Samarqand davlat universiteti


I BOB. Musiqa ta’limi va tarbiyasining o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni



Download 0,6 Mb.
bet2/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
1   2   3   4   5   6   7   8

I BOB. Musiqa ta’limi va tarbiyasining o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni.

Musiqa ellarni-ellarga, dillarni-dillarga bog’lovchi kishi estetik didini tarbiyalovchi hamda madaniy saviyasini oshiruvchi mo’jizaviy vositadir. Musiqa bu tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi. Bola tug’ilgandan so’ng ilk bor ona allasini tinglab orom oladi. Ona allasiga vatanga muhabbat ona yurtiga sadoqat kabi buyuk insoniy his-tuyg’ular mujassamdir.

Musiqa ta’limi va tarbiyasi o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Buyuk islohatlar amlga oshirilayotgan hozirgi kunda mustaqil fikrlovchi o’quvchilar o’zlaritanlagan kasblari bo’yicha haq xil fanlarga ixtisoslashgan umumta’lim maktablarida o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarda tahsil olmoqdalar. Musiqa ta’limi asosan musiqa va san’at maktablarida darslardan tashqari tashkil etilgan. Musiqa to’garaklarida o’rgatiladi. Komil inson tarbiyasida ana shunday musiqa va san’at maktablari va to’garaklarning o’rni va ahamiyati katta. O’quvchilarni san’at maktablariga jalb qilish ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish samarali natijalar beradi.

Tarbiya tizimi ta’lim tizimi bilan uzviy bog’liq. Trabiyasi talab darajasida bo’lgan har qanday o’quvchi ta’limni juda yaxshi o’zlashtiradi. Shuning uchun komil inson tarbiyasida bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan komil insonlar qilib tarbiyalashda musiqiy ta’limning ahamiyati beqiyosdir. Xususan o’zbek musiqa san’ati bu borada katta imkoniyatlarga egadir. Ma’lumki o’quvchilarni musiqiy estetik ruhda tarbiyalash jarayoni birinchidan musiqa pedagogikasining asosiy umumiy tamoyillariga rioya etilishiga ikkinchidan didni tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan maxsus shart-sharoitlarni ta’minlashga asoslanishi lozim. Musiqiy estetik didni shakllantirish jarayoni musiqani idrok etish qobiliyatini rivojlantirish bilan bevosita bog’liqdir. Bunda eng avvalo musiqiy idrokni ta’minlovchi tarkibiy qismlarini tamoyillarini tilga olish zarur bo’ladi.

Ikkinchi tamoyil san’at pedagogikasi talablariga rioya qilishdan iborat bo’lib u idrok etishdagi yaxlitlikni obrazlilikni xissiy va anglangan taassurotlar birligini va ularning o’zaro bog’liqligini ta’minlashdan iborat.

Uchinchi tamoyil bola shaxsini rivojlantirishning tabiiy va madaniy jihatlarini birga qo’shib olib boorish zarurligidir. Bu tamoyil boladagi tabiiy iste’dod, qobiliyatlar, xususiyatlardan musiqiy tarbiya jarayonida samarali foydalanishni ularni tashqi pedagogic ta’sirlar yordamida yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

Yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarni shakllantirish shart-sharoitlari o’quvchilarni musiqiy tarbiyalashning bosqichligi ulardagi o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, o’quvchining ijodiy faoliyatini rivojlantirish darsda o’quvchi bilan o’quvchi aloqasining shakli bo’lgan muloqot etnopsixologik xususiyatlar va xalq pedagogikasi usullarini hisobga olishni nazarda tutadi hamda o’quvchilarning musiqiy estetik didini shakllantirish jarayoni samaradorligini oshiradi.

Bu samarali pedagogic usullarni qo’llash jarayonida shu narsani hisobga olish muhimki musiqiy idrokning tarkibiy qismlarini rivojlantirish musiqaga bo’lgan xissiy ongli va ta’sirchan amaliy munosabatni shakllantirish vasifasini hal etishga qaratiladi. Mazkur jarayon yaqqol ifodalangan xissiy aniq-obrazli idrok etishdan yanada ko’proq anglab etilgan idrok etish bosqichiga o’tishni o’z ichiga oladi.

