Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Strategiya mohiyati, uning xususiyatlari



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

 
2. Strategiya mohiyati, uning xususiyatlari
“Strategiya” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Tor 
ma’noda strategiya qaror qabul qilish qoidalari majmui sifatida 
belgilanadi; tashkilotga muvozanat va umumiy o‘sish yo‘nalishini 
ta’minlaydigan tizimli yondashuv; beqarorlik sharoitlarida firmaga 
yordam beruvchi vosita. Bu jihatdan strategiyani qaror qabul qilish 
jarayoni, o‘zaro bog‘liq harakatlar majmui, maqsadlarga erishish 
kompleksli rejasi yoki maqsadlarga erishish yo‘li sifatida ham 
ko‘rib chiqishadi. Keng ma’noda strategiyani qo‘yilgan 
maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish uchun 
qo‘llanadigan tamoyil, usul, harakat vosita va yo‘llari majmui 
sifatida ta’riflanadi. 
Korxonalar (ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari, firmalar) 
o‘z faoliyatida (ishlab chiqarish, innovatsion) qo‘llagan strategiya 
tamoyillari uning ko‘p tomonlarini qamrab olib, quyidagilarda 
qo‘llaniladi: 1) faoliyatning hozirda va kelajakdagi natijalarini 
baholashda; 2) tashkilotning tashqi muhit bilan munosabatlarini 
belgilashda, bunda muayyan innovatsion ishlanmalar, ularning 
amalga oshirish o‘rni va raqobatchilar ustidan ustuvorlikka erishish 
yo‘llari asoslab beriladi; 3) tashkilotning ichki munosabatlarini 
o‘rnatishda (masalan, Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash 
ishlari xizmatlari va marketing o‘rtasidagi munosabatlar) va tezkor 
faoliyatni 
amalga 
oshirishda. 
Strategiya 
uchun 
quyidagi 
xususiyatlar xarakterlidir: strategiyani tanlash jarayoni korxona 
pozitsiyalarini mustahkamlaydigan umumiy yo‘nalishlarni aniqlash 
bilan tugaydi; u rivojlanishning samarali yo‘llari va imkoniyatlarini 
aniqlashda yordam beradi; umumlashtirilgan va har dom ham aniq 


172 
bo‘lmagan ma’lumotlar ishlatiladi; teskari aloqa ma’lumotlari 
(reklamatsiya, iste’molchilar talablari va h.k.) keng qo‘llaniladi. 
Strategiya va orientirni ajratish lozim. Orientir - bu 
tashkilot intilgan maqsad, strategiya esa – maqsadga erishish 
vositasidir. Bitta orientirda samarali bo‘lgan strategiya, korxona 
(firma) orientirlari o‘zgarganda boshqacha bo‘ladi. Strategiya va 
orientir o‘zaro bog‘liq va o‘zaro almasha oladi. Shu asnoda, ba’zi 
ko‘rsatkichlar, masalan, bozor ulushining ortishi, rentabellik 
darajasining oshishi, ma’lum bir vaqtda tashkilot uchun orientir 
bo‘lib, boshqa vaqtda – uning strategiyasi bo‘lishi mumkin. 
Boshqarishning yuqori darajalarida (soha, vazirlik) bozor 
ulushining ortishi strategiya bo‘lib, pastkilarida esa (korxona, 
birlashma) orientirga aylanadi. 
Innovatsiyalar 
strategiyasi 
zarurati 
asosan 
korxona 
(tashkilot, birlashma) ning tashqi muhitidagi keskin o‘zgarishlar 
sodir bo‘lganda vujudga keladi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar 
kiradi: 

bozorning to‘yinganligi va talabning kamayishi; 

ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi radikal 
o‘zgarishlar; 

ishlab chiqarish diversifikatsiyasi va natijada – yangilik 
kiritishlarning bozor assortimentining kengayishi; 

bozorda prinsipial yangiliklar paydo bo‘lishi; 

yangi raqobatchilar xavfi. 
Strategiya zarurati jamiyat tomonidan, misol uchun, keskin 
ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarda bo‘lgan talablari korxonani o‘z 
orientirlarini keskin o‘zgartirishga majbur qilganda ham vujudga 
keladi.
Innovatsiyalar 
strategiyasini 
ishlab 
chiqish 
korxona 
(korporatsiya, birlashma) ning umumiy maqsadini ifodalashdan 
boshlanadi. Umumiy maqsad ifodalangandan so‘ng aniq maqsadlar 
belgilanadi. 
Aniq maqsadlarga erishuvchanlik ularning strategiya amalga 
oshishi davrida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatdagi realistikligiga 
bog‘liq. Ularning realistikligini iqtisodiy vaziyatni bashoratlash, 


173 
tashqi muhit o‘zgarishi asosida ta’minlanadi. Bunda siyosiy, 
iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va ekologik omillar tahlil etiladi. 
Bashoratlashning 
asosiy 
maqsadi 
– 
korxonalar 
qulay 
imkoniyatlardan foydalanish uchun nima qilishi kerakligi va 
iqtisodiy vaziyatning kelgusidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq 
tahdidlarga qanday javob berishi lozimligini aniqlashdir. Tashqi 
muhit, iqtisodiy vaziyat o‘zgarishini bashoratlash ahamiyati 
innovatsion strategiyaning so‘nggi ta’riflanishida quyidagilardan 
iborat: 

kelgusi xavflar va qulay imkoniyatlarni aniqlash; 

kutilmagan hodisalarni istisno qilish; 

yangi raqobatlashuvchi texnologiya (buyum, mahsulot)larni 
izlash. 
Innovatsilar strategiyasini so‘nggi tanlov va ifodalashda 
korxona (tashkilot) ning imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Shu 
sababli uning faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini tahlil etish 
lozim. Korxonaning kuchli tomoni - texnik ishlanmalarning ilmiy 
salohiyati va darajasi, zaif tomoni esa – ishlab chiqarish xarajatlari 
va mahsulot tannarxi darajasi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda 
innovatsion rivojlanish strategiyasini prinsipial yangiliklarni ishlab 
chiqish va chiqarishga asoslash maqsadga muvofiqdir. Agar 
korxonaning kuchli tomoni bozorning o‘rganilganligi, uning 
ma’lum ulushini qo‘lga kiritishda bo‘lsa, innovatsion rivojlanish 
strategiyasi, ehtimol, bozor ulushining ortishi va bozorning 
o‘zlashtirilgan 
mahsulot 
modifikatsiyalarini 
yaratish, 
buyumlarning tuzilishiga bo‘lgan funksional o‘zartirishlar kiritish 
va hokazolar bilan erishilgan assortiment siljishlar hisobidan 
kengayishiga asoslanadi. Oldindan aniqlangan va asoslangan 
maqsadga erishish yo‘llari (“qay tarzda?”) va iqtisodiy vaziyat, 
tashqi muhit bashoratlarining (“qanday imkoniyatlar bo‘ladi?”) 
ichki muhit, ichki imkoniyatlar tahlili natijalari bilan qiyoslanishi 
(“korxona nima qila oladi?”) innovatsion strategiyaning so‘nggi 
tanlovi uchun asos bo‘ladi (“korxona nima qiladi?”). 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish