Samarqand veterinariya meditsina


Mavzu boyicha organilgan adabiyotlar sharhi



Download 129,65 Kb.
bet3/13
Sana01.06.2022
Hajmi129,65 Kb.
#624239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5276290636494932049

4




  1. Mavzu boyicha organilgan adabiyotlar sharhi.

Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 18 aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning qonuniy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan 70 dan ziyod qonun hujjatlariga, shu jumladan, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga, Yer hamda Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ta’kidlash kerakki, bugun fermerlarimiz qishloq xo‘jaligining asosiy kuchiga aylanmoqda. Ayni paytda respublikamizda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari o‘ndan ziyod yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgani, oxirgi ikki yilda ko‘p tarmoqlilar soni 45 foiz ko‘payib, 75 mingtaga yetgani fikrimiz tasdig‘idir. Binobarin, qishloq mulkdorlarining sa’y-harakati, tashabbusi, izlanishlari tufayli yuz minglab kishilar bandligi ta’minlanayapti.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish barobarida, ularni qayta ishlashi, saqlashi, realizatsiya qilishi, sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar ko‘rsatishi hamda boshqa qonuniy ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin.
Quyida malakaviy kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim adabiyotlarga sharh berib o’tamiz:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2012, 43 - son, 493-modda.

Ushbu farmonda mavjud fermer xo’jaliklari faoliyatini yanada chuqurlashtirishga oid masalalar ko’rib chiqilgan. Qishloq xo’jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo’jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi bo’ldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuyg’usi mustahkamlandi.
Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlarni hamda ishlab chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. 744-son. 19.09.2018.

Fermer xo’jaliklari va to’qimachilik sanoati korxonalari o’rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish doirasida 2018 yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etildi. Joriy yil boshidan buyon paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlari tomonidan ishlarni tashkil etishning ilg’or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, zamonaviy qishloq




xo’jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog’iga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo’shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida. 14.01.2018. 25-son

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 9 oktyabrdagi PF-5199-son Farmoni hamda «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi xodimlari kuni» bayram tadbirida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovasion yangiliklarni tizimli joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora- tadbirlar to’g’risida» 2017 yil 13 dekabrdagi PQ-3432-son qarori ijrosini ta’minlash, fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari, dala chetlari hamda sug’orish va kollektor- drenaj tarmoqlari bo’ylaridagi yerlardan samarali foydalanish orqali ularning daromadlarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilgan.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018

Sizlarga yaxshi ma’lumki, yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligi bo’yicha ham muhim dasturlar, “yo’l xarita”lari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag’batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g’allani moliyalashtirish tartibi o’zgartirilgani, O’zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o’z mablag’larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo’lganini ta’kidlash lozim.

  1. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018 Murojaatnomada ta’kidlanishicha, qishloq xo’jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifamizdir.

Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-to’qimachilik klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. - T.: Ma’naviyat, 2019. - 312 b.

Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.


6


2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan. Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.



  1. Babajanov A., Usmonov Y., Boyqulov J. Qishloq xo’jalik yerlaridan barqaror foydalanishning tashkiliy-xo’jalik va agrotexnik tadbirlari//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2018. -№1 (51). -64-65-b.

Mualliflar jamoasi, qishloq xo’jaligida yer resurslariga to’xtalib o’tar ekan, shunday xulosaga kelishgan. Mamlakatning sug’oriladigan hududlarida yerlardan barqaror foydalanishni ta’minlash birinchi galda qihloq xo’jalik maydonlarining meliorativ holatini yashilash, sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlarini doimiy ishchi holatida saqlash va hokazolar bilan bog’liqdir.

  1. Murtazayev O., Axrorov F. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. -T.: ILM-ZIYO, 2017. Mazkur darslikning 4-bobi “Qishloq xo’jaligda mulk va xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi” deb atalib, 4.4 - “Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari tajribasi” mavzusida quyidagilar yoritilgan: Fermerlik harakati, ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy tajribalar bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib, Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Mamlakatda fermer xo’jaliklarining turli xil shakllari: oilaviy fermerlar, yirik fermer xo’jaliklari, fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi turli xil servis korxonalari va muassasalari, ularning ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.

  1. Rashidov J.., Shavkarov B. Boshqaruv samaradorligini oshirish. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2015. -№1. -3-b.

Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni taklif qilishadi:

  • Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib borish;

  • Xorij tajribalaridan keng foydalanish;

  • Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish;

  • Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish;

  • Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni rag’batlantirish.

  1. Rizayeva F. Fermer xo’jaligini rivojlantirishda xorij tajribasi //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2011. -№12. -38-b.

Muallif fermer xo’jaliklarini samarali rivojlantirish uchun AQSh tajribasiga to’xtalib o’tgan va undan kelib chiqib, respublikada quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya qilgan:

  • fermer xo’jaliklarini mahsulot sotishiga qarab guruhlarga ajratish vash u asosida imtiyozlar berish;


“7


  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorini chukur tahlili asosida marketing dasturini ishlab chiqish;

  • qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi va qo’llab-quvvatlovchi maxsus davlat tashkilotini tashkil etish.

  1. Sultanov R. Fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash - taraqqiyot garovi//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2016. -№11. -44-b.

Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshiriliayotgan keng ko’lamli islohotlar soha rivojlanishining barqarorligini ta’minlab, davlat va jamiyat hayotida fermer xo’jaliklarining tutgan o’rni va ahamiyati tobora ortib borishiga xizmat qilmoqda. Fermer xo’jaliklariga bugungi kunda yaratib berilayotgan imtiyozlar fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, barcha fermer xo’jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish, barcha fermer xo’jaliklari faoliyatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko’paytirish, yer va suvdan samarali foydalanishni tashkil qilish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish, har bir fermerning yanada samarali ish yuritishga chorlashga xizmat qiladi.


8




  1. Qishloq xo'jaligida resurslar salohiyati va fermer xo'jaliklarining ular


Download 129,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish