Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining qo'shimcha tarmog'ida samaradorlikni oshirish yo'llari 25
Tannarx va qo' shimcha tarmoqda uni pasaytirish yo'llari 25
Sotish bahosi va qo'shimcha tarmoqda uni oshirish imkoniyatlari 26
Foyda summasi, rentabelik darajasi va qo'shimcha tarmoqda ularni oshirish yo'llari 28
Xulosa va takliflar 32
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 34
2
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuksaltira olgan davlat boy, iqtisodiy qudratli hamda engilmas bo’ladi. O’zbekistonimiz ana shunday istiqboli buyuk mamlakatdir. Jamiyatda islohotlarni o’tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub o’zgarishlarsiz, ya’ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Bunday islohotlar hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Buning isboti o’laroq, O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida” va “Qishloq xo’jaligi kooperativ (shirkat xo’jalik)lari to’g’risida”gi Qonun hujjatlarining qabul qilinishi bu borada muhim dastur bo’lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning tamoyillaridan biri ularda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishda mavjud tarmoqlarni eng yuqori samaradorlik ko’rsatkichlariga muvofiq uyg’unlashtirishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligi sohasida korxonalarning ixtiso- slashuvi deyilganda ularning faoliyati natijasida mahsulotlar-ning avvaldan belgilangan yoki ma’lum bir turlarini ishlab chiqarishga qaratilganligi tushuniladi. Qishloq xo’jaligi korxo-nalarida bu jarayon, odatda ma’lum bir sohalarning qisqarishi tufayli ikkinchi bir soha yoki sohalarning kengayishi bilan bog’liq. Ixtisoslashuvning maqsadi korxona sohalarining ma’lum bir tovar mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashuvidan keladigan daromadlarni ko’paytirish uchun shart - sharoitlar yaratish, mahsu-lotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, chiqimlarni ka-maytirish, mehnat samaradorligini yuksaltirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish resurslarini markazlashtirib, ko’p tarmoqli xo’jalikdan ixtisoslashgan xo’jalikka o’tish, qishloq xo’jaligi oldida samaradorlik hamda sifat ko’rsatkichlarini oshi-rish vazifasi turgan hozirgi iqtisodiy islohotlar chuqurlashayot-gan bir paytda O’zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi ko’rsatkichlari asosida mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’payti-rish, qishloqlarda ijtimoiy muammolarni hal etishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tashkiliy asosining dastagi si-fatida harakat qiladi.
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli ya’ni-ixtisoslashuv ishlab chiqarishning tovar formasi bilan bir paytda paydo bo’lgan. Ular, mehnat taqsimoti tovar ishlab chiqari-lishi rivoji, korxonalar va tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o’rtasida mahsulot almashuvi hamda o’zaro xizmat ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi.
Q
Qishloq xo’jaligida ixtisoslashuvning o’z obyektiga ega bo’lgan turli shakllari mavjud.
Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu hududlarda qulay shart-sharoitlar mavjudligida ifodalanadi. Ayni paytda ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga xos tabiiy va iqtisodiy omillar eng yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi. Chunki bu hisob-kitoblar natijasida mehnat samaradorligining yuqori darajasi va xara-jatlarning qisqartirilishiga erishiladi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi davrida tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning turli ko’rinishlariga ixtisoslashgan yirik hudud-lar tashkil topdi. Bu eng avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla, chorva, sabzavot va meva mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud qishloq xo’jaligi korxonalarining qayta tuzi-lishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi ishlab chiqarishining uzoq muddatli rejalashtirishini nazarda tutadi. Bu rejaning maqsad va vazifalari hududning, tu-manning, viloyatning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari bi-lan belgilanadi. Shu narsani hisobga olish kerakki, hududiy ixtisoslashuvda zaruriy shart-sharoitlar mavjud bo’lganda ham bu hududlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva mahsulotla-rini sanoat tarzida qayta ishlab chiqarishning imkoniyati borli-gi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga erishib bo’lmaydi.
Kurs ishining maqsadi qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni oshirishdagi o’rnining hozirgi holati va kelgusida ular samaradorligini yanada oshirish uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini organish;
Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni oshirishdagi o’rnining hozirgi holatini aniqlash;
Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni ifodalovchi ko'rsatkichlar va ularni hisoblash usullarini yoritish;
Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni oshirish bo’yicha ishlab chiqarishga uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |