«Tasdiqlayan»
Uslubiy tayyorgarlik sikli boshlig’i
mayor S.Axatov
2020 yil «____»_______________
3-bosqich talabalar bilan «Umumharbiy nizomlarni o’qitish asoslari» fanidan mashg’ulotni o’tkazish uchun REJA-KONSPEKT
MAVZU № 12 «Mashinalardagi bo’linmaning saflari»
MASHG’ULOT № 2. «Mashinalardagi bo’linma saflarining umumiy qoidalari»
O’QUV-TARBIYAVIY MAQSADLAR: 1. Talabalarga mashinalardagi bo’linma saflarining umumiy qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berib o’tish.
2. Talabalarga mashinada joyda turib va harakat davomida harbiycha salom berish asosiy talablarini etkazish.
O’QUV SAVOLLARI: 1. Mashinalardagi bo’linma saflarining umumiy qoidalari.
2. Mashinada joyda turib va harakat davomida harbiycha salom berish.
Vaqti: 80 daqiqa (2 soat.)
Joyi: ____ o’quv xonasi.
Uslubi: savol-javob.
Turi: seminar.
O‘QITISHNING TEXNIK VOSITALARI: 1. Kompyuter.
2. Multimedia proektori.
3. «Medium 524R» proektori.
4. Mavzuga oid slaydlar.
5. Ekranda namoyish qilish uchun kompyuter dasturi.
ADABIYOTLAR:
1. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.
T.: O`zbekiston 1996 y.
2. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi. T.: O`zbekiston 1996 y.
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.
T.: O`zbekiston 1996 y.
4. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi.
T.: O`zbekiston 1996 y.
5. J.S.Sayjalolov O.M.Qodirov Qo`shinlarning kundalik faoliyatini boshqarish – T.: “G’afur G’ulom”, 2005 y.
I. KIRISH QISMI-5 daqiqa
- navbatchining bildiruvini qabul qilsh;
- talabalarning davomatini va mashg‘ulotga tayyorgarligini tekshirish.
- mavzu va maqsadni etkazish.
II. ASOSIY QISM-70 daqiqa
SEMINAR MASHG’ULOTINING SAVOLLARI 1. Yonma-yon tizilgan safda harbiy bo'linmalar ixtiyoridagi mashinalar safga, mashinalar chizig'iga front bo'ylab bir chiziqda, guruh yoki vzvod kolonnalari chizig'iga, mashina va bo'linmalar orasida interval va distansiyalarning tartibi.
2. Yurish safida bo'linma mashinalari kolonna bo'lib saf tortish tartibi.
3. Piyodalar jangovar mashinasi, zirhli transportyor va avtomobilda hamda desant sifatidagi tankda, shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
4. Tank ekipajini mashinaga joylashtirish uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
5. Bo'linmalar, mashinadagi o'z joyini egallashu uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
6. Mashina harakat boshlashidan oldin beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
7. Mashinalar distansiyasini o'zgartirish uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
8. Mashinalar kolonnasi bir vaqtda o'ngga (chapga, ortga) burilishi uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
9. Mashinalar harakati to'xtatilishi uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
10. Mashinalar dvigateli o‘chirilishi uchun beriladigan komandasi va bajarish tartibi.
III. YAKUNIY QISM VA MUSTAQIL TAYORGARLIKGA VAZIFALAR - 5 daqiqa
- mavzu, maqsad va o‘quv savollarini eslatib utish;
- talabalarning mashg‘ulotni qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshirish;
- mustaqil tayyorgarlik uchun vazifa berish.
Mustaqil tayorgarlikga vazifalar: - «Umumharbiy nizomlarni o’qitish asoslari» fani o‘quv-uslubiy qo‘llanmasining «Mashinalardagi bo’linmaning saflari» mavzusining 85-91 betlari o‘qib mustahkamlash;
- «Mashinalardagi bo’linmaning saflari» mavzusi bo‘yicha mustaqil ish, referat va taqdimotlar tayyorlash.