2-mavzu. Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish



Download 34,63 Kb.
bet1/4
Sana17.01.2022
Hajmi34,63 Kb.
#383198
  1   2   3   4
Bog'liq
2 TEMA



2-MAVZU. INNOVATSION FAOLIYATNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni rivojlantirish zaruriyati.“Innovatsion faoliyat” to‘g‘risidagi qonunning mazmun va mohiyati.

2.Innovatsiya haqidagi asosiy tushunchalar.

3. Innovatsion faoliyatning ob'ekt va sub'ektlari.

4.Innovatsiya iqtisodiyotning asosiy omillari va belgilari.

5. Rivojlanishning innovatsion turi va ijtimoiy jihatlari.


Tayanch so‘zlar: innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanish, me'yoriy xujjatlar, modernizatsiya, ilmiy tadqiqot, yondashuv, innovatsion siyosat.
Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini va raqobatbardoshligini ta'minlash, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda har bir davlat o‘z iqtisodiyoti barqarorligini ta'minlash, aholi farovonligini oshirishda innovatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta e'tibor qaratmoqda. Shu maqsadda respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan.

Rivojlangan mamlakatlarning hozirgi taraqqiyot bosqichida innovatsion iqtisodiyotga o‘tilayotgan bo‘lib, u turli faoliyat sohalarida yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali tizimiga asoslanadi. Mamlakatimizda mustaqillikkacha bo‘lgan davrda kapitalni shakllantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni amalga oshirish prinsiplari uzoq muddatli ob'ektlarni ishga tushirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining yetarlicha darajasini ta'minlamadi.

Tabiiy resurslar mavjudligi va cheklanganligi muhim rol o‘ynagan davrda texnologik rivojlanishni jadallashtirish uchun ularni iloji boricha samarali ishlatish lozim. Arzon, nochor ishlardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish davri tugagan bo‘lib, asosiy mavjud resurs manbalaridan samarali foydalanishda innovatsiyalar yordam beradi va iqtisodiyotni rivojlantirishni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Hozirgi kunda biz innovatsion kashfiyot strategiyasini tanlash va amalga oshirish, tubdan yangi texnologiyalarni qo‘llash hamda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish, eskirgan ishlab chiqarish texnika-texnologiyalarini yangilash, mamlakatning innovatsion rivojlanish yo‘llariga o‘tish zaruriyati qarshisida turibmiz. Faqat shu asosda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanishning yuqori sur'atlarini ta'minlashimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda innovatsiyalarning nazariy va uslubiy asoslarini ilmiy jihatdan asoslash, davlat innovatsion siyosatining samarali ishlashini ta'minlash va qulay innovatsion iqlimni yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish tanlangan mavzuning maqsadi bo‘lib, unga erishish uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Jumladan1:

– o‘tish davri iqtisodiyotida innovatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aniqlash;

– innovatsion rivojlanish strategiyasini belgilash;

– sohada innovatsion faoliyatning asosiy rag‘batlantiruvchi omillarini o‘rganish;

– milliy innovatsion tizim muammolarining sabab-oqibatlarini aniqlash;

– innovatsion ishlanmalarni yaxshilash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

–korxonalarining innovatsiyalarga tayyorligi darajasi va ularga to‘siq bo‘ladigan omillarni hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Ta'kidlash joizki, innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda investitsiya muhim ahamiyat kasb etishi barcha olimlar va amaliyotchilar tomonidan tan olingan. Shu bois, o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligida investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotida yuz bergan kuchli inflyasiya bosim bilan murakkablashgan chuqur tuzilmaviy inqirozda bo‘lganligi sababli, birinchi navbatda, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning mavjud aktivlarini to‘ldirish uchun kiritildi. Natijada innovatsion faoliyatga bo‘lgan e'tibor kamaydi, milliy iqtisodiyot zarur bo‘lgan yangi texnika va texnologiya vositalaridan mahrum qilindi hamda uning moddiy-texnika bazasi jismoniy va ma'naviy jihatdan yuqori darajada eskirdi.

O‘tgan davrlarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash yaxshilangan bo‘lsa-da, mamlakatimiz uchun jiddiy muammo mablag‘lar manbalarining yetishmovchiligi emas, balki ulardan to‘g‘ri foydalanilmaganligi bo‘ldi. Shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotning bugungi bosqichi innovatsion faoliyatni faollashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida yangi asosiy vositalarni yaratish, sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish, ya'ni innovatsion faoliyat ko‘lamini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Milliy iqtisodiyotda innovatsiya faoliyati samarali ishlashi uchun, fikrimizcha, zamonaviy talablarga javob beradigan yo‘nalishda rivojlantirish zarur. Ushbu soha taraqqiyoti mamlakatning barcha makroiqtisodiy tizimida innovatsion faoliyatni kengaytirishni ta'minlaydigan va shu tariqa milliy innovatsion salohiyatni oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadigan iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirishga olib keladi.

Innovatsiya jarayonlari uchun resurs bazasi sifatida ushbu sohadagi boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolarga barham berish va investitsion faoliyat doirasini kengaytirish juda ustuvor vazifa hisoblanadi. Ushbu muammolarni hal qilishda innovatsion loyihalarni iqtisodiy baholashda nazariy va uslubiy yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Biroq bu boradagi qarorlarni iqtisodiy baholash bo‘yicha mavjud rasmiy metodik materiallar bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob bermaydigan prinsiplarga asoslanganligi yana bir muammoni keltirib chiqaradi. Masalan, ular rentabellik indikatoridan foydalanmaydi; moliyalashtirish uchun loyihalarni tanlash va ularni qiyosiy tahlil qilish uchun aniq qoidalar yo‘q; innovatsion loyihalar samaradorligini hisoblash metodologiyasi juda murakkab va aniq emas. Natijada innovatsion loyihani tanlash odatda ma'muriy tuzilmalarning kuchli istaklari bilan amalga oshiriladi.

Eng muhimi, innovatsion loyihani amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va uni tashkilotning pozitsiyasiga so‘nggi ta'sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan baholash imkonini beradigan aniq nazariy va uslubiy qoida yo‘qligi. Bu holatda biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini shakllantirishni nazarda tutishimiz – loyihani yaratish va amalda tatbiq etishda investitsiya mablag‘larining qaytib keladigan parametrlarini aks ettiradigan investitsiyalar oqimini e'tiborga olishni tavsiya etamiz. Bu yo‘nalish faqat diskontlash xarajatlari va investitsiya natijalari tizimida vujudga kelib, zaif tasavvurga barham berish imkoniyatini hosil qiladi.

Xulosa qilib aytganda,bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni rivojlantirish milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini ta'minlash bilan bir qatorda jahon bozorlarida mahsulot raqobatbardoshligini va aholi turmush farovonligini oshiradi.
Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo‘liga o‘tish nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyotining qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida to‘planib qolgan muammolarni, balki ushbu tarmoq oldida turgan asosiy vazifalarni ham hal etish zarurligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda innovatsion faoliyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Mazkur omildan imkon qadar ko‘proq foydalanish mamlakatimizda agrosanoat majmuining barqaror rivojlanishini ta'minlashning yagona yo‘lidir. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar jadallashib, jahon iqtisodiyotining globallashuvi kuchayib borayotgan sharoitda mamlakatimiz qisqa muddatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning innovatsion yo‘liga jadal o‘tishni amalga oshirishi, iqtisodiyotning ushbu strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarmog‘ini zamon talablariga javob beradigan sifat jihatdan yangi texnik-texnologik asosda tiklashi lozim. Aks holda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i rivojlanishdan ortda qoladi va o‘zining raqobatbardoshligini ta'minlay olmaydi2.

Hozirgi kunga qadar qishloq xo‘jaligining rivojlanishi eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, nafaqat qishloq aholisi, balki mamlakatimiz aholisining moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo‘lgan yerimizning unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy bog‘liqdir.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning samaradorligiga bog‘liq. Innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanib boradi. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon bozoriga integratsiyasini kuchaytiradi.

Mamlakatlar iqtisodiyoti turi va rivojlanish darajasiga qarab, asosan, xom-ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyot, industrial iqtisodiyot, postindustrial iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot va innovatsion iqtisodiyot yoki bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarga bo‘linadi. Innovatsion iqtisodiyot iqtisodiyotning eng yuqori rivojlangan turi hisoblanadi va u uchun bilimli jamiyat xosdir.3

Hozirgi kunda fan -texnika yutuqlarini keng joriy etish va undan samarali foydalanish uchun turli mexanizmlar va institutsional tuzilmalar, ya'ni milliy innovatsion tizim shakllanmoqda. Qishloq xo‘jaligini barqarorlashtirishda qishloq xo‘jaligini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Respublikamizda xar yili o‘tkaziladigan “Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma-savdosida Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Avstriya, Bolgariya, Belarus, Niderlandiya, Eron, Rossiya, Turkiya kabi dunyoning 24 davlatidan 195 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqdalar. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan ixcham liniyalar, qadoqlash minitexnologiyalari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va bog‘dorchilik uskunalari, ozuqa tayyorlash, bog‘dorchilik va uzumchilik sohasi uchun minitexnika hamda uskunalar, o‘simliklarni himoya qiladigan kimyoviy moddalar, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha keng turdagi mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda innovatsion jarayonlarni chuqurlashtirishga va innovatsiya bazasini mustahkamlash uchun barcha zarur ijtimoiy-iqtisodiy asoslar mavjud. Biroq agrar sohani innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, yoki boshqacha aytganda, innovatsion loyihalarni bir, hatto bir necha fermer xo‘jaliklari miqyosida ham amalga oshirishda muammolar mavjud, chunki:

birinchidan, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sub'ektlar hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqot ishlariga buyurtma berish hamda tadqiqotlarni moliyalashtirishda ishtirokining sustligi;

ikkinchidan, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda tadqiqot olib borish va ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishni ham xo‘jalik sub'ekti o‘zi amalga oshira olmaydi;

uchinchidan, yangi texnologiya, yangi navlardan foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarning yetarli darajada bilimlarga ega emasligi, ular olimlar va mutaxassislar xizmatidan foydalanishlari zarur, shuningdek, mahsulotni qayta ishlash va sotishda ham fermerlar ma'lum darajadagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar;

to‘rtinchidan, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari tomonidan tayyorlangan innovatsion ishlanmalarga ishlab chiqaruvchilarning talabi yetarli darajada emasligi, ular o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud emas; beshinchidan, ayrim qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning masuliyatsizligi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishni, yuqori samara beradigan yangi mashinalar va asbob - uskunalarni, agrotexnika va zootexnika usullarini, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni yangi metodlarini joriy etishni taqozo qiladi. Eng samarali usul va metodlarni tanlash va joriy etish uchun ularni oldindan tekshirib ko‘rish, ularga tashkiliy - iqtisodiy jihatdan baho berish talab qilinadi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida bunday baho berish milliy iqtisodiyotning samaradorlik mezoni, ya'ni ijtimoiy mehnat unumdorligining oshirish asosida amalga oshiriladi, mehnat unumdorligining oshishi esa ishlab chiqarish hajmini va milliy daromadni o‘stirishda ifodalanadi. Bunga har bir qishloq xo‘jalik korxonasida ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va mahsulot sifatini yaxshilash, mahsulot birligiga sarflanadigan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlarini qisqartirish, sof daromadni orttirish asosida erishiladi. Bu qoidalarga asosan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishning yangi usul va metodlari iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: bir gektar yer hisobiga va bir bosh molhisobiga olinadigan yuqori sifatli mahsulot miqdori; mehnat unumdorligi; mahsulot tannarxi; sof daromad va rentabellik; kapital mablag‘lar va ularning o‘z o‘rnini qoplashi. Mazkur ko‘rsatkichlar bir - biri bilan bog‘langan va bir - birini taqozo qiladi. Mahsulot miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning sifati yaxshi bo‘lsa, mehnat unumdorligi yuqori, tannarxi arzon bo‘lsa, sof daromad ko‘p va rentabellik yuqori bo‘lsa, kapital mablag‘lar shuncha kam talab qilinadi va ular tezroq o‘z o‘rnini qoplaydi, yangi usul va metodlarning iqtisodiy samaradorligi shu qadar yuqori bo‘ladi. Yangi usul va metodlar, agar zarur bo‘lib qolsa optimallashtiriladi. Bu optimallashtirish xo‘jalik vazifalarini hal qilish uchun mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda juda ko‘p, xilma - xil variantlardan eng samaralilarini tanlab olish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasida innovatsion muhitni rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarida bozor o‘zgarishlarini hisobga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish masalalariga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Chunki hozirgi globallashuv jarayonida mamlakatda mavjud yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining uzviyligini ta'minlash, ularda innovatsion faoliyatini rivojlantirish va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlash talab etiladi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697 sonli qaror bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Qarorda mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratilgan.

Innovatsiya iborasi inglizcha “innovation” so‘zidan olingan bo‘lib, yangi ilmiy texnik yutuqni ifodalab, yangi mahsulotni amalda qo‘llanilish jarayoniga aytiladi.

«Innovatsion salohiyat» atamasi negizida, ko‘rinib turibdiki, avvalambor, «innovatsiya» so‘zi, ushbu so‘z negizining o‘zida esa, «novatsiya» so‘zi yotadi. O‘zbek tili lug‘atiga bu so‘zlar xorijiy tillardan kirib kelgan. Chunonchi, inglizcha «innovation», ruschasiga «innovatsiya» so‘zi lug‘atlarda «novovedenie», «novatorstvo» sifatida talqin etilgan Rus tilida berilgan talqinga ko‘ra bu so‘z o‘zbek tiliga «yangilik kiritish», «yangi usul», «kiritilgan yangilik» kabi ma'nolarda tarjima qilingan va izohlangan. O‘zbek tili izohli lug‘atida «Innovatsiya» atamasiga – texnika va texnologiyaning yangi turlari (avlodlari)ni joriy etish maqsadida iqtisodiyotdan sarflangan mablag‘lar tushunchasi sifatida keltirilgan. «Novatsiya», lotincha «novation» so‘zi rus tilidagi lug‘atlarda «izmenenie», «obnovlenie», o‘zbek tili lug‘atlarida esa «o‘zgarish», «yangilanish» ma'nosida talqin etilgan. 4


«Innovatsiya» atamasi maxsus lug‘at va adabiyotlarda ham turlicha ta'riflangan hamda izohlangan. Xususan, rus tilida chop etilgan «Bolshoy buxgalterskiy slovar»da innovatsiya atamasiga

1) «texnika va texnologiya avlodini almashtirishni ta'minlash maqsadida iqtisodiyotga mablag‘ kiritish;

2) «ilmiy-texnik yutuqlari natijasi hisoblangan yangi texnika va texnologiya» mazmunlarida ta'rif berilgan.

«Innovatsiya» mohiyatan murakkab va ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu iqtisodchi olimlar yondashuvidagi farqlar bilan ham izohlanadi.

Rus olimi V.A. Makarenko tahriri ostida nashr etilgan zamonaviy tushuncha va atamalar lug‘atida «innovatsiya» atamasiga kengroq ta'rif berilgan. Ushbu lug‘atda “innovatsiya” atamasi quyidagi mazmunda bayon qilingan: “innovatsiya”:

- texnika va texnologiya avlodi almashinuvini ta'minlash maqsadida iqtisodiyotga mablag‘ yo‘naltirish;

- fan-texnika taraqqiyotining masuli bo‘lgan yangi texnika, texnologiyadan foydalanish;

- yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, sintezlash, yangi nazariya va modellarni yaratish va ularni hayotga tatbiq etish;

- individual tusdagi, takrorlanmas, siyosiy dasturlarni amalga oshirish.

Adabiyotlarda innovatsiya atamasiga «yangilanishga qilingan investitsiya», «yangi jarayon, mahsulot, xizmatlarni amaliy o‘zlashtirish natijasi», «yangi texnika yoki texnologiyaga», mehnatni tashkil qilishga, xizmat ko‘rsatishga, boshqaruvga va boshqa maqsadlarga kiritilgan izohlar tariqasida ham berilgan. Shuningdek, innovatsiyaga yangilikni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatish jarayonlari, bu jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi faoliyat sifatida ham ta'riflar berilgan5

Innovatsion nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombrat, V.Mitcherxil, Y.Shumpeter tadqiqotlariga to‘g‘ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasining shakllanishi va rivojlanishiga, dastlab, avstriyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning hissasi katta bo‘lgan. U innovatsion kon'yunktura siljishlari manbalarini tahlil qilish natijasida, ishlab chiqarishning yangi omillarini ajratdi va ularga quyidagilarni kiritdi:

- yangi xususiyatlarga ega mahsulotni ishlab chiqarish;

- yangi ilmiy kashfiyot yoki tijoratlashtirish usuliga asoslangan ishlab chiqarishning yangi uslubini joriy etish;

- sanoatning mazkur tarmog‘ida taqdim etilmagan, yangi savdo bozorlarini o‘zlashtirish;

- xomashyoning yangi manbasidan foydalanish;

- ishlab chiqarishni tegishli tarzda qayta tashkil etilishini amalga oshirish, monopollikni ta'minlash. Y.Shumpeter tomonidan XX asrda innovatsiya tushunchasi iste'mol tovarlarining yangi turlari ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkiliy shakllarini sanoatga tatbiq etish va ulardan foydalanish maqsadidagi o‘zgarish sifatida talqin etgan holda kiritilgan.

Innovatsiyaning ushbu ta'rifi va Y.Shumpeterning ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to‘g‘risidagi konsepsiyasi innovatsiyalar nazariyasiga ikkita eng ko‘p tarqalgan yondashuvdan birining asosini tashkil etadi. Birinchi yondashuv – yangi omillar to‘g‘risidagi tushunchaga asoslangan, ikkinchi yondashuv – yangi mahsulot yoki texnologiyaga asoslangan.

Dunyo iqtisodchi olimlari «innovatsiya» atamasiga ta'rif berishda, turlicha yondashuvlarni amalga oshirganlar. Ular «innovatsiya»ga o‘zaro farqli ravishda innovatsiyalarni yaralish, rivojlanish kabi ta'riflar bilan boyitganlar. Masalan, birinchi yondashuv olimlaridan biri X.Bernet: «Innovatsiya – yaratiladigan yangilik har qanday g‘oya, faoliyat yoki moddiy natija» bo‘lishi mumkin degan ma'noda ta'rif bergan bo‘lsa, P.F. Druker esa «innovatsiya – yangi biznesning bir turi» sifatida deb qayd etgan. Ikkinchi yondashuv olimlari birinchi yondashuv olimlaridan farqli ravishda asosiy e'tiborni ishlab chiqarishga qaratganlar. Umuman, jahonda ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlari «innovatsiya»ga ta'riflarni turlicha berib, bir-birlarining fikrini to‘ldirib borganlar.

«Innovatsiya» tushunchasini tushunishga bo‘lgan ikkinchi yondashuv ishlab chiqarishda muayyan turdagi texnika-texnologiya va boshqa yangi mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ushbu yondashuv tarafdorlari bo‘lgan ayrim olimlar ishlab chiqarish faoliyatining innovatsion va ilmiy texnik jihatlarini teng biladi. Dunyo iqtisodchi olimlarning yondashuvlari shartli ravishda klassifikatsiyalarga ajratilib qo‘yidagi jadvalda berilgan.


Download 34,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish