Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


  3. Innovatsiyalar strategiyasi turlari



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

 


174 
3. Innovatsiyalar strategiyasi turlari 
Strategiyaning ko‘plab turlari mavjud: hujum (mudofaa), 
himoya, oraliq, singdiruvchan, imitatsion, qaroqchi strategiyalari. 
Hujum innovatsion strategiyasi 
yuqori xavf darajasi va 
samaradorligi 
bilan 
xarakterlanadi. 
Hujum 
strategiyasida 
tadqiqotlarga yo‘nalganlik (ko‘p hollarda hatto fundamental 
tadqiqotlarga) eng yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan birgalikda 
darkordir. Strategiyaning ushbu turi yangilik kiritishlarni ishlab 
chiqishda yuksak malakani, ularni tez amalga oshira olish va bozor 
ehtiyojlarini oldindan bilish qobiliyatini talab etadi. U yirik 
birlashma va kompaniyalar uchun, sohada zaif rahbarga ega 
bo‘lgan bir nechta kompaniyalarning ustunlik qilishida 
xarakterlidir. Ammo hujum strategiyasi uncha katta bo‘lmagan 
korxonalar (ayniqsa innovatsion tashkilotlar) tomonidan ham, ular 
kuchlarini bitta yoki ikkita innovatsion loyihada jamlagan taqdirda 
amalga oshiriladi. 
Himoya (mudofaa) strategiyasi 
uncha yuqori bo‘lmagan xavf 
darajasi, 
yetarlicha 
yuqori 
darajadagi 
texnik 
(loyihaviy-
konstruktorlik va texnologik) ishlanmalar va muayyan zabt etilgan 
bozor ulushi bilan xarakterlanadi. Himoya strategiyasida 
korxonalar ishlab chiqarishning yuqori darajali texnika va 
texnologiyasi, ishlab chiqiladigan mahsulot sifati, nisbatan kam 
ishlab chiqarish xarajatlari bilan ajralib, o‘zining bozordagi o‘rnini 
saqlashga urinadi. Bunday strategiyadan raqobatchilik sharoitida 
katta foyda oladigan korxona (firma)lar foydalanadi. Ushbu 
kompaniyalar marketing va ishlab chiqarish sohasida innovatsion 
ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlar 
nisbatan ishonchliroq pozitsiyalarga ega. 
Oraliq strategiya 
raqobatchilarning zaif tomonlarini va 
korxonaning kuchli tomonlarini qo‘llashi, hamda raqobatchilar 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik yo‘qligi bilan (dastlabki 
bosqichlarda) xarakterlanadi. Oraliq innovatsion strategiyada 
korxonalar (asosan katta bo‘lmagan) boshqa, shu jumladan, o‘z 
sohasida ustunlikka ega korxonalar ixtisoslashuvidagi bo‘shliqlarni 
to‘ldiradi. Strategiya tanlashda o‘tkazilgan iqtisodiy vaziyat va 


175 
tashqi muhit tahlili ishlab chiqariladigan yangiliklar to‘plamidagi 
ana 
shunday 
bo‘shliqlarni aniqlaydi. Bunday bo‘shliqlar 
mavjudligi boshqa korxonalar (shu jumladan, yetakchi korxonalar) 
ning kuchsizligi, ularning imkoniyatlari yo‘qligi yoki mavjud 
bo‘shliqlarni to‘ldirish istagi yo‘qligi (masalan, katta bo‘lmagan 
bozor tufayli) bilan tushuntiriladi. Bunday strategiya ko‘pincha 
yangiliklarning bazaviy modellari modifikatsiyalariga nisbatan 
qo‘llaniladi. Misol uchun, kompyuterlarni ilmiy tadqiqotlar, bort 
(samolyot va h.k.) va o‘yin tizimlari uchun ishlab chiqish, 
o‘zlashtirish va bozorda realizatsiya qilish. Yoki boshqa sohalarda 
(mudofaa sanoatida, sog‘liqni saqlash va h.k. sohalarda) 
qo‘llaniladigan asosiy modellar negizida yaratilgan maishiy 
texnika bozori. 
Singdiruvchan 
strategiya 
(litsenziyalashtirish) 
boshqa 
tashkilotlar tomonidan bajarilgan innovatsion ishlanmalarni 
qo‘llashni nazarda tutadi. Innovatsiyalar murakkabligi va yangiligi 
darajasiga ko‘ra shunchalik turli-tumanki, hatto innovatsion 
ishlanmalar bo‘yicha kuchli bo‘linmalarga ega bo‘lgan yirik 
birlashmalar (kompaniyalar) (Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 
loyihalash ishlari xizmatlari) samarali yangilik kiritishlar butun 
spektri bo‘yicha ishlarni amalga oshira olmaydi. Shu bois ularning 
ko‘pchiligi innovatsion siyosatni nafaqat o‘z kuchi bilan qo‘lga 
kiritgan yangiliklarni qo‘llash asosida, balki boshqalar ishlab 
chiqqan innovatsiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda o‘tkazadi. Bu ular singdiruvchan strategiyani boshqa 
(masalan, hujum) strategiya bilan bir qatorda tadbiq etishini 
anglatadi. 
Imitatsion strategiya 
korxonalar boshqa tashkilotlarning 
bozorga chiqqan yangiligini (oziq-ovqat, texnologik, boshqaruv) 
takomillashtirib va modernizatsiya qilib tadbiq etishi bilan 
xarakterlanadi. Ushbu korxonalar ishlab chiqarishning yuksak 
madaniyati, tashkiliy-texnologik imkoniyatga ega bo‘lib, bozor 
talablarini yaxshi biladi, ba’zida esa kuchli bozor pozitsiyalarini 
egallaydi. Bunda yirik korxonalar (kompaniyalar) tomonidan ham, 
kichik innovatsion tashkilotlar tomonidan ham ishlangan va 


176 
o‘zlashtirilgan innovatsiyalar asos qilib olinishi mumkin. 
Ko‘pincha bunday imitator-korxonalar o‘z sohasida va tegishli 
bozorlarda, 
dastlabki 
yetakchi-novatorni 
orqada 
qoldirib, 
birinchilikni qo‘lga kiritishadi. Ma’lum sharoitlarda imitatsion 
strategiya juda yaxshi foyda keltiradigan bo‘lib qoladi. 
Qaroqchi strategiya 
prinsipial yangiliklar oldin ishlab 
chiqarilgan buyumlarning texnik-ekspluatatsion parametrlariga 
(masalan, xizmat qilish muddati, mustahkamligi ortishi) ta’sir 
etganda qo‘llanilishi mumkin. 
Prinsipial yangiliklarning ommalashuvi ularning bozori 
o‘lchamlarining kamayishiga olib keladi. Ushbu strategiyadan 
odatda boshqa soha innovatsion tashkilotlari foydalanadi, ammo 
ular allaqachon ishlab chiqiladigan mahsulotni ishlab chiqarish 
bo‘yicha yangi texnologiya, umuman yangi texnik yechimlarga 
egadir. Bunday strategiyani shu paytgacha kuchsiz bozor 
pozitsiyalariga ega bo‘lgan shu soha korxonalari ham, agar ularda 
muayyan bosqichda yorib chiqish texnologiyalari paydo bo‘lsa, 
tanlashi 
mumkin. 
Qaroqchi 
strategiyasi 
yangiliklarni 
ommalashtirish va amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridagina 
samarali bo‘lishi mumkin. 
Strategiyaning mazkur turlaridan tashqari, korxonalarning 
innovatsion strategiyasi umuman yangi mahsulot (texnologiya)ning 
amalga oshirilishi uchun butkul yangi bozor yaratishga, raqobatchi 
korxonalar mutaxassislarini jalb etishga va yuksak ilmiy-texnik 
imkoniyatlar va innovatsion ruhga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar 
bilan birlashish (ba’zida o‘ziga olish, sotib olish)ga qaratilgan 
bo‘lishi mumkin. Amaliy innovatsion faoliyatda mazkur strategiya 
turlarining birikmasi mavjuddir, shu sababli proporsiyalarni 
belgilash muhim bo‘lib, ularning asosida ushbu strategiyalar 
o‘rtasida resurslar taqsimlanadi. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish