3.3.Samarqand viloyati qishloq turizmining rivojlanish salohiyati ichki tamondan baholash. Oqdaryo tumani qishloq turizmi. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Yangiravot mahallasi «Korateri» qishlog‘i hududida joylashgan. Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Qorateri qishlog‘i. Samarqand shahri markazidan 25km. Ushbu qishloqning 33-maktabida Fransuz tili o‘rgatiladi. Sababi Fransiyadan ko‘plab turistlar aynan Qorateri qishlog‘idagi turistik ob’ektlarga qiziqishi yuqori hisoblanadi. Qorateri qishlog‘ida turistlar Qishloq hayoti va urf-odati bilan yaqindan tanishadilar. Fransuz maktabiga sayohat, O‘zbek milliy an’anaviy marosimlari namoyishi, milliy taomlar tayyorlash va tanovul qilish, tandirga bichak, somsa, non yopish kabi mahorat darslariga katnashadilar. Sayyohlarga tavsiya qilinadigan marshrut “Qorateri” etnoqishlog‘ida bir kunlik sayohat dasturi ishlab chiqildi. Samarqand shahridan – Oqdaryo tumani “Qorateri” etnoqishlog‘iga borish (25 km). Soat 08.30. – 09.00. Qishloq makt abiga kelish. Fransuz tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar bilan uchrashish. “O‘zbek- Fransuz do‘stligi” mavzusidagi darsda ishtirok etish. Soat 09.00. – 11.00. Qishloq oilalari bo‘ylab ekskursya (tomorqasida yetishtiriladigan ekinlarni tomosha qilish va uyda boqiladigan xayvonlar ekskusiyasi. Milliy taomlar tayyorlash (chuchvara, palov, tandirda bichak va somsa pishirish ) mahorat darslariga qatnashish. Bundan tashqari, tumanning xalq ustalari mahoratlari, ko‘p millatli madaniyatining etnografik xususiyatlari, urf-odat va an’analari, o‘zbek milliy an’anaviy marosimlari (chimildiq, milliy to‘y liboslari, yor-yor, kelin salom, beshikboylar, alla) xalq qo‘shiqlari (laparlar), sayyohlar bilan raqsga tushish, tabiiy iqlim sharoitining turli-tumanligi, landshaftlar boyligi va boshqa jihatlari katta qiziqish uyg‘otadi va chet el sayyohligi rivojiga imkon yaratadi. Nurobod tumani qishloq turizmi. Ekstremal va tog‘ turizmi rivojlangan. Nurobod tumani hududidagi «Jom» MFYda “Doktor kobra” turizm maskani. Samarqand viloyatining Qashqadaryo viloyatiga yaqin hududida Nurobod tumanidan o‘tuvchi A 378 avtomogistral yo‘lida joylashgan "Doktor Kobra" turizm maskani o‘z faoliyatini boshlashi bilan nafaqat samarqandliklar balki qashqadaryoliklar orasida ham mashhur maskanga aylanishga ulgurdi. Samarqand shahri markazidan uzoqligi 60 km Zoopark sifatida tashkil etilgan maskanda ko‘plab yovvoyi hayvonlar, parrandalar, jumladan, chiya bo‘ri, burgut, tuyaqush, echkiyemar, jayra, olmaxon, ukki, lochin va 30 dan ortiq ilonlar mavjud. Olamshumul ilon tomoshalarini faqatgina shu yerda tomosha qilish mumkin. Hozirgi kunda “Doktor kobra” turizm maskani ilonlar shou dast uri orqali “Ginnes rekordlar kitobi”ga kiritilishi rejalashtirilgan. Hududda umumiy ovqatlanish, ilon zaxri bilan davolash, kvadrotsiklda sayr qilish kabi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari yaratilgan. Xayvonat bog‘i ekstremal turizm bo‘yicha shov namoyishlari Tog‘lar bo‘ylab sayr qilish kabi turlar bilan tanishadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |