Samarqand viloyatida qishloq turizimini rivojlantirishning geografik xususiyatlari


Xorazm viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari



Download 9,38 Mb.
bet10/24
Sana22.07.2022
Hajmi9,38 Mb.
#835664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Gulmira slayid

Xorazm viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Xorazm viloyatiga sayyohlar tarixiy-madaniy, tibbiyot, gastronomik, yetno, agro, yeko, ziyorat turizm yo‘nalishlarida tashrif buyuradi. Bog‘ot va Xonqa tumanlarida uzumchilik rivojlanganligi bois agroturizm yo‘nalishida degustatsiya markazi tashkil qilingan. Shovot tumanida joylashgan «Yusuf Hamadoniy», Xiva shahridagi “Sayid Mohi Ro‘yi Jahon”, Yangiariq tumanidagi “Shayx Muxtor vali”, Xazorasp tumanidagi “Shoh Pir” kabi ziyoratgohlar obodonlashtiriladi va qo‘shimcha xizmatlar yaratish orqali sayyohlar oqimi oshiriladi. Mavjud tabiiy va sun’iy ko‘llarni qamrab olgan «Xorazm EcoRing» ekoturizm halqasi tashkil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarixiy-madaniy, arxeologik, yeko hamda yetno turizm yuqori salohiyatga yega bo‘lib, hududda «Aqchako‘l», «Ashshiko‘l» sohil bo‘yi rivojlantirilmoqda. “Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati» salohiyatidan samarali foydalaniladi, Chimboy tumanida yetnoturizm va hunarmandchilik rivojlantiriladi. Madaniy meros ob’ektlarini taʼmirlash, muhofaza qilish va zaruriy infratuzilmani yaxshilash choralari ko‘rilmokda Ellikqalʼa tumanidagi Guldursun, Sahtiyon va Mo‘ynoq tumanidagi Do‘stlik fuqarolar yig‘inlari hududida “turizm qishlog‘i” tashkil qilinmokda. Bularning bari O‘zbekistonda turizm industriyasining jadal surʼatlarda o‘sishiga turtki beradi.


 


 
Hududlar

Modiy-madaniy meros ob’ektlari

Jami*

Respublika bo‘yicha foizda

 

Arxeologik

Arxitektura

Monumental

Diqqatga sazavor joylar


1

Samarqand

985

552

36

34

1607

19,9


2

Qashqadaryo

1041

200

43

27

1311

16,3


3

Buxoro

226

507

78

18

829

10,3


4

Toshkent

621

8

73

126

828

10,3


5

Surxondaryo

445

36

39

41

561

6,9


6

Navoiy

340

70

22

5

437

5,4


7

Jizzax

268

100

59

0

427

5,3


8

Andijon

221

74

42

85

422

5,2


9

Farg‘ona

117

139

31

89

376

4,7


10

Toshkent sh.

23

288

43

0

354

4,4


11

Qoraqalpog‘iston Resp.

131

24

89

50

294

3,7


12

Namangan

152

98

8

16

274

3,4


13

Xorazm

34

135

84

6

259

3,2


14

Sirdaryo

26

7

41

4

78

1,0


Respublika bo‘yicha jami

4630

2238

688

501

8057

100


 

Foizda

57,5

27,8

8,5

6,2

100


O‘zbekiston Respublikasida joylashgan moddiy madaniy meros ob’ektlarining hududiy tarkibi (2019 yil)
*Izoh: Moddiy madaniy meros ob’ektlari soni.

II BOB. SAMARQAND VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI HAMDA IMKONIYATLARI


Samarqand viloyati qishloq tumanlarning maydoni va aholisi (2022-y).

Geografik o‘rni va joylashuvi. Samarqand viloyati 15 yanvar 1938 – yilda tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 16,8 ming kv.km yoki respublikamiz hududining 3,7 foizini egallaydi. Hududi jihatdan O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan kichik bo‘lishiga qaramasdan, viloyat aholi soni bo‘yicha respublikada 1 – o‘rinda turadi, bu yerda 1.01.2018-yil ma’lumotiga ko‘ra 3719,6 ming aholi istiqomat qiladi. Bu shundan dalolat beradiki, viloyat aholisining zichligi o‘rtacha mamlakat ko‘rsatkichiga qaraganda ancha yuqoridir.

Samarqand viloyati ma’muriy jihatdan 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharga, 125 ta qishloq fuqorolar yig‘inlari va 1829 ta qishloq aholi punktlari, 1112 ta mahalla va 430 ta shahar mahallalaridan iborat .

Samarqand viloyatida mehnat resurslaridan samarali foydalanish va bandlik darajasini oshirish uchun bizningcha, quyidagi muammolarga ahamiyat berish lozim:

-viloyat aholisi va mehnat resurslari sonining tez o‘sayotganligini hisobga olib tuman va qishloqlardagi aholi manzilgohlarining zichlik, yer resurslari bilan ta’minlanish darajasi hamda aholini ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilashi hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish;

-kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish uchun hudud tabiiy sharoiti va ixtisoslashuvini takomillashtirish;

-aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish.

Samarqand viloyati ma’muriy-hududiy bo‘linishi


 

Qishloq tumanlari

Tashkil topgan yili

Tuman markazi

Maydoni, ming km

Aholisi ming kishi

Aholi zichligi, 1 kv km, kishi

1

Bulung‘ur

29.09.1926

Bulung‘ur sh.

0,76

193,4

254,4

2

Jomboy

07.12.1970

Jomboy sh.

0,55

180,5

328,2

3

Ishtixon

18.05.1943

Ishtixon sh.

0,72

264,4

367,2

4

Kattaqo‘rg‘on

02.02.1929

Payshanba sh-cha.

1,39

282,3

203,1

5

Narpay

29.09.1926

Oqtosh sh.

0,44

219,2

498,2

6

Nurobod

26.11.1975

Nurobod sh.

4,86

156,3

32.1

7

Oqdaryo

25.12.1968

Loyish sh-cha.

0,37

165,1

446,2

8

Payariq

29.09.1926

Payariq sh.

1,29

260,3

201.7

9

Pastdarg‘om

29.09.1926

Juma sh.

0,87

367,3

422.1

10

Paxtachi

12.04.1973

Ziyodin sh-cha.

1,38

147,9

107,1

11

Samarqand

29.09.1926

Gulobod sh-cha.

0,48

261.5

544,7

12

Toyloq

09.04.1992

Toyloq sh-cha.

0,28

210,5

751,7

13

Urgut

31.12.1964

Urgut sh.

1,12

532,5

475,4

14

Qo‘shrobod

03.04.1978

Qo‘shrobod sh-cha.

2,16

136,3

63,1

15

Viloyat bo‘yicha

01.15.1938

Samarqand sh.

16,8

4 031,3

240.0

2.2. Samarqand viloyati qishloq turizmini rivojlantirish omillari

“2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”da esa asosiy e’tibor “...turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilashga, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushini oshirishga, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan”.

Respublikamizda turizm sohasini jadal rivojlantirish, uning xalqaro turistik imidjini yuksaltirish, mintaqalarning turistik salohiyatini kuchaytirish turistik xizmatlarlarni diversifikatsiya qilish, yangi turizm yo‘nalishlari va majmualarini yaratish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, o‘zining tabiati, demografik va ishlab chiqarish salohiyati bilan, shuningdek milliy qadriyatlari hamda hunarmandchiligi bilan yaxshi tanilgan Samarqand viloyatining qishloq turizm salohiyatini baholash dolzarb ilmiy – amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qishloq joylaridagi ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari ekoturizmni muhim obekti bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo‘lgan obektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar (milliy bog‘ va qo‘riqxona) doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o‘simlik hamda hayvonot olami resurslari, ajoyib tabiat kompelkslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Bu hududlarda tabiat ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko‘rsatish sohasi (servis)ni yo‘lga qo‘yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish sohani rivojida hamda qishloq joylarida ko‘pgina yangi ish o‘rinlarini yaralishiga zamin bo‘ladi. Undan tashqari tog‘li hududlardagi xushmanzara joylar nafaqat mahalliy aholini, balki chet ellik sayyohlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Bu imkoniyatlardan qishloq joylarida samarali foydalanish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishimiz lozim:

mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o‘rganib chiqish;

mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini ekoturizm obekti va rekreasiya resursi sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;


Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish