2021 yil, 15- fevral kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Men, bugun texnikumga kelib amaliyot rahbarim A.Axmedjanov, Ustoz bilan birgalikda darsga kirdim. Darsni mustaqil ravishda men olib bordim. Amaliyot rahbarib menga yo’l yo’riq ko’rsatib darsda meni kuzatib bordi. Dars BH-101 guruhga buxgalteriya hisobi fanidan edi.
Darsni tashkiliy qismi uchun besh daqiqa ajratib talabalar davomadini oldim. Guruhda jami 28 nafar talaba bo’lib, shundan 25 nafar talaba darsda ishtirok etdi. Darsni o’tilgan mavzu: qishloq xo`jaliklarida mahsulot turlari sotish rejasining bajarilishi bo`yicha talabalar bilan savol javob o’tkazdim. Talabalar berilgan savollarga yaxshi javob berishdi.
Yangi mavzuni doskaga rejalari bilan yozib daftarlariga ko`chirib olishlarini aytdim. Mavzu: Yer uchun ijara haqi.
Mavzuni rejalar asosida tushuntirib berib, mavzuni mustaxkamlash uchun ta’lim texnologiyasidan foydalanib, talabalarni darsga qiziqishini oshirish maqsadida teskor savol-javob usulini qo’lladim. Darsga faol qatnashmagan talabalarni baholash uchun ko’proq bu savollarni Xoliqulov Alisher, Narzullayev Tohir kabi bir nechta o’quvchilardan so’radim. Ularga savollarga bergan javoblariga qarab turlicha, ya`ni a`lo, yaxshi baholarni qo`ydim.
Chiqishga qo’ng’iroq bo`lgandan so’ng amaliyot rahbarim bilan dars taxlilini qildik. U kishi meni dars davomida yutuq kamchiliklarimni aytib o’tdi. Bu hali ilk darslarimdan bo’lganligi sababli men qator kamchiliklarga ega ekanligimni ta’kidladi. Dars jarayonida o’quvchilarga diqqatni qanday qilib to’g’ri taqsimlash kerakligi to’g’risida bir qancha tavsiyalar berdi.
2021 yil 16-dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Bugun biz texnikumga kelib, MK-105 guruhiga mikroiqtisodiyot faniga dars tahlili va pedagogik mahoratni o’rganish uchun kirdik. Darsni To’ynazarov Xaydar domlo o’tdi. Darsning tashkiliy qismi uchun besh daqiqa ajratilib, unda talabalar bilan salomlashib jurnal bo’icha familiyalar o’qilib, davomad olindi. Xonaning darsga tayyorligi o’qituvchi tamonidan kuzatilib, talabalar formasi xaqida suxbatlashib oldi. O’tilgan mavzuga tayyorlanib kelgan talabalardan mavzu so’ralib darsni takrorlab olishdi. Yangi mavzu bayoni o’qituvchi tomonidan doskaga yozilib ,rejalar asosida tushuntirilib kanspekt yozdirldi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun talabalarga savollar berilib talabalar javob bera olmagan savollarga o’qituvchi javob berib qayta tushutrilib mavzu mustaxkamlandi. Darsda faol talabalar baholandi.
Shundan so’ng men BH-101 guruhga dars tahliliga kirdim. Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan bank kredilarining shakllari mavzusida dars bo’layotgan ekan. O’tgan mavzu bo’yicha savol-javob bo’lgach, yangi mavzuning har bir rejasiga o’qituvchi to`xtalib o’tdi. Dars jarayonida ilg’or pedagogik texnalogiyalardan foydalanildi. Shu sababli dars juda qiziqarli o’tdi. Yangi mavzu bo’yicha berilgan savollarga o’qituvchi to’liq javob qaytardi. Dars yakunida darsga faol qatnashgan o’quvchilar baholandi va uyga vazifani berib yakunlandi.