Albatta musiqiy estetir didni shallantrish jarayoni musiqiy idrok etishning umumiy qonuniyatlari bilan bog’liqdir, lekin ayni paytda uning faqat o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlarga ham egadir. Musiqiy estetik didni shakllantirish jarayoni ongli faol munosabat mavjud bo’lishi nazarda tutadi. Bu munosabat idrok etish jarayonini alohida (individual) estetik baho berish darajasigacha ko’tarilishi lozim. Shuning uchun ham kichik yoshdagi o‘quvchilarning musiqiy estetik didini shakllantirishga bevosita bog’liq bo’lgan musiqa mashg’ulotlarida bolalarning bilish, his qilish faoliyatini kuchaytirish kerakki u umumiy va maxsus qobiliyatlarini rivojlantirishga va pedagogik ta’sir ko’rsatishni tashkil etish bosqichlariga bo’linadi. Pedagogik ta’sir ko’rsatishni tashkil etish bosqichiga musiqiy taassurotlarning to’planishi; o’quvchilarga turli xissiy holatlarni boshdan kechirishga imkon berish; xissiy musiqiy tasavvurlarga qaytilishi; «Tinglab tushunish» yoki «Ijro etib-tushunish» tajribasini boshqa asarlarga ham tatbiq etish jarayonini rag’batlantirish kabi shartlar kiradi.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarning musiqiy qobiliyatini shakllantirish tamoyillari vas hart-sharoitlariga muvofiq ravishda pedagogic ta’sir ko’rsatish usullarini aniqlashga harakat qildik. Chunki mashg’ulotlarning har bir turi muayyan pedagogic vazifalarini hal qilishga yordam beradi.

Men mashg’ulotlarning quyidagi turlarini alohida ajratib ko’rsatmoqchimiz: 1. An’anaviy tur- bunda musiqiy faoliyatning barcha ma’lum turlaridan muayyan izchillikka foydalaniladi; 2. Ustun tur-uning tarkibida musiqiy faoliyat turlaridan biri ustivor o’rin tutadi. 3. Mavzuli tur- u tarkibidan muayyan mavzu tevaragidagi tashkil topadi. 4. Kompleks tur- xilma-xil san’at turlari materiallariga asoslansa ham muayyan mavzuni yoritishga qaratiladi.

Mashg’ulotlarning birinchi an’anaviy turi musiqiy faoliyatning har xil turlariga doir bir qancha vazifani bir vaqtda bajarishni nazarda tutadi. Lekin u hamisha ham o’qituvchiga musiqiy tarbiya vazifasini to’liq darajada hal qilish imkonini bermaydi.

Ikkinchi ustun turdan bolalar musiqiy faoliyatining birir turidagi qoloqligini barham toptirishga foydalanadi. Mazkur mashg’ulot turlariga muvofiq ravishda to’rtta variant mavjud bo’lib, ularning har birida musiqa tinglash, qo’shiq aytish bolalarning musiqa asboblarini chalishi musiqaga jo’r bo’lib harakat qilishi ustunlik qiladi. Mashg’ulotlarning uchinchi mavzuli turi darsining barcha tarkibiy qismlariga yaxlitlik bag’ishlaydi. O’rtinchi kompleks tur esa darsining ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi, xissiy tahliliy tafakkurni rivojlantiradi.

Mashg’ulotlarni o’tkazishda musiqa o’qituvchisiga 1-4 sinflar nashr etilgan «Umumiy ta’lim maktablari musiqa dasturlari» 1992 yil yordam beradi. Darslarni o’tish tajriba o’tkazish jarayonida dasturlarda ko’rsatilgan asarlardan to’la foydalanish yoki aniq sharoitdan kelib chiqib, ulardan ayrimlarini boshqa maqbul asarlar bilan almashtirish ham mumkinligini unutmaslik lozim. Bunday repertuar tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish zarur: - o’zbek musiqasi asarlarining yuksak badiiy va tarbiyaviy ahamiyati o’quvchilarning musiqa asarini idrok etish va ijro qilishi uchun qulay bo’lishi.

Musiqa asarlari janr va turlarining xilma-xilligi. Xissiy esteti ta’sir ko’rsatish kuchi, yorqin va xilma-xil xissiyotlar uyg’onish imkoniyatlari darajasi musiqiy idrok va faoliyatning ijodiy tomonlarini faollashtirish imkoniyati.

Mazkur mezonlarni aniqlash uchun asos bo’lib ikki tamoyil asarlarni tanlashning estetik yo’nalishi, hamda o’zbek xalq va kompozitorlik musiqasining o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi tamoyillari xizmat qiladi.

Katta sinflarda esa o’zbek xalq qo’shiqlarini sevib tinglaydilar va tushunadilar. Ularda ashula va yalla, lapar va terma janrlaridagi turli asarlar ayniqsa zo’r qizitish uyg’otadi.

Maktablarimizda yosh avlodni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo’lgan estetik tarbiya masalalarini muvoffaqiyatli hal qilishga katta ahamiyat berilmaydi.

Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning eng asosiy va ancha murakkab majmualaridan biri bo’lib, bolalarning musiqa san’ati asarlarini tushunishga ijro etishga o’rgatish ishlarini kichik yoshdan boshlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra estetik tarbiyalash maqsadida Barcha maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning badiiy musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik bilan shug’illanishga sharoit yaratish alohida nazarda tutilgan.

Musiqa bolalar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g’oyat ta’sirchan va samarali vositasi sifatida ham ahamiyatga egadir. Maktabdagi musiqa ta’limi va tarbiyasi bo’yicha sinfda va sinfdan tashqari olib borilgan shular orqali Vatanga muhabbat hislarini, xalqlarga nisbattan do’stlik va hamkorlik munosabatlari, barcha millat xalqlarining huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish bilan chambar-chas va uzviy bog’liqdir.

O’quvcgilarda o’zbek musiqasi tilining o’ziga xos xususiyatlariga doir tushuncha va tasavvur hosil qilish ancha murakkab, uzoq vaqt davom etadigan jarayondir. Bunda vazifa o’quvchilarning musiqani ongli idrok etishlari elimentar tahlil qilishlari va ularning musiqa haqidagi bilimlarini boyitib borish asosiy vazifa deb bajarilishi qaraladi.

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, ilmli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni qat’iyat va ma’naviyatimizni yo’qotsak bu o’ta muhim ishni o’z holiga o’zibolarchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatimizga yig’ilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan tarixiy xotiramizdan ayrilib oxir oqibatda o’zimiz intilgan umrboqiy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. El yurtimiz o’zining ko’p asrlik ta’rixi davomida bunday mash’um xatarlardan necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan asoratlar tufayli tilimiz, dilimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Anashu fojiali o’tmish bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi bo’gungi voqeylikni teran tahlil qilb mavjud tahdidlarga nisbattan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vad etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan. Musiqa ta’limi va tarbiyasi orqali yoshlarni komil inson etib tarbiyalash lozim musiqa ta’limi yoshlarni tarbiyalashda juda katta ta’sir etadi. Yoshlarni komil inson etib tarbiyalash eng avvalo tarbiyaga bog’liq. Men Abdulla Avloniyning : «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir.

Chunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlayotgan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. I.A.Karimov gaplaridan ma’lumki, o’quvchi yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishida eng avvalo tarbiya muhimdir. Tarbiya juda katta kuchga ega. Tarbiya orqali biz yoshlarni komil inson etib tarbiyalab, jamiyatimizda o’z o’rnini topishida yordam berishimiz lozim. Musiqa orqali yoshlar tarbiyasiga ta’sir etiladi. Chunki musiqa shunday katta kuchga egaki, insonni ruhiy va aqliy holatiga ta’sir etadi. Musiqa eshitish orqali inson ruhiyatini ko’tarish mumkin. Yoki insonning xafa bo’lishini ham musiqa eshitish orqali amalga oshirish mumkin. Yoshlarni komil inson etib tarbiyalashda musiqaning o’rni beqiyos. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqoni hayot falsafasi I.A.Karimov bu so’zlarning zamirida qanchadan-qancha ma’no yotibdi. Har bir musiqa o’qituvchisi yoshlarda ta’lim va tarbiya berish jarayonida uzviy bog’liqlikda olib borilishi lozim. Tarbiyani ta’lim bilan uzviy bog’liqlikda olib borish yoshlarni komil inson etib tarbiyalashda muhimdir. Bu esa yoshlarni bilimli, aqlli, zakovatli bo’lib o’sishida yordam beradi.

Mustaqillikni dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohada talay muammolar yig’ilib qolganini ko’rsatdi.Ushbu dastur loyihasi ustida sakkiz oy mobaynida ish olib borildi. Shuning uchun bu og’ir mas’uliyatli ammo qilishni aslo paysalga solib bo’lmaydigan ishni qadam-baqadam izchillik bilan najarilmoqda.

I.A.Karimov ta’kidlaganidek ta’lim-tarbiya tizimidagi islohatlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda orini ko’p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib agar bu maqsadlarimizni muvoffaqqiyatli ravishda amalga oshira olsak tez orada hayotimizda ijodiy ma’nodagi portlash effektiga ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz degan fikrni bildirgan edim.

Darhaqiqat istiqlol davrida barpo etilgan barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan zamonaviy kasb-hunar va ilm ma’rifat sirlarini o’rganayotgan hozirdanoq o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida yane shunday orzu-niyatlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini berayotganini guvohi bo’lmoqdamiz.

Istiqlol davrida barpo etilgan barcha shart-sharoitlar yoshlarni tarbiyalashda ta’sir etadi va komil inson bo’lib yetishishida yordam beradi. Komil inson bu har tomonlama barkamol yetuk shaxs aqlli, bilimli barcha ishlarni ustidan chiqadigan ham aqlan ham jismonan barkamol inson tarbiyalanadi. Buning uchun Prezidentimiz I.A.Karimov juda katta shart sharoitlar yaratdi. Bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalana olish biz yoshlarni qo’limizdadir. Prezidentimiz I.A.Karimov 2009-2014 yillarda musiqaga e’tibor qaratgani ham yoshlarni musiqa sohasida yetuk shaxs bo’lishi va yoshlarga musiqa bilan tarbiyani hamohang ravishda olib borishi ta’kidlaydi. Muxtasar qilib aytganda oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya va musiqa sohasida amalga oshirgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatimizga erishish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish yoshlarimiz butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi desak hech qanday xato bo’lmaydi.

Biz musiqa orqali komil inson tarbiyasida ta’sir etishimiz va inson aqlbiga yo’l qo’yishimiz mumkin. Musiqa haqida har qancha da’vatlar muhim nazariy fikrlar bildirilmasin agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylagan tizimli ravishda tashkil etmasak tabiiki, biz ko’zlagan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni musiqa orqali inson qalbiga yo’l topolmaymiz.

Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidan boshlab matbuot televedeniya internet va boshqa ommaviy axborot vositalari teatr, kino, adabiyot musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’tigacha bir s’oz bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o’tkazadigan barcha sohalardagi faoliyotimizni xalqning ma’naviy yo’llari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yani bosqichda ko’tarishimiz zarur. Ayniqsa barcha davrlarga ham g’oyat murakkab va bas’uliyatli bo’lgan bu ishlarni o’z zimmasiga olgan eski qoliblardan voz kechib bu sohaga yangi yo’llarni ochib borayotgan odamlarni dunyoqarashini yanada boyitish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan fidoiy insonlarning bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan lekin katta qunt bilim va tajribani talab qiladigan intilish va amaliy harakatlarni keng qo’llab quvvatlashimiz, ularning samarali natijalarga erishish uchun har tomonlama sharoit yaratib berishimiz lozim.

Bu haqda gapirganda shuni ta’kidlash joizki anashu soha vakillari ya’ni o’qituvchi va murabbiylar, yozuvchi va jurnalistlar, kino va teatr ahli musiqachilar va rassomlar umuman ziyolilarimiz halqimiz uchun yangicha voqiylik bo’lmish bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida jamiyat oldidagi ma’naviy burchi chuqur his etgan holda o’z iste’dod va mahoratini ayamasdan astoydil mehnat qilmoqda. Barchamizga ayonki inson qalbiga yo’l avvalao ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga ota-onalarimiz qatori biz uchun ena yaqin bo’lgan yana bir buyuk zod o’qituvchi va murabbiylarning oliy janob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.



Yuqorida ta’kidlaganimizdek ularning komil inson etib tarbiyalashda o’qituvchi va murabbiylarning xizmati kattadir. O’quvchi yoshlar ko’p vaqtini maktabda yoki bo’lmasa kollejda va oliy o’quv yurtlarida o’tkazadi. O’qituvchilar bilan muomilada bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchilar o’z o’quvchi va talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida komil inson sifatlarini yoshlarimizga singdirib borishi lozim. Bu yorug’ olamni har bir odam o’zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamish minnatdorlik tug’usi bilan yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin qayerda qanday lavozimda ishlamasin maktab dargohida olgan talim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo’lib shakllantirishda ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz. Muxtasar aytganda maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini nafaqat yoshlarimiz balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Sh nuqtai nazardan qaraganda ma’rifatparvar bobolarimizning fikrlarini davom ettirib agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak o’ylaymanki ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Chindan o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan balki ming-minglab murg’ak qalblariga ezgulik yog’dusini bahs etadigan o’q o’quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo’tabar zoddir. Ona tilimizda «Maktab korgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning zaxmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi.Yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan bu noyob tuzilmani ton ma’noda o’zini-ozi boshqarish idorasiga aylantirishga katta hissa qo’shib kelayotgan mahalla oqsoqollari va faollari fuqarolar yig’inlarining diniy ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy masalalar bo’yicha maslahatchilarining ijobiy ta’siri tobora oshib bormoqda. Aynan anashu insonlarning odamlar ko’ngliga yo’l topib ularning doimiy tashvishiga sherik bo’lib o’z vaqtida berayotgan amaliy yordamlari to’g’ri va o’rinli maslahatlari tufayli oila va mahalla muhitida butun diyorimizda tinchlik va osoyishtalik o’zari mehr-oqibat tug’ulari kuchayib borayotganini el yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa yosh yigit va qizlarmizning mustaqil hayotga kirib borishi yosh oilalarning jamiyatda o’ziga munosib o’rin topishida bu fidoiy va mehribon jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o’ynayatganini hurmat bilan e’tirof etishimiz lozim. Mustaqillikning dastlabki yillardan boshlab yurtimizga amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy natijasi ularga adabiyot va san’at, madaniyat, matbuoot sohasi mafkuraviy taziqdan butunlay xalos bo’lganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi badiiy asar sinfiy bo’lishi mumkin. Hra bir komil inson erkin ijdo qilishi uchun milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni xalqimiz tarixini ularning bugungi sermazmun hayotini to’laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda ana shunday mas’uliyatli sohaga bag’ishlangan ko’plab iste’dod sohiblari yurtimizda yangi hayot yangi jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlash. Komil insonni tarbiyalash yo’lida munosib hissa qo’shib kelmoqda. Ayniqsa hozirgi vaqtda kuchayib borayotgan turli ma’naviy taxtidlarning oldini olish ommaviy madaniyatning zararli ta’siridan farzandlarimizning ongi tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat jamoatchiligi ijod ahlining o’rni tobora ortib bormoqda. Komil inson shaxsiga musiqa orqali ta’lim-tarbiya berish bilan birga milliy g’oyani ham yoshlar ongiga singdirib borish lozim. Nega deganda bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yo va begona bo’lgan ana shunday madaniyat namunalarini faqat taxtid va inkor etish yoki ularni taqiqlash bilan biror natijaga erishib bo’lmaydi. Bunday xatolardan hayotimizni asrash ma’naviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik uchun avvalam bor ezgu insoniy g’oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha qilib aytganda butun jahong maydonida yuz berayotgan keskin aql zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo’lishiiz shart. Shu nuqtaiy nazardan qaraganda hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari xususan televideniya va radiosiz umuman tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o’zida ham axborot maydoni ham ijtimoiy- siyosiy ma’anviy-ma’rifiy minbar shu bilan birga insonga madabiy, badiiy- estetik og’riq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda desak xato bo’lmaydi. Shu sababki o’tkir ta’sir kuchiga ega bo’lgan televideniya va radio sohasini izchil taraqqiy etish jamiyatning doimiy e’tibor markazida bo’lishi tabiiy. Hozirhi kunda mamlakatimizdagi asosiy milliy teleradio kanallar aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo’lish huquqini ta’minlash yurtdoshimizning madaniy saviyasi bilim va dunyoqarashini oshirish qadimiy an’analarimiz tarixiy merosimizni asrab avaylash va rivojlantirish shu bilan birga fuqarolarimiz ongiga demokratik qadriyatlar grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo’lida munosib xizmat qilayotganini ta’kidlash kerak. Ayni vaqtda hali bu sohada amalga oshirishimiz zarur bo’lgan ko’pgina masalalar turganini ham aytish lozim. Avvalo televideniya davlat va jamiyatimizni bamisoli bir ko’prikday bog’lab turadigan jonli muloqot vositasida aylantirish efir orqali bugungi kunning dolzarb muammolarini ko’plab aks ettirib jamoatchilik fikrini shakllantirish fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchtirish har qaysi insonning o’z mustaqil fikrini ifoda etishga imkon berish turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari hayotiy manfaatlarini yoritib borish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur.

Hozirgi davrda matbuot ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki o’z kelajagini o’ylaydigan har qaysi xalq va millat buni sezmasligi his etmasligi mumkin emas. Shu sababli ham ommaviy axborot vositalarini zamon talablari asosida rivojlantirish matbuot va so’z erkinligi prinsiplarini amalga ta’minlashga erishish matbuotda tanqid ruhini kuchaytirish biz uchun eng muhim maqsadlardan biri bo’lib qolmoqda.

Jahon miqyosida voqealar shiddat bilan kechayotgan bir vaqtda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga tayyor bo’lish matbuot axborot va mediya formatlari jumladan televideniya va radio sohasida xizmat qilishga o’zini bag’ishlagan yetuk mutaxassis bo’lishga ahd qilgan va bu sohada o’z kelajagini qurmoqchi bo’lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi anglaymiz.

Bugungi kunda har qaysi matbuot xodimi ksab maxoratini egallash bilan birga o’z hayotiy prinsiplarga ham ega bo’lishi haqiqat uchun kurashga intilishi shu yo’lda qat’iyat va shijoat ko’rsatishi lo’nda qilib aytganda vijdon amri bilan yashashni zamonning o’z talab qilmoqda. Insonni uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki u ham bo’lsa musiqa badiiy san’atdir. San’atning san’atshunoslik deb musiqachilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta.

Xalqimiz orasidan manashu g’oyat mashaqqatli sohada butun hayot va noyob iste’dodini bag’ishlab san’atimiz g’azinasidan munosib o’rin egallagan o’lmas asarlar yaratgan buyuk so’z san’atkorli ularni barchasining nomlarini zikr etish albatta ko’p vaqtni talab qilgan bo’lur edi. Yetishib chiqqani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. San’at azaldan xalq qalbining ifodasini haqiqat va adolat jangchisi bo’lib keladi. Xususan mustaqil yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy qismi bo’lgan san’atni rivojlantirish musiqachilarning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag’batlantirish bo’yicha amalda oshirilayotgan ishlar o’z hosilini berayogani badiiy san’atimiz mavzular ko’lami jihatidan ham janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo’lib borayotganini san’at maydoni va yangi-yangi nomlar paydo bo’layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Bularning barchasi komil inson uchun zarurdir. San’at orqali yoshlar insoniy sifatlarini o’zida aks ettirishi lozim. Milliy tiklanish jarayonlari qalam axlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta yo’llar ochib berganini yana bir ko’rsatadi. Musiqa bilan adabiyot bir-biri bilan uzviy bog’liq. Adabiyot orqali ham yoshalrni komil inson etib tarbiyalaymiz. Adabiyot juda katta kuchga ega. Adabiyot qanday kuchga ega ekanligini buyuk allomalarimiz o’z asarlarida ta’kidlagan. Masalan Kaykovusning «Qobusnom» asari o’g’liga atab yozgan. U faqatgina o’g’liga emas butun bashariyatga qarata yozgan edi. Bu kitobni har bir yosh avlod o’qib o’rgansa komil inson sifatlarini o’zida shakllantiradi. Faqatgina Kaykovus asarlarida emas Alisher Navouy, Amir Temur, Bobur, Buxoriy, Termiziy va boshqa koplab bobolarimiz asarlarida komil insonga xos bo’lgan sifatlarni shakllantiradi.

Hammamiz yaxshi tushunamiz adabiyotda tarixiy haqiqatni tiklash bilan birga xalqimiz adiblarimizdan bugungi kunimiz haqida zamonaviy qahramonlari haqida yangi-yangi asarlar kutayotgani tabiiydir. Keyingi yillarda anashunday ruh bilan yog’rilgan bir qancha hse’riy asarlar paydo bo’layotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash joiz.

Ishonamizki yozuvchi va dramaturglarimiz ham bugungi avlodlarning fidokorona mehnati bunyodkorlik salohiyati zamondoshlarimizning ma’naviy ruhiy dunyosi hayotga kirib kelayotgan va hal qiluvchi kuchga aylanayotgan yoshlarimizning pok orzu intilishlari o’zining teran badiiy ifodasini topgan. Yangi asarlar bilan xalqimizni xushnud etadilar.

Bugungi kunda xalqaro jamiyat safidan munosib va mustahkam o’rin egallab borayotgan O’zbekistonimizga uning tarixan qisqa davrda qo’lga kiritgan ulkan marralariga el yurtimizning ma’naviy ildizlari urf-odat va an’analariga bir so’z bilan aytganda o’zbek xarakteri, o’zbek tabiatiga butun dunyoga qiziqish va hurmat tobora ortib bormoqda. Tabiiyki uzoq yaqindagi xorijiy do’stu-birodarlarimiz jahon jamoatchiligi eng avvalo bizning zamonaviy adabiyotimiz va san’atimiz orqali o’qlarini qiziqtiradigan anashunday savollarga javob topishni istaydi.

Keyingi yillarda milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini chet tillarga tarjima qilish va shu asosda halqimizning hayot tarzi va insoniy fazilatlarini keng namoyon etish borasida ham katta imkoniyatlar paydo bo’lmoqda. Lekin afsuski bu masalada biz hali beri ko’zga ko’rinadigan amaliy jihatlarga erisha olganimiz yo’q.

Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganimizdek : «Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi uni avlodlar xotirasiga badiiy saqlamoqchi bo’lsak avvalam bor buyuk yozuvchilarni nuyuk she’rlari, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak». Yani musiqa va adabiyot orqali komil inson sifatlarini singdirish lozim. Nega deganda ulug’ adib cho’lpon aytganidek adabiyot yashasa millat yashaydi.

Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo’lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldani beqiyos o’rin tutadi. Samarqand yaqinidagi Mo’minobod qishlog’idan uch ming uch yuz yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg’usi topilgan ham shundan dalolat beradi. Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat tomonidan ijro etilmasin eng ezgu yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mustaqillik yillarida ulug’ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirgan holda mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan mumtoz musiqiy merosimizni asrab avvaylash va o’rganish uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko’plab ko’rik tanlovlar nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda.

Barchamizga ayonki kuy qo’shiqqa, san’atga muhabbat musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharotida shakllanadi. Uyda dutor, doira yoki boshqa cholg’u asbobi bo’lmagan musiqaning hayot baxsh ta’sirini o’z hayitida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodlarimizning yuksak ma’naviyat ruhida kalom topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda. Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o’ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san’atining ahamiyati beqiyo ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Aytish mumkinki o'tgan asrning boshlarida ilk namunalari paydo bi'lgan o'zbek estradasi istiqlol yillarida sifat jihatidan yangi bosqichda ko'tarildi. Bunday natijalarga erishishda milliy umuminsoniy musiqa san’ati yutuqlarini jahon estradasining eng yaxshi namunalarini o’rganish bo’yicha katta imkoniyatlar ochilgani bu soha rivojiga ko’rsatilayotga doimiy e’tibor yosh iste’dodlarning o’zining namoyon etishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar muhim rol o’ynamoqda. Biz Estrada san’atining bugungi va ertangi rivoji haqida so’z yuritar ekanmiz avvalam bor milliy estrada degan iboraning ma’no mazmuniga alohida e’tibor berishimiz uni har qanday begona ta’siridan ayniqsa ommaviy madaniyat ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy albatta. Bu haqda gapirganda biz bir holatni afsus bilan aytishga majburmiz. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan asarlari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu va musiqa ijro uslublari balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy ommaviy madaniyat ko’rinishlarida taqlid qilish yulduzlar tez-tez uchrayotgani chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi.

Ayniqsa bizning an’analarimizga axloq, odob qoidalariga mutloqo to’g’ri kelmaydigan kliplar turli tillardagi so’zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o’zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bilayotgani menimcha san’atni uning mohiyatini va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas. Madaniy jamoatchiligimiz avvalam bor musiqashunos olimlar, ustoz san’atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi jurnalistlar ko’p sonli san’at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o’z fikrini ochiq bildirib borishi shu tariqa yoshlarimizga to’g’ri tarbiya berish qarz ham farz deb o’ylayman.

Biz uchun axloqiy jihatdan nomaqul milliy qadriyat va qarashlarimizda yod bo’lgan lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko’rinishlarni bamisoli yuqumli kasllik deb qabul qilishimiz lozim va shu asosda bunday xurujlarning o’ta xafli holat ekanini anglashimiz zarur.

Nega deganda agar insonning qul;og’i yengil-yelpi ohanglarga o’rganib qolsa bora-bora uning badiiy didi musiqa madaniyati pasayib ketishi uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam «Shashmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalari ham Motsar, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun san’atkorlar orasida sog’lom ijodiy muhit tashkil qilish o’sib borayotgan yosh avlodning ma’naviy olamini va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa mumtoz asarlari bilan birga ularning kayfiyatini intilishlariga mos keladigan zamonaviy Estrada san’ati namunlariudan keng baxramand bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish masalalari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning milliy teatr san’atimiz tarixan juda katta yo’lni bosib o’tgan bo’lib uning qadimiy ildizlari xalq o’yin va tomoshalariga borib bog’alanadi. Lekin XX asrga kelib o’zbek teatr san’ati yangitdan yurtimiz va jahon miqyosida shaklangan davrlar safidan o’tib kelayotgan an’ana va tajribalar asosida vujudga kelgani va kamol topgani e’tirof etish zarur. Xususan poytaxtimiz va viloyat teatrlarida namoyish etilgan dunyo sahna san’atining mumtoz namunlari o’z vaqtida nafaqat yurtimiz balki chet el tomoshobinlarini ham hayratga qoldirgani bu fikrni isbotlaydi. Shu bilan birga teatr ijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan ko’plab milliy ruhdagi sahna asarlari xorijiy mamalakatlarda ham muvoffaqqiyat bilan ijro etib kelinadi. Ta’kidlash joizki hozirgi vaqtda respublikamiz teatrlarida turli mavzu va janrlarda ko’plab spektakllar yaratilmoqda, o’ziga xos ijodiy izlanishlar davom etmoqda.

Ayni vaqtda teatr san’atimizda ham bugungi hayotimizni zamonaviy qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib berayotgan tomoshabin o’ziga tortadigan ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar afsuski kam ekanini tan olishimiz lozim. Ayniqsa real haqiqatdan yiroq olamga katta ma’naviy ozuq bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini to’ldirish holatlari ko’proq ko’zga tashlanmoqda.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish