«O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI»
10 mavzu:O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Reja: Reja: 1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi va yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli. 2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning qabul qilinishi va unda belgilangan vazifalar. 3. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. 4. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda ilm-fan sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshlangan. Avvalo, Prezidentning 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi. 1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan.
Prezident farmoni bilan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasining tashkil qilinishi bilan Fanlar akademiyasining mavqei oshdi. 1997 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida 8 ta bo‘lim, 135 ta akademik, 156 ta Fanlar akademiyasining muxbir a’zolari faoliyat ko‘rsatgan.
Respublikada ilm-fanni yanada rivojlantirish maqsadida Fanlar akademiyasining faoliyati yanada takomillashtirildi, shuningdek, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki Ishlar vazirligi qoshida Ichki Ishlar akademiyasi, Toshkent Tibbiyot akademiyasi,Nukus va Samarqandda Respublika Fanlar akademiyasining bo‘limlari ochildi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-tadqiqot kompleksi 362 ta institutni birlashtiradi.Ular orasida 101ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 55 ta oliy o‘quv yurtlarining bo‘limi, 65 ta ilmiy loyiha tashkilotlari, 32 ta ilmiy -ishlab chiqarish birlashmalari, 30 ta ilmiy axborot markazlari mavjud. Respublikada 46 mingga yaqin kishi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ularning orasida 2,8 ming fan doktori, 16 ming 100 dan ortiq fan nomzodlari bor. Ilm-fanning 20 dan ziyod yo‘nalishida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |