2021-yil 10-dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
Bugun meni Rahmonqulova Marg'uba darsining tahlili uchun olib kirdi. Dars 003 auditoriyada BH-101 guruhida tarix fanidan ekan. O’qituvchi xonaga kirib kelib talabalar bilan salomlashib, xonani darsga tayyor ekanligini kuzatdi. Jurnal bo’yicha talabalar davomadini oldi. Darsda olti nafar talaba ishtirok etmadi, o’qituvchi bunday vaziyat yana takrorlansa qatiy chora ko’rilishini ta’kidlab o’tdi. O’tilgan mavzuni takrorlab olish uchun talabalarga vaqt berib, jurnalga bugungi mavzuni yozib quydi. O’tilgan mavzuni to’rt beshta talaba javob berdi va o’qituvchi doskaga baliq skeliti sxemasini chizib unga mavzu yuzasidan savollar yozdi, talabalarga o’n daqiqa vaqt berib, savollarga xar bir talaba aloxida javob yozishini ķso’radi. Talabalar tezlik bilan oq qog’oz olib, chizmani chizib savollarga javob yoza boshladi. O’qituvchi ularni nazorat qilib bordi. Qog’ozlarni yig’ib olib to’g’ri noto’g’ri ekanliklarini tekshirdi. Eng to’g’ri qilib qabul qilingan javob varaqlari egalarini ism familiyasini e’lon qilib, yana bal yig’ib borishlarini aytdi. Undan so’ng o’qituvchi yangi mavzuni rejalar asosida doskaga yozib mavzuni tushuntirib berdi. Darslik kitoblaridan kanspekt yozdirdi. Mavzu:Nashriyot tizimlari pagimaner dasturi va unda ishlash asoslari. Uyga vazifa shu o’tilgan yangi mavzu bo’yicha jadval tuzib krasvord tayyorlab kelish berildi. Darsning so’ngida darsga faol qatnashgan talabalarga a’lo savol javobda ishtirok etgan talabalarga yaxshi baholar quyildi O’qituvchi men bilan dars bo’yicha fikrlar berib tahlil bilankam bilan tanishib, imzolab berdi.
2021-yil 11 dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
Bugun texnikumga kelib texnikumning axbarot resurs markazi bilan tanishdim. Axborot resurs markazi mudirasi E.Xoshimova bizga kutubxona bo’yicha malumotlar berib, ayrim adabiyotlarni o’qib chiqishimizni tavsiya qildi. Biz kutubxona joylashgan xonalarni aylanib chiqdik.
ARM da 4 ta xodim faoliyat ko’rsatadi. ARM da alifbo katalogi bor, elektron katalog tuzilgan, kompyuterlar soni 6 ta, printer 1ta, skayner 1 ta, televizor 1 ta , videomagnetafon 1 ta, praeksion doska, kodoskop 1 ta.
Kompyuterlar “ZiyoNet” axborot tarmog’iga ulangan, o’qituvchi va talabalar ulardan samarali fodalanishadi. ARM elektron pochta manzili mavjud-Sam ik.@mailru
ARM dagi jami adabiyotlarning ahvoli talab darajasida, jismoniy va yaroqsiz adabiyotlar 2016 yil mart oyida fonddan chiqarilgan. O’quv rejasiga asosan yetishmayotgan adabiyotlarga buyurtma berilgan .
ARM o’quv zali, ko’rgazmali zal, badiiy kitoblar honasi, ARM mudiri honasi, kitob tarqatish honalaridan iborat ARMning o’quv zali 30 nafar kitobhonlarga mo’ljallangan, honalar yorig’ toza yangi oynomalar bilan doimiy ravishda to’ldirib boriladi.
ARM bilan tanishib bo’lgach men BH-51 guruhga dars tahliliga kirdim. Bu guruhga iqtisodiy tahlil fanidan savdo tashkilotlarida Tovar oborot rejasining bajarilishi mavzusida dars bo’layotgan ekan. O’tgan mavzu bo’yicha savol-javob bo’lgach yangi mavzuning har bir rejasiga o’qituvchi to’xtalib o’tdi. Yangi mavzu bo’yicha berilgan savollarga o’qituvchi to’liq javob qaytardi. Dars yakunida darsga faol qatnashgan o’quvchilar baholandi va uyga vazifani berib yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |