KONFUTSIYLIK TA’LIMOTI - REJA
- 1. Kanfutsiylik ta’limotining vujudga kelishi.
- 2. Inson talimotidagi kanfutsiylikning o’rni.
- 3. Kanfutsiy maktabi.
- Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy
- etgan Sharq mamlakatlaridan biri bo’lgan. Eramizdan avvalgi II minginchi yilning
- ortalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xojalik shakli yuzaga kelgan.
- Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining
- qoliga otgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu
- vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ya’ni asotir tafakkur ustivorlik qilgan. U
- olam va tabiatning paydo bolishini oziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy
- bilimlar rivojiga oz tasirini o`tkazgan.
- Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yonalish va oqimlar mavjud. Ularda
- falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, oz
- davrining kozga koringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga
- taalluqli bolgan kopgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday
- muammolarni o`z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar.
- Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va
- benihoyadir
- Konfutsiy kambag’allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug’ilgan.
- Konfutsiy (er. avv. 551-479 yy.)ning haqiqiy ismi Kun Fu szi (muallim Kun)
- bo‘lib, lotincha yozilishda Konfutsiy sifatida qayd etilgan. Bu mutafakkir
- Xitoyning birinchi faylasufi hisoblangan.U 22 yoshida ta’lim berish bilan
- shug’ullanib, Xitoyning eng mashhur o’qituvchisi sifatida shuhrat qozongan.
- Konfutsiy o’zi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot
- o’qitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori
- amaldor bo’lib xizmat qiladi
- Legizm - Qadimgi Xitoyda oziga xos o’ringa ega bo’lgan falsafiy
- maktablardan biridir. Shen Buxay bu talimotning asoschisi deb qaraladi. Bu
- talimotning namoyondalari ko’proq ijtimoiy nazariya muammolari bilan
- shug’ullanishgan. Unda davlatni boshqarish muammolari ustuvor o’rin egallagan.
- Legizm vakillaridan biri Shan Yanning ta`kidlashicha, aqlli kishilar qonun
- yaratadilar, boshqa odamlar essa mavjud qonun bilan chegaralanadilar. Qobiliyatli
- kishilar tartibni o’zgartiradi, bunga qodir bo’lmaganlar esa bo’ysunadi.
- Qadimgi Xitoy falsafiy maktablarining ta’limotlariga bo’lgan munosabatlar
- turlicha, ba’zan ziddiyatli, tanqidiy fikrlardan holi bo’lmasada, bugungi kunda
- ham ko’pchilik faylasuflarga ilhom bag’ishlab kelmoqda. Qadimgi Xitoy falsafiy
- me’rosining e`tiborli jihatlari Xuan Tszun-si, Gu Tinlin, Van Chuan-shan kabi
- mutafakkirlarning ilmiy izlanishlarida targ’ib qilindi, yangi mazmundagi g’oyalar
- shakllanishi va kamol topishida ijobiy turtki bo’lib xizmat qildi.
FALSAFA FANI UCHUN MAXSUS TAYYORLANGAN TAQDIMOT - SHOYIMOV OG’ABEK
- TOHIROV DIYORBEK BOZOROV SHAHBOZ DO’STLAR
-
Do'stlaringiz bilan baham: |