Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11



Download 1,77 Mb.
bet4/17
Sana23.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#402695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-sinf Din tarixi

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.

Sana ___ ______”_________-yil DUNYO DINLARI TARIXI fani Sinf: 11_______
Mavzu: §-4DIN VA IJTIMOIY HAYOT

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;



I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

DINNING JAMIYATDAGI O‘RNI

Insoniyat tarixidan yaxshi bilamizki, dunyoning hech bir mintaqasi, xalqi ma’lum bir din va e’tiqodlar tizimisiz o‘z shaxsiy va ijtimoiy hayotini tasavvur qila olmagan. Tarixiy davrning barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy bo‘g‘inlari o‘z faoliyatlarini yurgazish uchun u yoki bu diniy e’tiqod tamoyillariga tayanganlar. Mazkur holat barcha xalq va millatlarga xosdir.

Albatta ijtimoiy hayotning shakl va mazmunining o‘zgarishi jamiyat a’zolarining dinga bo‘lgan munosabatlarini ham tobora o‘zgarib borishiga o‘z ta’sirini

ko‘rsat di.

Din va uning arkonlari, avvalambor, mazlum, ko‘ngli shikasta va ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarni himoya qilishga xizmat qilgani tufayli jamiyatning kiborlar tabaqasi uni darhol qabul qilmaganlarini tarixdan bilishimiz mumkin.

Keyinchalik, esa ba’zi hukm–ron doiralar dindan o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mavqelarini mustahkamlash maqsadlarida foydalanishga intildilar. Bunda, g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarni amalga oshirish dan ham toymadilar. Jumladan, g‘arbda ulkan ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirayotgan olimlar cherkov hukmronligiga xavf sifatida tasavvur qilinib, ularni jodugarlikda ayblash hamda ularga nisbatan ommaviy qirg‘inbarot

siyosatni olib bordilar.

G‘arbdagi mazkur ijtimoiy holatni O‘rta asrlar Movarounnahri, ayniqsa Temuriylar davri bilan qiyoslasak, shunday holatni kuzatamizki, islom dini ulamolari bu davrda yashab, ijod qilgan buyuk allomalarimiz faoliyatini din ahkomlariga zid deb, qoralamaganlar.

Sobiq totalitar tuzum davrida milliy-madaniy merosimiz ilm-fanning kushandasi qilib ko‘rsatishga astoydil kirishildi. Masalan, o‘tgan asrning 70-yillarida, suratga olingan fillarda Mirzo Ulug‘bekning o‘limida Xo‘ja Axror Valiy aybdor qilib ko‘rsatilgan. Go‘yoki, Xo‘ja Ahror Valiy shaxzoda Abdulatifni «otang kufr ishlarni olib boryapti va bu bilan shakkoklik qilyapti», deb «kofirni o‘ldirish tufayli esa islomda katta ajr-savobga erishiladi» degan fatvoni bergan, deb ta’ri᰷angan edi. Tarixiy haqiqatga ko‘ra Xo‘ja Axror Valiy Ulug‘bek qatl qilinganda umuman Samarqandda bo‘lmagan. Aksincha, u zot temuriyzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun kechayotgan urushlarini oldini olishga astoydil harakat qilgan.

XX asrga islom diniga oid bilimlarning tanazzulga uchrashi jaholatning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ateizm g‘oyasi ustuvorlik qilishga harakat qildi. Natijada, islom dini

ta’limotiga yot bo‘lgan unsurlar kirib kela boshladi. Lekin islom dini ta’limotida ustoz-shogird an’anasi shakllangan bo‘lib, diniy bilimlar ustozdan-shogirdlarga o‘tib kelgan. Shu yo‘l bilan diniy qadriyatlar bugungi kunga qadar etib keldi.




IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA DIN. DINNING JAMIYATDAGI IJTIMOIY

FUNKSIYALARI

Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir-biri bilan bog‘liq, lekin aynan bir narsa emas.

Funksiya – bu dinning jamiyatdagi harakat usuli.Rol – bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisi. Dinning bir nechta funksiyalari mavjud.

Dunyoqarash funksiyasi. Barcha davrlarda din hayotning mazmun-mohiyati, insonning turmush qiyinchiliklari, «narigi dunyo» haqidagi savollarga javob beradi. Ushbu javoblar kishilarga yashashdan maqsadni hosil qilish hissini beradi.

Xudoga ishonuvchi kishilar o‘zlarini taqdirning zarbalari ostida arang kun ko‘ruvchi ojiz mavjudot sifatida emas, balki hayotlarini yaxlit ilohiy mazmunning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qiladilar.

Tasalli beruvchilik funksiyasi. Hayot mazmuni haqidagi savollarga din tomonidan berilayotgan javoblar bu olamda kechiralayotgan azob-uqubatlar inson uchun bejiz emasligini uqtirib, e’tiqod qiluvchilarga ruhiy osoyishtalik taqdim etadi. Tashvishli hodisalar (kasallik, o‘lim va hokazo) bilan aloqador bo‘lgan diniy rasm-rusumlar musibatli kunlarda kishilarda ruhiy muvozanatni saqlashga yordam beradi. Kishi boshqalarni o‘ziga nisbatan hayrihohligini his qiladi va aniq o‘rnatilgan rasm-rusmlardan ruhiy osoyishtalik topadi.

O‘z ijtimoiy mansubligini belgilash funksiyasi. Diniy ta’limotlar unga e’tiqod qiluvchilarni bir xil qadriyatlar va mushtarak maqsadlar atroンda birlashtiradi (biz, musulmonmiz, biz, nasroniymiz, biz yaxudiymiz va h.z.). Masalan, ypon xalqi e’tiqodiga ko‘ra har bir yapon sintoiylik dinida tug‘iladi. Yahudiy dindida bo‘lish uchun ham yahudiy millatiga mansub bo‘lishi kerak. Musulmonlarda esa mansublik imon shartlarini bajarish bilan belgilanadi.


XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: DUNYO DINLARI TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish