiluvchi guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ataylab ko‘tarib chiqilayotgan bu holat aholi orasida bo‘linishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki, bugungi kunda ushbu mintaqada o‘zlarining ko‘p asrlik diniy e’tiqodlariga ega bo‘lgan turli millat va ellatlar istiqomat qiladilar. Ularninr e’tiodiga zid ravishda tangrichilik dinini qayta tiklashga urinish milliy va diniy ziddiyatlar-

ni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda diniy manzara quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasida rasman 18 konfessiya tarkibida 3600 dan ortiq diniy tashkilot mavjud. Shuningdek, mamlakatda 246 ta noan’anaviy diniy gu ruhlar va yangi jamoatlar (missionerlar) ham faoliyat ko‘rsatadi. Turkmaniston Respublikasida 13 ta diniy

konfessiya ro‘yxatga olingan. Malakatda 128 ta diniy tashkilot mavjud. Qirg‘iziston Respublikasida 30 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud.

Shuningdek, yoqoridagi rasmiy ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlar va konfessiyalardan tashqari so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo hududida avliyolik, payg‘am-

barlik, hatto xudolik da’vosini qilib chiqayotgan toifalar ham topilmoqda.

Misol sifatida Buxoro shahrida paydo bo‘lgan baxshillochilar guruhini aytish mumkin. Islom dini asoslarini butkul buzib yuborgan mazkur oqim vakillari o‘z rahnamolari «Baxshillo»ni haddan ortiq ulug‘lab hatto unga sig‘inish darajasiga borganlar.

Baxshillo Aliev o‘zining ortidan ergashganlarga namoz bir kecha kunduzda uch mahal farz qilinganligini va ularga qiyomatda savol – javob yo‘qligi, ular qanday holda vafot etishligidan qat’iy nazar, ularga shahidlik maqomi berilishini, hatto, barcha erkak maslakdoshlariga payg‘ambarlik darajasi berilishi haqida davat qilgan.

U yon – atrofdagilarga o‘zini payg‘ambar, turmush o‘rtog‘i Mohira Alievani “Musulmonlar onasi”, farzandlari Olim va Faxriddinni “musulmonlar amiri”, yaqin izdoshlarini “sahobiylar” deb e’lon qilgan.

Uning bu harakati islom dini ta’limotiga mutlaqo zidddir. Chunki, Imom Abul Barakot Nasafiyning “Tafsiri Nasafiy” kitobida Rum surasining 17-18-oyatlari quyidagicha tafsir qilinadi: “Bas, ey mo‘minlar, tunda ham tongda, oqshomu peshin paytlarida ham Xudoni poklik bilan yod qilinglar va namoz o‘qinglar. Osmondagi maloikalar va yerdagi mo‘minlarning hamdu sanolari Xudoga xosdir (tegishlidir)” deyiladi. Yoki Imom Buxoriyning sahoba Анас ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgani haqida xabar beradi. “Hazrati payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi

vasallamga Isro kechasida ellik vaqt namoz farz qilindi. So‘ng qisqartirilib, besh vaqtga keltirildi. Keyin esa: “Ey Muhammad (alayhissalom), albatta, Mening huzurimda gap o‘zgartirilmaydi.

Gunohlarning kattalari – Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, yolg‘on qasam ichishdirki, Alloh nomi bilan qasam ichishda chivin qanotidek yolg‘on qo‘shsa, o‘sha narsa qiyomat kunigacha qalbida qora dog‘ bo‘lib qoladi.

Hadis

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:



1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: DUNYO DINLARI TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.




Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish