Samarqand davlat universiteti


Seni unda, meni bunda yaratdi



Download 0,6 Mb.
bet4/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
1   2   3   4   5   6   7   8

Seni unda, meni bunda yaratdi.

O’rtamizga oqar daryo yaratdi.

Oqar daryo ekan –oqdi-yu ketdi

Bevafo yor ekan tashladi ketdi.

Yoki «Yorim ketaman deydi» satri bilan boshlanadigan to’rtlik «O’rgilay» va «Tom boshida tog’ora» qo’shiqlari tarkibida keladi va hokazo.

Ba’zi bir qo’shiqlar aynan bir xil boshlansa-da keyingi bandlari tomomila boshqacha. Ba’zan esa aksincha qo’shiqlar har xil boshlanib, aynan bir xil to’rtlik bilan tugaydi. Ba’zi bir xil bo’lib, turli kuylarga solib kuylangan (masalan, «Qora sochim» va «Tanavor»). Ba’zi qo’shiqlarningfaqat bir bandi takror bo’lsa, ayrimlarining faqat bir bandi yangi. Ba’zida to’rtliklar ayrim o’zgarishlar bilan keladi. Ko’pincha bir to’rtlik asos qilib olinib uning boshi va oxiridagi to’rtliklar o’zgartirilgan. Lekin ularning har biri alohida qo’shiq. Shuni hisobga olib, takror bo’lsa-da bu qo’shiqlarning ko’pchiligini o’z nomi bilan atasak maqsadga muvofiq bo’ladi.

U yoki bu qo’shiq turli davrlarda turli san’atkorlar tomonidan turlicha kuylangan: muayyan qo’shiqni bir xonandaga nisbatan qo’shiq aytgan bo’lsa, boshqasi uni ijro jarayonida qisqartirgan. Ko’p qo’shiqlar turli musiqaga solinib, binobarin, musiqa talabsiga ko’ra turlicha uzun-qisqalikda aytilgan. Shuningdek xalq qo’shiqlarining turli vohalariga ijrosi ham ba’zida o’zaro farq qiladi. Xalq qo’shiqlariningrang-baranglik kasb etishi sabablari shunda bo’lsa kerak.

Bundan tashqari, aynan bir xil qo’shiqlarning turli variantlari mavjud: «Voh-voh, to’ram», «Lolacha», «Tonavor». Bunday qo’shiqlarning har ikkala, ba’zida har uchala to’rtala varianti ijro etilishini hisobga olib, ularning barcha variantlarini berishimiz mumkin.

Ba’zi bir qo’shiqlarning hatto nomi ham bir xil lekin matnida tafovutlar bor. Shuning uchun ularni bunday nomlasak bo’ladi. Masalan: Tanovor – 1, Tanovor – 2, Hakalakam o’ynasam man – 1, hakalakam o’ynasam – 2 va hokazo. Qo’shiqlarning nomlari asosan ularning qaysi kuyga solib aytilishiga qarab qo’yilgan. «Tanavor», «Farg’onacha», «O’zgacha». «Ko’cha bog’i» va boshqalar shular jumlasidandir.

Xorazmda dostonlar tor jo’rligida ijro etilganligi sababli ular tarkibidagi ko’plab qo’shiqlar xalq qo’shiqlariga aylanib ketgan.

Yor-yorlar faqat nikoh to’yi munosabati bilan emas, balki turli sabablar bilan va turli mavzularda aytilgan. Masalan mashhur xalq qo’shig’i sumbulaning matni «Yor-yorga» solib ham aytiladi. Umuman, yor-yorlar - xalq qo’shiqlarining eng mashhur eng ommabop va eng ta’sirchan shakli ekanligi, turli variantlarda va turlicha ijro etilishini hisobga olib, ularning ham nir necha namunlarini keltirish mumkin.

Hokimlar sultoni ulug’ Abu Ali Ibn Sinoning aytilishicha, kishining qo’shiq va musiqaga muhabbati va iste’dodi uning chaqaloqligida eshitgan allasiga ko’p darajada bog’liq bo’lar ekan. Shuni ko’zda tutib va kelgusida qo’shiq bo’lishiga umid bog’lab bir qator allalarni ham o’zbek xalq qo’shiqlari turkumiga qo’shsak bo’ladi. Zero bizga go’zal va rang barang allalar kerak.

Termalar asosidagi qo’shiqlar har doim ham ma’lum bir she’r asosida ytilavermaydi. Bu qo’shiqlarning she’rlari ijrochining xohishiga qarib almashinib turishi ham mumkin. Xuddi shu singari termalarning kuylari ham ijrochiga yoqadigan, ovoziga didiga mos keladigan, aytilishi o’ng’ay bo’lgan kuylar bilan o’zgarib turadi. Ammo shu narsani, unumaslik aksariyat hollarda u yoki bu qo’shiq –terma kuylaringiz ohang, ayniqsa, hissiy jihatdan mazkur she’r mazmuni bilan chambarchas bo’lishi shart. Ko’pgina san’atkorlarimiz (Farrux Zokirov, Kumush Razzoqova, Larisa Maskalyova, Munavvar Abdullayeva va Sanobar Karimova) terma to’rtliklar qo’shiq qilib kuylashadi.

Xorazm azaldan o’z kuy-qo’shiqlari bilan mashhur. Aslida har bir vohaning o’z qo’shiqchilik an’anasi bor. Binobarin Farg’ona vodiysi (Farg’ona, Andijon, Namangan) Zarafshon vohasi (Samarqand Buxoro, Navoiy), Surxon – Qashqa vohasi, Xorazm qo’shiqlarini kelgusida alohida-alohida kitoblar hamda nashr etish kerak. Xususan, keyingi yillarda fol’klor ansambllari kuyladi, xalq qo’shiqchiligi rivojlanmoqda. Bu borada ba’zi bir ishlar amalgam oshirilgan. Chunonch «O’zbek xalq musiqasi» ning IV jildi Buxoro maqomlari, VII va XIX jildlari Xorazm ashulalari asosida tartib berilgan. Lekin Ularda xalq qo’shiqlariga emas balki mumtoz ashulalarga asosiy o’rin ajratilgan.

Xalq qo’shiqlari asrlar davomida kuylanib kelgani bois ular matnida ba’zi bir tushunarsiz-arxayik so’zlar ham uchrashi tabiiy. Shuningdek qo’shiqlarda turli viloyatlar xususan Xorazm viloyatiga xos sheva so’zlariga ko’p duch kelamiz. Bunday tushunarsiz so’zlarga ko’p hollarga matn ostida izoh beriladi.

Ma’lumki, ba’zi bir mumtoz va zamonaviy shoirlarning she’rlari ham turli mo’zgarishlar bilan xalq qo’shiqlariga aylanib ketgan. Jumladan Xorazmlik taniqli xalfa ojiza she’rlari xalq o’rtasida mashhurligidan xalq o’rtasida mashhurligidan qator kitoblarda ular xalq qo’shiqlari sifatida berilgan. Ko’pgina qo’shiqlarning matni bevosita ijroga asoslanganligi bois ba’zi bir shoirlarning xalqona ohangdagi she’rlari yangilash ravishda keltirish mumkin.

1.2. Hozirda Respublikamizda musiqa ta’lim va tarbiyasiga ko’rsatilayotgan e’tibor.

Har kim chuqur va mustahkam bilimsiz oldimizda turgan vazifalarni bajarish mumkin emasligini ishda siljishga erishish mumkin emasligini aniq tushunmog’i darkor.

Agar kelahagimizni o’ylab ish qilmoqchi bo’lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, ularning hayoti haqida qayg’uradigan bo’lsa, avvalo mahaliy yoshlarni tarbiyalash ishga munosabatimizni mutloqo o’zgartirishimiz kerak. Mumkin qadar ko’proq iqtidorli yoshlarimizni ittifoqining eng ilg’or korxonalariga shular jumlasidan hatto xorijiy mamlatlarga, kerak bo’lsa yangi texnologiya, yangicha ish tashkil qilishni o’rganish uchun yaponiya, Amerikaga hamda boshqa joylarga yuborib ularning o’qishiga tajriba ortirishiga imkoniyat yaratish lozim. Iqtidosiyotimizni, hayotimizni o’zgartirish ana shularga bog’liq bo’ladi. Agar shuni qilmasak, bu yurishimizda katta yo’lga chiqishimiz qiyin bo’ladi.

Aytish kerakki kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan ularga ishonmasdan va qo’llab – quvvatlamasdan o’ylaymanki biron-bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi.

Bu narsa ravshan – ishchilar va injinerlar texnik kadrlar tayyorlashning tarkib topgan sistemasini tubdan yangilash talab qilinadi.

Moddiy ba’zani mustahkamlash kadrlar masalasi, ma’noviy ehtiyojlar bularning hammasi diqqat – e’tiborimizda bo’lishi kerak. Bu gap tarixiy va madaniyat meros masalalariga, asossiz tarzda unitib yuborilgan xalq an’analarini va udumlarini tiklashga ham to’la taaluqlidir.

Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini alamga oshirish zarur. Bu o’rinda oily maktabning hatto umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini qayta qurish kerak.

Iste’dodli va iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni qo’llab-quvvatlash hamda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratishning respublika sistemasining ishlab chiqishi kerak. Ana shu sistemaning aniq jihatlari va bosqichlari xususida sizlar bilan birgalikda o’ylab ko’rishimiz zarur. Maxsus respublika fondini tashkil etish hamda iqtidorli bolalar uchun maktablar va internatlar tarmog’ini vujudga keltirish yosh olimlar uchun turli mukofotlar ta’sis etish ana shu sistemaga kiradigan masalalardir.

Yoshlarni zamonaviy fan texnikaning umuman ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib yetishishga sharoit tug’dirmay turib biz respublikamiz xalq xo’jaligi sanoat ishlab chiqarishi sohalarini tubdan o’zgartira olmaymiz. Buni ham doim yodda tutish kerak. Chunki ishsizlik maosh kamligi mutaxassislar yetishmasligi va boshqa ko’p yetishmovchiliklar ana shunday deb o’ylayman. Bu ketishda biz uchun yurtboshimizni sotsial-iqtisodiy va milliy rivojlantirishdek muhim vazifani tezroq amalgam oshirish juda qiyin bo’ladi. Demak xalq saylab qo’ygan deputatlarning birinchi galdagi vazifalaridan biri – yoshlarimiz tarbiyasi milliy siyosatni harakat dasturini ishlab chiqish masalasidir. Bunga xalq maorifi sistemasi tubdan o’zgartirish bolalar bog’chalari, maktablar, hunar texnika bilim yurtlari texnikumlar oily o’quv maskanlari moddiy internatlarini ko’paytirish kabi ko’pgina murakkab vazifalar kiradi. Yoshlar tarbiyasi bilan bevosita mashg’ul bo’lgan o’z umrini shu muqaddas ishga bag’ishlagan o’qituvchilarimizga e’tibor haqida esa gapirib o’tirmasa ham bo’ladi, deb o’ylayman. Biz hali ularga chinakam g’amxo’rlik ko’rsatayotganligimiz yo’q. Bu masalani ham chuqur o’ylab ko’rish kerak. Iste’dodli yoshlarimizning yigit-qizlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk insonlar bo’lib yetishishlari uchun tegishli shart-sharoitlar ham to’la yaratilgani yo’q. O’zimizning ma’naviy burchimizni oqlashni istasak ularga otalarcha g’amxo’rlik qilishimiz kerak. Ana shu maqsadda biz ularning mamlakatimiz va chet ellardagi eng nufuzli ilmiy markazlarda ta’lim olishlari uchun mablag’lar ajratilgan. Bu ishlar uchun hech narsani shu jumladan vomotoni ham ayamaslik zarur.

Kadrlardan samara olish uchun ularni tayyorlashga mablag’ sarflash zarur. Agar biz haqiqatan ham qashshoqlik va qoloqlik kishanlaridan qutilmoqchi bo’lsak yoshlarni tayyorlash bilan juda jiddiy ravishda shug’ullanishimiz zamonaviy kasbni egallashda ularga yordam berishimiz kerak. Bu sohada xasisslik yaramaydi. Bizga milliy kadrlar tayyorlashning maxsus dasturi krak, bu dastur:



  • umumiy ta’lim maktablarida dars berish sifatini oshirish (o’qituvchilarni, metodistlarni qo’shimcha ravishda rag’batlantirish maxsus sinfxonalar barpo etish oily o’quv yurtlarining maktablarni otaliqqa olishini yo’lga qo’yish va shu kabilarni);

  • eng iste’dodli bolalar uchun maktablar ochishni;

  • korxonalar bilan maktablar o’rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarni joriy etishni;

  • hunar texnika bilim yurtlarida xo’jalik hisobini joriy etishni va shu asosda ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash sifatini keskin oshirishni;

  • oily o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sistemasini qayta qurishni bu sohaga kadrlar tayyorlashni byurtma berish usulini joriy etishni o’z ichiga olishi kerak.

Keljag bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinsa kelajak boy beriladi. Tarbiyada hech narsani ayamaymiz.

Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakkam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya etadi.

Bizga tashkil topgan maorif va fan tizimli gapning rosti bozor iqtisodiga necha o’n yillab oldin o’tgan mamlakatlarda ham yo’q. Bular bizning baxtimiz-boyligimiz. Maqsad barpo etilgan mukammal tizimini yo’qotmaslik uni milliy mustaqillik asosida qaytadan tashkil etish va yangi milliy mazmun bilan boyitishdir.

Ayniqsa o’sib kelayotgan avlod taqdiriga hecha kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o’quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o’qitish ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxssislari bo’lishga qayg’urish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda musiqa bilim yurtlarining jajon andozalariga darajasiga yetkazish, xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish ish kunining dolzarb vazifalaridandir.

Musiqa san’ati bu xalqning, Vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. Uni rivojlantirishda, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda davlat imkoni bo’lgan hamma ishni qiladi, hech narsani ayamaydi.

Oldimizda mustaqil davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’noviy qadriyalarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go’zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo’lgan komil odamlarga kelajak barkamol avlodga bog’liqdir.

Shu boisdan ham hozirgi kunda xalqimiz farzandlari istiqbolni o’ylab mehnat qilayotgan mas’uliyatli kadrlarni yetkazib berish davr talabi hisoblanadi.

Musiqiy ta’lim tarbiyasi orqali sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini farovon hayot asosini qurish deganidir. Biz tarixan qisqa fursat ichida boshqa sadolarda bo’lgani kabi bu boradagi maqsad va burchimizni yaxshi anglab yetdik. Davlatimiz fan, ma’rifat va madaniyat sohasiga shu jumladan musiqa san’atiga ham jiddiy e’tibor bilan qarashmoqda. O’tmish davrining eng qiyin va murakkab paytida ham davlat musiqa san’atini tamomlashtirish bilimli va har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ham zarurdir. Axir o’ylab ko’raylik, biz bugun ne-ne mashaqatlar bilan qurayotgan davlatimiz, mustaqil va har jihatdan mustaqil mamlakatimiz ertaga kimning qo’lida qoladi?

Bugungi katta islohatlar evaziga qo’lga kiritayotgan yutuqlarimizni ertaga yosh avlod davom ettirishiga aminmiz. Musiqa madaniyati va san’ati uning qaydarajada rivoj topishi birinchi navbatda kadrlarning malakasiga ularning o’z ishlarini qay darajada o’zlashtirish olganligi yurt partiyaligi va fidoiyligiga bog’liq. Zero ilmu tafakkur kishini ezgulikka boshlaydigan beqiyos kuch musiqa odamlarga qalbiga nur, ongiga ziyo xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo’jizadir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarni tayyorlash ishiga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Binobarin bu sohalarda musiqa san’atining ham o’rni beqiyosdir.

Kadrlar tayyorlash bo’yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining berpo sohalarini jumladan musiqa san’atini qamrab oladigan milliy dasturlar joriy etilmoqda. Bu dasturlarni tayyorlashda quyidagilar nazarda turadi:



  • musiqa ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ishlab turgan musiqa bilim yurtlarini yangi yo’nalishga solish hamda yangi sharoitlar va zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash uhcun yangi san’at bilim yurtlari tashkil etish yo’li bilan yangilanishlarni amalgam oshirish.

  • Musiqa tarbiya jarayini sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarni joriy etish:

Musiqa bilim yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan boshlang'ich sinf o'quvchilari qiziqishlariga mos to'garaklar tashkil etish;

Musiqa san’ati orqali yoshlarni milliy uyg’onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillikideallariga sadoqat ruhida ta’lim-tarbiya berish;

Yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularning eng yaxshi xorijiy o’quv markazlarida professional ta’lim olishi uchun sharoit yaratish;

O’zbekistondagi musiqa maktablarini ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan yuksak malakali xorijiy mutaxassislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish;

Musiqiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o’quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash;

Pedagogik kabiga hurmatni oshirish, pedagog va murabbiylar mehnatiga qiziqishni kuchaytirish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, shart-sharoitlar yaratish;

Fanlar va qarorlarda ko’zda tutilgan asosiy maqsad nimadan iborat?

Birinchidan, biz o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olishimiz kerak. Qisqacha aytganda o’quvchilarning dunyoqarashi ularning qiziqishlaridan paydo bo’ladi. Buning uchun biz eng avvalo kadrllar masalasini hal etishimiz kerak, bu boradagi say-harakatlarimiz kutilgan natijalarini berishi haqida o’ylab ko’rishimiz kerak.

Shundan so’ng biz yoshlarni mustaqil fikrlashga kerakli darajaga o’rgata olamiz. Buning uchun bizga o’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorli o’rnini ongli intizom egallashi juda zarurdir. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarni mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarni hosil qilishdan iboratligini ko’pgina yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz.

Davlatimizda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyallanmoqda. Bu borada kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishning asosiy tamoyillari quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:



  • barcha xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun uzluksiz ta’lim fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;

  • davlat tili standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish;

  • ixtisosliklar malaka darajasiga ko’ra mutaxassislarga bo’lgan umumdavlat va mintaqaviy talablarning istiqbolini aniqlash;

  • ta’lim tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o’qituvchilarni va murabbiylarni qayta tayyorlash;

  • davlat va ijtimoiy muassasalarning kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish.

Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini e’tiborga olish zarur toki har bir shaxs o’ziga mos kasbni egallay olsin;

  • o’quvchi yoshlarni vatanga sadoqat yuksak axloq ma’naviyat va ma’rifat mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash; musiqa bilim yurtlarini, birinchi navbatda musiqa maktablarini davlat tomonidan moliyaviy va moddiy texnikaviy to’liq ta’minlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizmini shakllantirish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi iste’molchilari, korxonalar, muassasalar, firmalar, hissardorlik jamiyatlari, banklar va boshqa tuzilmalarning imkoniyatlaridan birinchi navbatda, o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurtlari va oliy o’quv yurtlarining moddiy va ma’naviy ba’zasini mustahkamlash uchun mumkin qadar tengroq foydalanish;

  • kadrlar tayyorlash va musiqiy ta’lim sohasiga chet el sarmoyalari, xalqaro donorlik tashkilotlari va jamg’armalarning mablag’larini jalb etish;

  • qonun doirasida, o’quv rejalari, dasturlari va o’qitish yo’riqlari, ta’limiy xizmatlarni belgilashda, ta’lim muassasalariga birinchi navbatda musiqa bilim yurtlariga mustaqillik berish va o’zini o’zi boshqarish usullarini joriy etish.

Tabiiyki bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning mas’uliyati alohida kasb etadi. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo’lishi zarur. Ular yuqori makalai, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtirish lozim.

Ma’lumki xalq ta’limining asosiy bo’g’inin uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etadi. Shu sababli bu masalaga alohida e’tibor qaratish darkor. Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda avvalo ularning jahon talablari darajasida bo’lishiga yuksak ma’naviyat zamonida qurilganiga asosiy e’tibor berish kerak.

Shuning uchun ham umumta’lim dasturlarini maktabgacha tarbiya boshlang’ich umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Birinchi maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib, olti-yetti olilada bolalar bog’chasida va mulkchilik ko’rinishidan qat’iy nazar boshqa xil ta’limi tashkilotlarida olib boriladi. Bu bosqichda bolalar kuy qo’shiq va raqslar qiziqishlari juda yuqori bo’ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilar bolalardagi musiqiy qiziqishlariga e’tibor berib uni shakllantirishlari kerak.

Ikkinchi. Boshlang’ich ta’lim 1-4 sinflarni o’z ichiga oladi va bunda o’qish olti-yetti yoshdan boshlanadi. Bu bosqichda boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pgina fanlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda misiqa fani haqida ham juda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Jumladan, musiqiy tovushlar, notalar, musiqa asboblari, bastakorlarni o’quvchilarga taqdim etgan qo’shiqlari bilan yaqindan tanishadilar.

Uchinchi umumiy ta’lim. Bunda o’quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va tarbiya beriladi. 5-7 sinflar musiqa fanidan asosan mumtoz musiqa, jahon mumtoz musiqasi, jahon bastakorlari va vohalarga xos musiqa uslublari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

Alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak: umumta’lim maktabi barchamiz uchun majburiy bo’lib, ularda bolalarimizga umumiy bilim asoslarini chuqur o’rgatishimiz kerak, tom ma’noda farzandlarimizning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishimizga asos solishimiz kerak.



II-bob. Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy mashg’ulotlarni tashkil qilishning pedagogic asoslari.
O’zbekiston Respublikasining «Talim» to’g’risidagi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlarga ko’ra, 9 yillik umumiy o’rta ta’lim joriy etildi. Musiqa predmetiga davlat ta’lim standartlarini joriy etishni musiqiy merosimizdan foydalanishimizni hamda hududiy vohalarni san’ati va madaniyati, u yerdan mahalliy xalq an’analari o’z ifodasini ishongan. Shuningdek ta’lim standarti o’zining tuzilishiga va mazmuniga ko’ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi, o’quvchi shaxsi uning intilishlari qobiliyati va qiziqishini hisobga olgan holda yangi (1-7) sinflar uchun yangi dastur tuzildi. Dastur asosida darsliklar, metodik qo’llamalar, tavsiyanomalar yaratilmoqda. Yetti yillik musiqa o’qitish davrida o’quvchilarni go’zallikni his eta oladigan musiqaga mehr va havas bilan qayadigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo’yiladi. Yangi dastur asosida musiqa madaniyati darajalarini sifatli, pedagogic va metodik jihatdan yuqori talab darajasida olib boorish uchun o’qituvchi ijodkor, o’z kasbini va o’quvchilarni sevuvchi yaxshi cholg’uchi, metodikani puxta o’zlashtirgan inson bo’lishi kerak. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib topishishda fortepiano asbobi bilan birgalikda, o’zbek xalq cholg’u asboblaridan ham foydalana olishi zarur.

Shuningdek o’zbek xalq musiqa merosimizni tarixi va hozirgi kun talablarini kuzatib o’rganib borishi shart. Chunki maktabda musiqa ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarda «Musiqa madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa o’qituvchisi darslarga mavzularni tanlab, rejalashtirishda ko’rgazmali qurollardan texnika vositalaridan ham foydalanishi kerak. Musiqa darsida musiqa faoliyatlarini oddiydan murakkabga o’tish prinsipi asosida o’zaro mantiqiy bir butunlikka erishish va o’qitishning rivojlanuvchi ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni, amalgam oshirish zarur.

Umumiy ta’lim maktablarida jumladan, boshlang’ich (I-IV) sinf musiqa fani bo’yicha, quyidagi vazifalarni amalgam oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Chunki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta’limi poydevori qo’yiladi va shkllanadi.


  1. O’quvchilarni musiqiy qobiliyatini (musiqiy o’quvi, ritim tuyg’usi, diqqati, xotirasi, nutqi) o’stirish.

  2. O’quvchilarni milliy musiqamizga, ona Vatanga, tabiatga muhabbat, go’zallikni his etish tuyg’usini tarbiyalash.

3) O’quvchilarni mehnatga o’qishga, hayotga o’z-o’zini va atrofdagilarini hurmat qilish, o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki har bir diyorga ijodiy yondoshib yangi dastur talablariga muvofiq dars o’tish lozim. Musiqa fanidan bir yilda 2 marta yarim yillik taxminiy – mavzuli ish rejasi va shunga qarab har bir dars uchun reja konspekt tuziladi. Yarim yillik ish rejasi boshlang’ich va o’rta sinflar uchun alohida-alohida tuziladi. Bunda o’quvchilarni yoshi (sinfi) ovozdiapozoni, musiqaga qiziqishi va qobiliyati, yil fasllari, bayramlar, yil chorak, dars mavzulari hisobga olinib, yangi dasturdan foydalanib dars strukturasi asosida tuziladi. Ba/zi qo’shiqlarni, tinglash uchun, asarlarni, o’qituvchi o’quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo’shiqlar bilan dars rejasiga mos keladigan asarlarga o’zgartirishi mumkin. Musiqa darslari asosan bir haftada bir soat o’tiladi, o’quv yili davomida esa quyidagi tartibda:


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish