MAVZU: Bolalikni ijtimoiy himoya qilishning xorijiy tajribasi.
REJA
Asosiy qism
Kirish………………………………2
I BOB Bolalarning ijtimoiy himoya qilish tamoyillari
1.1. Ijtimoiy himoya qilishning tamoyillari …………………………………5
1.2 Bolalikni ijtimoiy himoya qilishning mohiyati …………….18
I I BOB. Xorijda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi
2.1. Xorijda bolalikni ijtimoiy himoya qilish tajribasi.……………………32
2.2. Ijtimoiy himoya tizimining moxiyati. ……………………..…….37
XULOSA ……………………………………………………………………………51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...53
KIRISH
O'zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash, onalik va bolalik manfaatlarini
ta`minlash, ayniqsa, ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarga g'amxo'rlik qilish,
ularni farzandlikka olish, oilalarga har taraflama ko'mak berishga oid ezgu sa`y-
harakatlar aniq va manzilli tarzda amalga oshirilib kelinmoqda, - deydi
YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot.
O'zbekistonning bu boradagi tajribasi ko'pgina mamlakatlar uchun o'rnak bo'lishi
mumkin. Bunda xalqning milliy mentaliteti inobatga olinayotgani, ma`naviy-
axloqiy masalalarga alohida va jiddiy yondashilayotgani ijobiy natijalar
berayotgani qayd etish lozim.
Tadbirda ta`kidlanganidek, «Sen Yolg'iz Emassan» Respublika jamoatchilik
bolalar jamg'armasi ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni himoya qilish tizimiga
hissa qo'shib, ota-ona qaramog'idan mahrum va imkoniyati cheklangan bolalarning
ijtimoiy himoyasiga qaratilgan yetakchi jamoat tashkilotlaridan biridir.
Shuningdek, jamg'arma mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyaviy ishlarni yanada yaxshilash va
takomillashtirish borasida ham faol harakat qilmoqda. Xususan, «Bitiruvchilarning
ijtimoiy-maishiy moslashuvi» loyihasi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini
Vatanga muhabbat, umrboqiy an`ana va qadriyatlarimizga sadoqat ruhida
tarbiyalash, «ommaviy madaniyat» ta`sirlaridan asrab-avaylash, murakkab taqdirli
hayotda o'z o'rnini topishida muhim o'rin tutmoqda.
Aytish joizki, jamg'arma faoliyatida bolalarning sifatli ta`lim olishiga alohida
ahamiyat beriladi. Shu bois 2003 yilda jamg'arma qoshida mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlari va imkoniyati
cheklangan bolalarni o'rta-maxsus va oliy o'quv yurtlariga tayyorlash uchun
mo'ljallangan o'quv markazi tashkil etildi. Markazda matematika, kimyo, informatika,
ingliz tili, rus tili va adabiyoti, etika va estetika, o'zbek madaniyati va milliy
an`analar fanlari bo'yicha darslar o'tkaziladi. E`tiborli jihati, markazda hozirgi
kunga qadar 2000 dan ortiq bolalar ta`lim olib, ulardan 214 nafari
respublikamizdagi eng nufuzli oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga muvaffaq
bo'ldi.
O'quv markazida men hayot maktabini o'tadim, u yerda mehnatni sevishga,
o'qishga intilishga, qo'yilgan maqsadlarga erishishga o'rgandim, - deydi
poytaxtimizdagi 30-mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Denis Malenkix.
- Bu menga mustaqil hayotga dadil qadam qo'yishga yordam berdi. 2004 yilda
Toshkent avtomobil yo`llari institutining talabasi bo'ldim. Ayni paytda shu yerda
Transport va transport kommunikatsiyalarini boshqarish fakultetining dekan
o'rinbosari vazifasida faoliyat yurityapman. Shuni alohida ta`kidlashni istardimki,
mening erishayotgan yutuqlarimda «Sen Yolg'iz Emassan» jamg'armasining
alohida o'rni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |