Sana: / sinf: 6 Fan: Tarix Mavzu



Download 308,06 Kb.
bet21/21
Sana30.01.2020
Hajmi308,06 Kb.
#38285
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-sinf tarix ish reja


Darsning turi: Aralash, yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Interfaol

Dars jihozi: Tarix darsligi, mavzuga oid xarita, rasm, kompyuter, tarqatma material, testlar, krassvord, daftar, doska, bo’r.

Darsning tuzilishi:
I. Tashkiliy qism

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

III. Yangi mavzu bayoni

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

V. Dars yakunlarini chiqarish

VI. Uyga vazifa berish


I. Tashkiliy qism. Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Uyga berilgan vazifalar topshiriqlar, savollar, testlar bo’yicha bajariladi.



  • Guruhlar tuzib kelgan krossvordlardan foydalangan holda o’qituvchi uni yechish uchun guruhlarga tarqatadi. Eng yaxshi tuzilgan krossvordni muallifi va krossvordni yechgan guruhlar rag’batlantiriladi;

  • Mavzuga oid tuzilgan testlar o’quvchilarga tarqatiladi va to’gri yechgan o’quvchilar rag’batlantiriladi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

Savol va topshiriqlar

  1. Rim armiyasi haqida so'zlab bering.

  2. Rimliklar kimlarni “varvarlar" deyishgan? Rimliklar varvarlar- ning qaysi qabilalari bilan to'qnashishdi?

  3. Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy imperiyalarga bo'linishi sababi nimada?

  4. Rimning bosib olinishi haqida so'zlab bering.

  5. G'arbiy Rim imperiyasi qulashi sabablarini sanang.

III. Yangi mavzu bayoni.

Mavzu: Qadimgi Rim madaniyati

Reja:


  1. Rimda quldorlar va qullar turmushi

  2. Ta’lim

  3. Memorchilik va haykaltaroshlik

  4. Xristianlikning vujudga kelishi

Rimda quldorlar va qullar turmushi

devorlar o`rab turardi. Rim me'morchiligi yunon me'morchiligidan imoratlari rang-barangligi va muhta­shamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko`p shahar edi. O`sha kezlarda hatto shunday bir maqol to`qilgandi: "Barchayo`llar Rimgaboradi". Minglab qullar o`rmonlar, tog`lar va botqoqlar orqali yo`llar o`tkazdilar. Yo`llar bilan bir qatorda Rim vodoprovodi — suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo`lib, tog`dagi buloqlardan suvning o`zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o`tkazish uchun akveduklar— yuqori qismidan anhorlar o`tkazilgan ko`priklar qurilgan.

Eslab qoling! Rim imperiyasida j qurilish ishlari ayniq sa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko`p qavatli uylar barpo etildi.

Eslab qoling! Barcha xudolar ibo datxonasi - Panteonga Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi kelib o`zi e'tiqod qilgan xudoga sig`inish imkoniga ega bo`lgan.

Ulkan ko`priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo`lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g`ishtdan ikkita ingichka devortiklashgan, ularo`rtasidagi bo`shliqni esa beton bilan to`ldirishgan. Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo`lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi.

O`n minglab tomoshabinlarni sig`diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo`lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga to`ldirish imkonini beruvchi moslama qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo`lmish Kolizey o`tmishdagi ulug`vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan.

Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo`ldi. Rimdagi Panteon shu taxlitda qurilgan (yunonchadan "barcha xudolar ibodatxonasi" ma'nosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi Panteonga kelib o`zi e'tiqod qilgan xudoga sig`inish imkoniga ega bo`lgan: misrlik — Osirisga, yunon — Zevsga, rimlik — Yupiterga ibodat qilar edi. Buyuk g`alabalarni nishonlash uchun muhtasham triumfal arklar barpo etilgan.

Xristianlikning vujudga kelishi

Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losifva uning rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iso tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida Iso sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi loann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. Iso begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo`l poklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.

Eslab qoling! Tit Liviy, Tatsit, Plutarx- Rim tarixchilari.

Eslab qoling! Rimliklar yangi qurilish materiali - betonni kashf qildilar.

Eslab qoling! Xristian dini milodiy I asrda vujudga kelgan.

O`n ikki nafar havoriylari (apostollar) bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, va ularni amalga ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso payg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Isoni yer yuzidagi ilk inson — Odam ato dafn etilgan Golgof tog`ida xochga tortganlar. Iso payg`ambar 3 kunda, dahshatli azoblargirdobidajon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.

Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlardir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoa­la­riga yepiskoplar peshvolik qiladi. Milodiy I asr xristianlik vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar chan­ga­liga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.

Eslab qoling! Iso Masihni yer yuzidagi birinchi odam - Odam ato qabri joylashgan Golgofa tog`ida xochga tortganlar.

IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash.


  • O’qituvchi o’quvchilarni 3-4 ta guruhga bo’lib, mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalarni tarqatib, o’quvchilardan uning izohini so’rash orqali mustahkamlanadi;

  • Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali mustahkamlanadi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

Savol va topshiriqlar

  1. Quldor yoki qashshoq rimlik nomidan hikoya tuzing.

  2. Rim davlatida ta’limning qaysi turlari mavjud bo'lgan, nima- larni o'qitishgan?

  3. Milodiy IV asrdagr Rim me’morchiligining xususiyatlarini ay­ting.

  4. Milodiy IV asrda Rimdagi eng katta inshoot nomini ayting.

  5. Rim Panteoni haqida nimalarni bilasiz?

  6. Iso payg'ambar kim? Xristianlik haqida nimalarni bilasiz?


V. Dars yakunlarini chiqarish.

1. O‘quvchilar savollariga javob berish;

2. Yakuniy umumiy xulosa chiqarish;

3. Faol qatnashgan guruh va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, baholarni e'lon qilish.


VI. Uyga vazifa.

1. O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

2. Mavzudagi asosiy tushunchilar va atamalarni daftarga yozish.

3. Mаvzuni аsоsiy mаzmunini so`zlаb bеrа оlish.



4. Kеyingi dаrsdа o`rgаnilаdigаn mаvzu bilаn tаnishib kеlish.
Download 308,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish