ekoturizm obekti sifatida mavjud tabiat go‘shalaridan tartibli foydalanish; xududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan baholash; tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Turistik faoliyatni amalga oshirgan tashkilotlar
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
Samarqand viloyati
|
42
|
38
|
46
|
48
|
46
|
53
|
56
|
57
|
60
|
68
|
45
|
shaharlar:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Samarqand sh.
|
41
|
37
|
45
|
45
|
42
|
50
|
52
|
53
|
57
|
65
|
41
|
Kattaqo‘rg‘on sh.
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1
|
-
|
-
|
-
|
tumanlar:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oqdaryo
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Bulung‘ur
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Jomboy
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Ishtixon
|
-
|
-
|
-
|
1
|
2
|
-
|
-
|
-
|
1
|
1
|
-
|
Kattaqo‘rg‘on
|
-
|
-
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
-
|
1
|
1
|
-
|
Qo‘shrabot
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Narpay
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Payariq
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1
|
Nurobod
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Pastdarg‘om
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1
|
1
|
1
|
1
|
-
|
-
|
-
|
Paxtachi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Samarqand
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
3
|
Toyloq
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Urgut
|
1
|
1
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1
|
1
|
-
|
-
|
-
| 2.3. Samarqand viloyati qishloq turizimining rivojlantirish imkoniyatlari Turizm sohasini rivojlantirish bevosita, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, turizm turlari va uning barqaror ishlashini ta`minlovchi mexanizmlarni takomillashtirishni taqozo qiladi. O‘zbekistonda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, madaniy tarixiy turizm bilan birgalikda sohaning boshqa tarmoqlarini, xususan ekoturizm, etnografik, gastronomik, sport, rekreatsiya turizmi, qishloq va agroturizm, yoshlar va oilaviy turizm kabilarni rivojlantirish, hududiy tashkil etish va rivojlantirish bugungi kunda soha oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni 2017-2021 yillar oralig‘ida turizm tarmog‘ini samarali rivojlantirish masalasi qo‘yilganligi buning yaqqol misolidir. Chunki, Prezidentimizning “Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni bevosita sohani kompleks rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi. Tabiatning noyob yodgorliklaridan turizmda keng foydalanish katta samara beradi. Chunki, inson bu tabiat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, hamma vaqt uning sir sinoatlari odamni o‘ziga ohangrabodek tortib keladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, inson tabiat qo‘ynidagi sodir bo‘lgan va vujudga kelgan xodisa va jarayonlarni o‘rganishga qiziqishi tabiiy xoldir. Samarqand viloyatida 1105 ta arxeologik, 670 ta me’moriy, 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental, 21 memorial toifaga kiruvchi jami 1851 moddiy-madaniy meros ob’ekti mavjudligi bu boradagi imkoniyatlar nechog‘lik yuqoriligi ko‘rsatadi. Ziyoratchi sayyohlarga Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli (Sherdor, Tillakori, Mirzo Ulug‘bek madrasalari), Bibixonim va Xazrati Xizr masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand tumanidagi Nodir devonbegi kompleksi, Xo‘ja Ahror Valiy masjidi, Urgut tumanidagi G‘avsul A’zam, Xo‘ja Omon, Chor Chinor ziyoratgohlari, Payariq tumanidagi Imom Al Buxoriy majmuasi, Nurobod tumanidagi Xazrati Dovud ziyoratgohlari yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi. Barcha ziyoratgohlarda o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalari orqali jamoat tartibi nazoratga olingan, sayyohlar va mehmonlarning kirish chiqish jarayonlari bevosita turoperatorlar hamda ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Viloyatdagi 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental maskanda 120 dan ortiq madaniyat xodimi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular mehmonlarga tarixiy ob’ektlar haqida ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirishadi. Mavsumda har kuni 100 dan ortiq mehmonxonalarda mahalliy va xorijiy sayyohlarlarga xizmat ko‘rsatilib, shahar markazi, shuningdek, tutash hududlardagi 30 dan ziyod restoranlarda milliy, koreys, rus va yevropa taomlari tayyorlanib, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Tuman va shaharlar nomi
|
Qishloqlar soni
|
Tarixiy obidalar
|
Ma’daniy va etnoturizm
|
Agroturizm imkoniyatlari
|
Gastronomik turizm imkoniyatlari
|
Rekratsiyon va ekologik turizm
|
Diniy, ziyorat turizimi
|
Viloyat bo‘yicha
|
1871
|
++
|
++
|
++
|
++
|
++
|
++
|
Tumanlar
|
|
|
|
|
|
|
|
Bulung‘ur
|
143
|
-
|
_ +
|
+
|
_ -
|
+
|
+
|
Jomboy
|
140
|
-
|
+
|
++
|
+
|
_ ++
|
+
|
Ishtixon
|
165
|
-
|
+
|
+
|
_+
|
++
|
-
|
Kattaqo‘rg‘on
|
172
|
+
|
+
|
+
|
+
|
++
|
+
|
Qo‘shrabot
|
137
|
+
|
+
|
+
| |
_ ++
|
+
|
Narpay
|
117
|
-
|
+
|
+
|
-
|
+
|
+
|
Nurobod
|
94
|
+
|
++
|
+
|
+
|
+
|
+ +
|
Oqdaryo
|
105
|
+
|
+
|
++
|
+
|
++
|
+
|
Payariq
|
210
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Pastdarg‘om
|
164
|
-
|
+
|
+
|
__-
|
_ +
|
-
|
Paxtachi
|
132
|
+
|
+
|
+
|
__+
|
__ +
|
+
|
Samarqand
|
72
|
+
|
++
|
++
|
++
|
++
|
++
|
Tayloq
|
105
|
+
|
+
|
++
|
+
|
+
|
+
|
Urgut
|
115
|
+
|
+ +
|
++
|
_+
|
++
|
++
|
Samarqand viloyatida qishloq turizmini imkoniyatlarini baholash
III BOB. SAMARQAND VILOYATI QISHLOQ JOYLARDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI - O‘zbekistonga kelgan turistik tashriflarning aksariyati Samarqandga kelishadi. Bu viloyat uchun katta imkoniyatdir. Prezidentimiz Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand bugungi kunda 5 mln turistni qabul qilishi kerakligi, bu esa minglab ish o‘rinlari demakdir, deb ta’kidlagan edi.Darhaqiqat, Samarqand viloyati o‘zining ulkan turistik salohiyati bilan jahongamashhurdir.
- Viloyat turizmida transort infrastrukturasining o‘rni nihoyatda katta ahamiyatga ega. Xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari viloyatning aksariyat tumanlarini kesib o‘tadi. Xususan, ular Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq, Urgut, Pastdarg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlarida katta mavqega egadir. Ayni paytda Samarqand shahrining geografik joylashuvida avtomobil yo‘llarining halqasi tumanlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, viloyatdagi aksariyat turistik obektlarning avtomobil yo‘llariga yaqin joylashganligi ham o‘z o‘rnida qishloq turizmni rivojlantirishda qulay sharoitlar tug‘diradi. Shunday qilib, viloyat tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillarning tahlili, birinchidan, bu yerda turli yo‘nalishdagi turizmni rivojlantirish va ikkinchidan, mintaqa hududining turistik geografik nuqtai nazardan ichki tafovutlarga boy ekanligidan darak beradi.
- Samarqand viloyatida 2021—2022-yillarda turizm qishlog‘i va mahallalari soni beshtaga ko‘payadi. 2021—2022-yillarda Samarqand viloyatida 2 ta turizm mahallasi va 3 ta turizm qishlog‘i tashkil etiladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi. Abduhakimovning aytishicha, Samarqand shahrida “Bog‘ibaland” va “Sharq” turizm mahallalari, Urgut tumanida Tersak, Samarqand tumanida Konigil (ikkinchi bosqich) hamda Payariq tumanida Choshtepa turizm qishloqlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. “Mazkur maskanlar orqali ekoturizm, agroturizm, ziyorat turizmi, tibbiyot va gastronomik turizm, etnoturizmni yanada rivojlantirmoqchimiz. Shuningdek, hunarmandlar markazi, suvenir va savdo do‘konlari, oilaviy mehmon uylari ham bunyod etiladi. Eng muhimi, yo‘l ko‘rsatgichlar, turistik haritalar, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari. Turizm va sport vazirining qo‘shimcha qilishicha, ushbu turizm hududlari tashkil etilgach, jami 725 nafar ish o‘rni yaratiladi, yiliga 500 ming nafar sayyoh kelishi hamda yillik daromad 21 milliard so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |