2021 yil, 27- dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Biz bugun texnikumga kelib kichik majlislar zalida yig’lishdik. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bilan birgalikda darslarga kirib taxlil qilgan blankamiz bo’yicha suxbatlashdik u kishi bizni xato va kamchiliklarimizni aytib o’qituvchida ko’rgan kamchilikni biz takrorlamasligimizni, yutuqlarini o’zimizda aks ettira olishimizni ta’kidlab o’tdi. Zafar Mallayev o’z ishining mohir ustasi necha yillik pedagog xam rahbarlik tajribasi borligi uchun, bizga pedagog qanday bo’lishi kerak, talabalar bilan qanday muloqot olib borish kerak. Rahbarlik qilish davomida ishchi xodimlar bilan pedagoglar bilan talabalar bilan qanday muloqot olib borishlik ish jarayoni uzluksiz davom etishligi uchun nimalarga e’tibor berish kabi ko’plab savollarga javob berib bizga o’z maslaxatlarini berdi.
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot murakkab jarayon bo’lib, unda o’qituvchi talabalarning psixalogiyasini o’rganib undan kelib chiqib muomalada bo’lishi lozim. Har qanday talaba bilan muloqot qilishda uning qobiliyatini, mahoratini inobatga olib suxbatlashish, vazifa berish kabilarni tushuntirdi.
Talabani xulqi, bilimi bilan doim qiziqib turush uni nazorat qilish va o’z mutaxassisligi bo’yicha qiziqishini inobatga olib kerakli tavsiyalar berib, to’g’ri yo’naltirish kerakligini o’qtirdi.
Majlisdan so’ng men BH-102 guruhga dars tahliliga kirdim. Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan bank kredilari mavzusida dars bo’layotgan ekan. O’tgan mavzu bo’yicha savol-javob bo’lgach yangi mavzuning har bir rejasiga o’qituvchi to’xtalib o’tdi. Yangi mavzu bo’yicha berilgan savollarga o’qituvchi to’liq javob qaytardi. Dars yakunida darsga faol qatnashgan o’quvchilar baholandi va uyga vazifani berib yakunlandi.
Shundan so`ng ta`lim muassadagi guruh raxbarlari bilan yaqindan tashishdik.
2021 yil, 28- dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Men bugun texnikumga kelib amaliyot rahbarim Eshonqulov.A ustoz bilan uchrashdim va meni BH- 101-guruhga dars tahliliga kirishimni aytdi.
O’qituvchi darsda tashkiliy qism uchun 10 daqiqa ajratib talabalar davomadini jurnal bo’yicha yo’qlama qilib oldi va talabalar qanday formada kollejga kelishi kerakligi haqida aytib formasiz kelgan talabalarga ogoxlantirish berdi. Shundan so’ng o’tilgan mavzuga tayyorlanib kelgan talabalardan mavzuni suradi. Talabalar mavzuni javob bergach o’qituvchi qolgan talabalar bilan savol-javob qilib o’tilgan mavzuni mustahkamlab oldi. Doskaga o’qituvchi tomonidan yangi mavzu bayoni rejalari bilan yozilib, yangi mavzuni tushuntirib, kanspekt yozdirildi.
Mavzu: yer soligi mazmuni va vazifalari. O’qituvchi talabar tomonidan berigan savollarga javob berdi. Talabalar mavzu haqida qiziqishib tinmay savollar berdi o’qituvchi savollarga to’liq javob aytdib tushuntirib berdi. Dars jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalardan ham, ya’ni savol-javob metodidan foydalanildi. Dars davomida faol qatnashgan o’tilgan mavzuni javob bergan talabalarga a’lo, yaxshi, qoniqarli baholar quyildi. Uyga vazifa o’tilgan mavzuni takrorlab o’qib kelish berildi.
O’qituvchi meni tahlilim bilan tanishib chiqib menga dars olib boorish tartibi bo’yicha tushuncha berib tahlil bilankamni imzolab berdi.