6-jadval
“Panorama Grad” mehmonxonasining 2016-2018 yillardagi xizmatlarni sotish hajmi va bozor ulushi
№
|
Xizmatlarni turi
|
2016 yil
mln. so‘m
|
2017 yil
mln. so‘m
|
2018 yil
mln. so‘m
|
Bozor ulushi, %
|
“Panorama Grad” mehmonxonasining bozor ulushi
|
Yetakchi raqib ulushi
|
1.
|
Joylashtirish xizmatlari
|
390
|
510
|
545
|
12
|
33
|
2.
|
Sanatoriya, davolash xizmatlari
|
172
|
412
|
474
|
63
|
17,5
|
3.
|
Ovqatlanish xizmatlari
|
47
|
122,6
|
135,1
|
11
|
24
|
4.
|
Transport xizmatlari
|
36,5
|
27
|
29,2
|
9
|
18
|
5.
|
Madaniy xordiq, dam olish xizmatlari
|
33,6
|
39,2
|
40,9
|
15
|
26
|
6.
|
Sauna
|
7,5
|
2,3
|
2,9
|
8,2
|
22
|
7.
|
Sport, trenajyor zal xizmati
|
9,5
|
3,1
|
3,6
|
6
|
28
|
8.
|
Ekskursiya xizmatlari
|
37,3
|
14
|
14,8
|
9,5
|
31
|
9.
|
Kir yuvish, tozalash va dazmollash
|
5,8
|
3,3
|
3,8
|
6,3
|
12,1
|
10
|
Telefon, faks, internet
|
3,7
|
1,3
|
1,4
|
5
|
16,4
|
|
Jami
|
742.9
|
1134.8
|
1250.7
|
|
|
Jadval ma’lumotlari asosida BKG matritsasini tuzamiz. Buning uchun xizmatlarning o‘sish sur’atini va bozorni nisbiy ulushini topishimiz kerak. Xizmat turlarining o‘sish sur’atini topish uchun oxirgi 2018 yilgi sotish hajmini oldingi 2017 yildagi sotish hajmiga bo‘lamiz. Bozorning nisbiy ulushini topish uchun mehmonxona ulushi, bozordagi yetakchi raqobatchining ulushiga bo‘lish orqali topiladi. Tahlil qilingan natijalarni -jadvalga joylashtiramiz.
7-jadval
BKG matritsasini tuzish uchun ma’lumotlar
№
|
Xizmatlar nomeri
Ko‘rsatkichlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
1.
|
Xizmat turlarining o‘sish sur’ati
|
1,06
|
1,1
|
1,1
|
1,08
|
1,04
|
1,3
|
1,2
|
1,05
|
1,1
|
1,07
|
2.
|
“Panorama Grad” mehmonxonasining nisbiy bozor ulushi
|
0,4
|
3,6
|
0,4
|
0,5
|
0,6
|
0,4
|
0,2
|
0,3
|
0,5
|
0,3
|
3.
|
Umumiy sotish hajmida xizmatlarning ulushi
|
43,6
|
37,9
|
10,8
|
2,3
|
3,3
|
0,2
|
0,3
|
1,2
|
0,3
|
0,1
|
Koordinatalar tekisligida BKG matritsasini tuzamiz. Buning uchun abssitsiyalar o‘qiga mehmonxonaning nisbiy bozor ulushini, ordinatalar o‘qiga esa xizmat turlarining o‘sish sur’atini joylashtiramiz. So‘ng koordinatalar tekisligini to‘rtga ajratish uchun mehmonxonaning nisbiy bozor ulushi bilan xizmat turlarining o‘sish sur’atlarining o‘rtacha arifimetikini aniqlaymiz. O‘rta arifimetik nuqtalardan koordinata teksligi to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazib, to‘rtga ajratiladi.
“Panorama Grad” mehmonxonasining BKG matritsasi tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning bittasi sanatoriya-davolash, sog‘lomlashtirish xizmatlari “yulduz” va “Sog‘in sigir” darajasining o‘rtasida turibdi. Bu xizmat turining o‘sish sur’ati bir oz pasaysa, “sog‘in sigirlar” darajasiga tushib qoladi. Xizmat turini rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘lar kerak bo‘ladi. Asosiy strategiya yetakchilikni saqlab qolish va xizmat ulushini va o‘sish sur’atini oshirish lozim. Buning uchun asosiy e’tiborni yangi maqsadli bozorlarni o‘zlashtirishi, davolanish xizmatlari narxini guruhli tarzda qabul qilinadigan iste’molchilar uchun chegirmalar joriy qilish, Respublikamizda noyob bo‘lgan naftalin, balchiq bilan davolash xizmatlarini boshqa viloyatlarda ham reklamalarini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Bu xizmat turi ulushini kengaytirish imkoniyati katta, bundan foydalanish lozim.
14-ma’ruza: Marketing rejasi va marketing dasturi
Reja:
1. Marketing dasturi haqida tushuncha
2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo‘limlari
3. Vaziyatni tahlil etish va marketing sintezi
1. Marketing dasturi haqida tushuncha
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo‘lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha) va o‘zok muddatli (10 yilgacha va undan ko‘proq) bo‘ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o‘tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va rag‘batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, harajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali harakterga ega bo‘lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‘riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo‘g‘ini ( joriy rejalashtirish , direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo‘nalishi bozordagi mavqyosidan va korxonani o‘z holatini bog‘ligiga qarab o‘z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va himoya strategiyalari bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‘p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‘ladi. Dasturni minimal varianti, dasturni og‘ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda xaqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki bug‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar dastur yuqori bug‘in uchun bo‘lsa, u qisqa va lunda tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko‘rsatiladi. Pastki bo‘g‘in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayotgan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo‘linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini yechishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma siyosatini rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Ob’ektiga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
1. Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish;
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish;
ishlab chiqarishni ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha harajatlarni umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish va muomala harajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatini jami ko‘rsatkichlari to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
2. Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko‘p variantli hisob-kitobini o‘tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;
har bir mahsulotni integral baholash (harajatlari, narx va foydani solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |