2021-yil 6-dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Bugun amaliyotning birinchi kuni. Biz, KTB-118 guruh talabalari amaliyot o’tash maqsadida Samarqand Iqtisodiyot va Servis institute qoshidagi Past Darg`om xizmat ko`rsatish texnikumiga amaliyot rahbarimiz bilan birga keldik. Bu yerda bizni texnikumning o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari kutib oldi. Texnikumning kichik majlislar zalida bo’lib o’tgan majlisda biz amaliyotchilarga texnikum tarixi bo’yicha malumot berdi.
Samarqand Iqtisodiyot va Servis institute qoshidagi Past Darg`om xizmat ko`rsatish texnikumiga amaliyot rahbarimiz bilan birga keldik. Bu yerda bizni texnikumi davlat standartlari doirasida o’rta-maxsus, kasb-hunar bilimini beradigan, o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni taminlaydigan yangi turdagi o’quv yurtidir. Ta’lim shakli kunduzgi.
Biz kun davomida qo`l ostimizdagi talabalar bilan tanishdik hamda talabalrga o`zimizni tanishdirdik va dastlabki tarbiyaviy vazifalarni berishga harakat qildik.
Biz shu kabi ko’plab ma’lumatlarga ega bo’lgach kollej binolarini ko’zdan kechirdik va uyga qaytdi
2021 yil, 7- dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Men, texnikumga bordim. Bizni texnikumda o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari kutib oldi. Biz amaliyotchilar bilan kichik majlislar zalida uchrashuv bo’lib o’tdi. Majlisda o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bizga texnikumdagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirdi.
Texnikumda sport, kompyuter, til o’rganish va boshqa yunalishlardagi turli- to’garaklar olib borilar ekan. Bu to’gaklarni oily ma’lumotli yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxasislar olib borar ekanlar. To’garaklarni olib borish uchun maxsus jixozlangan (plakatlar, mavzuga oid video tasmalar kompyuter, proiktor, vijing va xokozolar mavjud bo’lgan)o’quv xonalari ajratilgan . To’garak rahbarlarini doimiy nazorat ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari J.Isayev yukaltilgan. Unda bizning ham qatnashishimiz mumkinligini aytib o’tdi.
Shundan so’ng o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari amaliyot rahbarlarimiz bilan texnikum xududini sinf xonalarni, sport zalini, axborot resurs markazilarini ko’rib tanishib chiqishimizni tavsiya qildi.
Menga biriktirilgan o’qituvchi Axmedjanov A. Buxgalteriya hisobi fanidan dars berar ekan.
Buxgalteriya hisobi fanidan BH-101 guruhga bo’layotga darsga tahlilga kirdim. Darsni Xasanov Bexruz olib bordi. Dars juda qiziqarli tarzda o’tdi. Lekin darsning bir qancha kamchilik ham bo’ldi.
Dars yakunida o’quvchilar baholandi va uyga vazifa berib dars yakunlandi.