315
Tayanch iboralar
Diskont
stavka,
innovatsion
loyiha
samaradorligi,
Innovatsion loyiha narxi, Blek-Skoulz modeli, WACC modeli,
FCFE uslubida pul oqimlari, CAPM modeli
Nazorat savollari:
1. Innovatsion loyihaning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha
uning asosiy xatarlarini ajratib ko‘rsating.
2. Loyihani amalga oshirish va uning samaradorligini
nazorat qilish usullarini ko‘rsating.
3. Diskont stavkasini aniqlashning asosiy yondashuvlarini
aytib bering.
4.
Innovatsion
loyiha
samaradorligining
asosiy
parametrlarini ko‘rsating.
5. Innovatsion loyiha narxini baholashning asosiy
yondashuvlarini sanab o‘ting.
6.Innovatsion loyihalarning samaradorligi va narxini
baholash amaliyotidagi asosiy cheklovlarni ko‘rsating.
316
13-Mavzu. Davlat innovatsion siyosati
Reja
1. Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi va uning
asosiy yo‘nalishlari
2. Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish
usullari
3. Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari
1. Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi va uning
asosiy yo‘nalishlari
Davlat
innovatsion
siyosati
innovatsion
faoliyatni
kuchaytirish, uning samaradorligini oshirish va natijalarini
mamlakatning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy
ehtiyojlarni to‘liq qondirish maqsadida keng qo‘llashga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir. U uch bosqichdan iborat:
innovatsion faoliyat rivojlanishining ilmiy asoslangan
konsepsiyalari (qarashlar tizimi) ning ishlanmasi – innovatsion
salohiyat holatining tahlili asosida amalga oshiriladi;
davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning
asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan qo‘yilgan
maqsadlarni bajarish bo‘yicha amaliy harakatlarni amalga oshirish.
Innovatsion siyosatda ikki yo‘nalishni ajratish lozim –
strategik va taktik. Davlat innovatsion siyosat strategiyasi
mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
va
ijtimoiy-siyosiy
rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllanadi.
Innovatsion siyosat strategiyasini tanlash davlat tomonidan
innovatsion faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarni
belgilashni
va
ilmiy
salohiyatni
qo‘llashni, innovatsion
rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga muvofiq bosh
maqsadlarni belgilashni taqozo etadi. Taktika esa ulkan
samaradorlik bilan ushbu maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan
joriy maqsadlar va aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi.
Taktik vositalar – bu tadqiqot va loyihaviy-konstruktorlik
ishlanmalarni
moliyalashtirish,
moddiy-texnik
va
axborot
317
ta’minoti, kadrlarni saralash, innovatsion rivojlanish chora-
tadbirlarini amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy shart-
sharoitlarni yaratish.
Davlat innovatsion siyosatning, uning shakllanish usullari va
innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarining
samaradorligi ma’lum darajada ilmiy-texnik yetakchilikda o‘z
aksini topadi. U xalqaro miqyosda namoyon bo‘ladi: ilmiy-texnik
axborot natijalari (litsenziyalar, patentlar va h.k.)ni eksportini
kengaytirish, tayyor yangiliklar eksportini ko‘paytirish, boshqa
mamlakatlarga beg‘araz ilmiy-texnik innovatsion keng yordam
ko‘rsatish. Ilmiy-texnik yetakchilik – bu davlat innovatsion
siyosatini shakllantirish va olib borish bo‘yicha tanlangan strategik
yo‘l va taktik harakatlar to‘g‘riligini isbotlashdir. Ilmiy-texnik
yetakchilik tadqiqotlar yo‘nalishlarining to‘g‘ri tanlanganligi
natijasidir (selektiv va frontal usullarini qo‘llash). To‘g‘ri tanlov
rivojlanishida
ustuvorlikka
ega
bo‘lgan
yo‘nalishlarda
yetakchilikka olib kelishi lozim.
Davlat innovatsion siyosati asosan innovatsion jarayonlarni
amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, axborot
va
ijtimoiy-psixologik
sharoitlarni
yaratishga
qaratilgan.
Innovatsion
siyosatning
ushbu
sharoitlari
va
shakllanish
usullarining turli-tumanligi davlat tomonidan innovatsiyalarni
qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Davlat
tomonidan
innovatsiyalarni
qo‘llab-quvvatlashning
asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1) ilmiy (fundamental, izlanish, amaliy) tadqiqotlar,
avvalambor, istiqbolli yo‘nalishlarning rivojlanishiga yordam
ko‘rsatish;
2) innovatsion faoliyatning kadrlar bilan ta’minlanishi;
3) innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan ishlanmalarga
(hukumat idoralari doirasida) ko‘maklashish;
4) keyinchalik (ichki va tashqi) bozorda keng tarqaladigan
ko‘pgina yangiliklarga boshlang‘ich talabni ta’minlaydigan
innovatsion ishlanmalarni o‘tkazishga shartnomalar ko‘rinishida
davlat buyurtmalarini shakllantirish;
318
5) davlat tomonidan tartibga solishning ayrim firma
(korxona) larning innovatsion qarorlari zarurligi va samaradorligini
ta’minlaydigan, tashqi muhitning kuchaytiruvchi ta’sirlarini
shakllantiradigan fiskal va boshqa vositalarini qo‘llash;
6) davlatning turli fan sektorlari (akademik, sohaviy, otm va
zavod) ning samarali o‘zaro ta’sirini tashkil etishda va innovatsion
ishlanmalar sohasida sanoat firmalari (korxonalar, aksionerlik
jamiyatlari) va oliy ta’lim muassasalari (universitet, akademiya,
institutlar) o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirishda vositachi rolida
ishtirok etishi;
7) hududlarda innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;
8) innovatsion faoliyatning huquqiy bazasini yaratish;
9) innovatsion jarayonlar sohasida xalqaro aloqalarni tartibga
solish.
Keyingi ikki yo‘nalish davlatning innovatsion faoliyatni
qo‘llab-quvvatlashda ishtiroki nuqtai nazaridan muhimdir. CHunki
innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish davlatning alohida
imtiyozidir, innovatsion jarayonlar sohasida xalqaro aloqalarni
tartibga solish ham davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsion faoliyatda davlat tomonidan xalqaro aloqalarni
tartibga solish shakllari turli-tumandir. Ayrimlarini sanab o‘tamiz:
xorijiy innovatsion investitsiyalarni rag‘batlantirish;
eng istiqbolli, ustuvor hamkorlik yo‘nalishlarini asosli
tanlash;
innovatsion
ishlanmalar
(texnologiya,
mahsulot,
retsepturalar) ning bojxona tomonidan tartibga solinishi va eksport
nazorati;
kichik innovatsion tadbirkorlikning xalqaro kontakt (aloqa)
larini qo‘llab-quvvatlash;
ko‘p tomonlama (ikki tomonlama) xalqaro innovatsion
loyihalarni moliyalashtirish;
qo‘shma innovatsion loyiha va ishlanmalarni amalga
oshirishda ishtirok etadigan mamlakatlar (yoki tashkilotlar) uchun
maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qo‘llash;
mamlakatda xalqaro standart va me’yorlarni joriy etish.
319
Bundan tashqari, ushbu sohada davlat tomonidan tartibga
solish
shakllariga
quyidagilar
kirishi
mumkin:
xorijiy
mamlakatlarga ilmiy-texnik ko‘makni kengaytirishning federal
dasturlari; ma’lum darajada innovatsiyalar masalalari bilan
shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, OESR,
YUNIDO, YUNKTAD, MAGATE) ishida ishtirok etish; xalqaro
kelishuvlarga qo‘shilish (masalan, intellektual mulk huquqlarini
muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga); xalqaro innovatsion
aloqalarni yuridik jihatdan tartibga soluvchi maxsus qonunchilik
akt
va
me’yorlarni
yaratish;
xalqaro
patent-litsenzion
operatsiyalarda ishtirok etish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |